Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev


Tannarx; prime cost; себестоимость


Download 0.85 Mb.
bet147/150
Sana21.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1714849
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   150
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org

Tannarx; prime cost; себестоимость; mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatishda foydalaniladigan moddiy resurslarning, asosiy fondlarning, mehnat resurslarining, shuningdek tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa turdagi xarajatlarning qiymat bahosi
Taqqoslovchi schyotlar; comparative accounts; срaвнительные счетa; ma’lum xo‘jalik jarayonlarining natijalarini aniqlash uchun tayinlangan buxgalteriya hisobi schyotlari. Bu ma’lum schyotlarning debet va kredit aylanmalarini taqqoslash yo‘li bilan bajariladi.
Taqsimlovchi schyotlar; distribution accounts; рaспределительные счетa; ma’lum ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va ularnig kalkulyatsiya ob’yektlari, hisobot davrlari va hokazolar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlashni ta’minlash uchun tayinlangan buxgalteriya hisobi schyotlari. Taqsimlovchi schyotlar ikki turda bo‘ladi. Ularning bir xili hisobot davri davomida egri xarajatlar smetasining bajarilishi va hisobot davri oxirida kalkulyatsiya obyektlari bo‘yicha taqsimlanishi ustidan nazorat qilish uchun tayinlangan. Bunday schyotlar yig‘uvchi-tarqatuvchi hisoblanadi. Boshqa taqsimlovchi schyotlar kelgusi davrlar xarajatlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash uchun tayinlangan. Bunday schyotlarga davrlar bo‘yicha taqsimlovchi schyotlar deyiladi.
Tarix; history; история; 1) tabiat va jamiyatdagi har qanday rivojlanish jarayoni. Shu ma’noda olamning yaratilish tarixi, yer tarixi, barcha fanlar tarixi va b. tushuniladi; 2) insoniyat va uning mahsuli bo‘lgan tamaddunlar rivoji, jamiyat va davlatlar o‘tmishi taraqqiyoti jarayonini o‘rganuvchi fan.
Tartibga soluvchi schyotlar; regulating accounts; регулирующие счетa; xo‘jalik mablag‘lari baholarini tuzatish (tartibga solish), bu mablag‘lar holati to‘g‘risida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni olish, shuningdek, ularning manbalarini aniqlash uchun tayinlangan buxgalteriya hisobi schyotlari. Har bir schyot ma’lum asosiy schyotni tartibga solish uchun tayinlangan. Bunda tartibga soluvchi schyotlarda hisobga olingan summa asosiy schyot summasiga qo‘shiladi, yoki undan olib tashlanadi. Tartibga soluvchi schyotlarni qo‘llash zaruriyati xo‘jalik mablag‘larini baholash bo‘yicha belgilangan qoidalar bilan bog‘liq.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling