Toshkent moliya instituti "audit" kafedrasi


Xalqaro audit standartlari asosida asosiy vositalar auditini takomillashtirish


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/23
Sana08.03.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1251061
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
Asosiy vositalar auditi pdf

4.
Xalqaro audit standartlari asosida asosiy vositalar auditini takomillashtirish 
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (keyingi o‘rinlarda — MHXS) 
o‘tishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash 
va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob 
va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini 
takomillashtirish maqsadida: 
1. Belgilansinki, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari 
va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar:
2021-yil 1-yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini 
tashkil etadi va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida 
tayyorlaydi, qonun hujjatlarida MHXSga o‘tishning ertaroq muddatlari nazarda tutilgan 
yuridik shaxslar bundan mustasno; 
2021-yil yakuniga qadar buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida 
“MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida 
hujjatga yoxud “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, 
“Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ASSA)”, “Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter 
(SRA)” va “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR)” sertifikatlaridan 
(keyingi o‘rinlarda — xalqaro buxgalter sertifikati) biriga ega kamida uch nafar 
mutaxassis miqdorida MHXSni sifatli qo‘llash uchun yetarli bo‘lgan buxgalteriya 
xizmati xodimlari bilan ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2020-yildan 
boshlab, ushbu bandda ko‘rsatilmagan davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va 
davlat korxonalarining MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy 
hisobotni tayyorlashga o‘tish jadvali har yili tasdiqlanishi va 1-iyunga qadar rasmiy 
veb-saytida e’lon qilinishini ta’minlasin.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq moliyaviy hisobotni ixtiyoriy 
ravishda MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tadbirkorlik subyektlari buxgalteriya 
hisobining milliy standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot taqdim etishdan ozod etiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi MHXSni joriy etish bo‘yicha 
vakolatli organ etib belgilansin va unga quyidagi funksiyalar yuklansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish 
agentligi bilan birgalikda MHXSning joriy etilishini, shu jumladan tadbirkorlik 


39 
subyektlari tomonidan moliyaviy hisobotlar MHXS asosida o‘z vaqtida e’lon 
qilinishini monitoring qilish;
MHXS sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha jahonning muvaffaqiyatli 
tajribalarini ommalashtirish, shu jumladan buxgalteriya hisobi va audit sohasida qayta 
tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarini (keyingi 
o‘rinlarda — akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari) hamda sohaga oid oliy ta’lim 
muassasalarining o‘quv dasturlarini bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan 
o‘tkazish yuzasidan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar 
(Sertifikatlangan diplomli buxgaltyerlar xalqaro assotsiatsiyasi (Association of 
Chartered Certified Accountants — ASSA) va boshqalar) bilan o‘zaro hamkorlikni 
kengaytirish;
rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasi asosida o‘quv jarayonining sifatini, 
imtihonlarni o‘tkazish va natijalarini baholashning shaffofligini ta’minlovchi MHXS 
bo‘yicha sertifikatlashning samarali tizimini joriy etish, shuningdek, MHXS sohasida 
talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida 
o‘qitish bo‘yicha tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashish; 
buxgalteriya 
hisobining 
milliy 
standartlarini 
MHXSga 
muvofiq 
uyg‘unlashtirish. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit 
uslubiyoti boshqarmasi tuzilmasida vazirlikning boshqaruv xodimlari cheklangan soni 
doirasida uchta shtat birligidan iborat moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy 
etishni muvofiqlashtirish va e’lon qilinadigan moliyaviy hisobotlar sifatining tashqi 
nazorati bo‘limi tashkil etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar va 
xalqaro buxgalter sertifikatlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan belgilanadi. 
4. Ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlarini va mazkur sohada kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullarini 
bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 
1-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin. 
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: 
a) buxgaltyerlar va auditorlar respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda, 
buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda, Vazirlar 
Mahkamasiga quyidagilarni kiritsin:


40 
2020-yil 1-iyunga qadar Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va ularga 
tushuntirishlar matnini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
2021-yil 31-yanvarga qadar MHXSni joriy etishning ustuvor yo‘nalishlaridan 
kelib chiqqan holda va MHXS bo‘yicha mavjud kadrlar salohiyatini o‘rganish 
natijalariga ko‘ra tayyorlangan buxgaltyerlarni sertifikatlash milliy tizimini joriy 
etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tahliliy ma’lumotnoma; 
b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va 
boshqa manfaatdor davlat organlari xodimlarini (keyingi o‘rinlarda — davlat 
organlarining xodimlari) akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha 
o‘qitish jadvali har yili tasdiqlanishini ta’minlasin; 
v) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda: 
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Samarqand 
iqtisodiyot va servis instituti, Farg‘ona politexnika institutining (keyingi o‘rinlarda – 
tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalari) “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari 
bo‘yicha pedagog xodimlarini akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS 
bo‘yicha tezlashtirilgan tarzda o‘qitish jadvalini tasdiqlasin; 
2020-yil 31-dekabrga qadar buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi 
mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish natijalari asosida 
“Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitishning kunduzgi 
shakli muddatini qisqartirish imkoniyati to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif 
kiritsin. 
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: 
2020-yil 1-avgustga qadar bakalavriat ta’limi yo‘nalishlari va magistratura 
mutaxassisligidagi “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha MHXSni chuqur 
o‘rganishni nazarda tutuvchi yangilangan o‘quv dasturlarini tasdiqlasin va belgilangan 
tartibda ta’lim jarayoniga joriy etsin; 
2020-yildan boshlab tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalarining o‘quv 
dasturlarini buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish va 
keyinchalik mazkur tajriba-sinov loyihasini bosqichma-bosqich respublikadagi sohaga 
oid boshqa oliy ta’lim muassasalarida joriy etish choralarini ko‘rsin; 
2021-yil 1-yanvarga qadar “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha 
pedagog kadrlarning akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha 
o‘qitilishini ta’minlasin, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining buxgaltyerlarni 


41 
xalqaro sertifikatlash doirasida akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida tahsil 
olgan pedagog kadrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini rasmiy veb-saytida e’lon 
qilsin va doimiy ravishda ularni yangilab borsin. 
7. Belgilansinki: 
2021-yildan boshlab, MHXS va auditning xalqaro standartlari (keyingi 
o‘rinlarda — AXS) bo‘yicha o‘qitish faqat buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro 
tashkilotning akkreditatsiyasidan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga 
oshiriladi. Akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari litsenziyalanadigan faoliyat 
turlarini amalga oshirish bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga rioya qilish 
sharti bilan, tegishli litsenziya olmasdan MHXS va AXS bo‘yicha o‘qitish va malaka 
oshirish yuzasidan litsenziyalangan faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga egadir;
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalarida 
buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha fanlar faqat xalqaro sertifikatlash doirasida 
“MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” yoki “AXS bo‘yicha audit” fanini muvaffaqiyatli 
topshirganligi to‘g‘risida hujjatga yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan 
o‘qituvchilar tomonidan o‘qitiladi; 
xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar oliy ta’lim muassasalari 
magistraturasining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” mutaxassisliklariga kirish 
imtihonlarini topshirmasdan to‘lov-kontrakt asosida kirish huquqiga ega.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan 
birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar soliq hisoboti shaklini qayta ko‘rib chiqsin va 
uning MHXS bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy hisobotga moslashtirilgan shaklini 
ishlab chiqsin. 
.
9. Belgilansinki, 2020 — 2025-yillar davomida akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv 
markazlarida MHXS (buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha 
moliyaviy hisobot”, “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR ACCA)” 
kurslari va boshqalar) bo‘yicha o‘qitish, malakasini oshirish, interfaol usullarni 
qo‘llagan holda o‘qitish, shuningdek, buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida 
O‘zbekiston Respublikasida dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon topshirish uchun 
ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va 
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi va quyidagi 
tartibda amalga oshiriladi:
a) oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari (“Buxgalteriya hisobi” va 
“Audit” fanlari bo‘yicha), talabalari va bitiruvchilari (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti 
oy ichida) hamda davlat organlarining xodimlarini o‘qitish xarajatlari o‘quv kursini 


42 
muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari birgalikda belgilangan 
o‘qitishning yagona qiymati bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlariga 
qoplab beriladi;
b) oliy ta’lim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari 
bo‘yicha pedagog kadrlari, talabalari va bitiruvchilari (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti 
oy ichida) hamda davlat organlari xodimlarining har biriga alohida quyidagi xarajatlar 
qoplab beriladi:
dastlabki ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — to‘liq hajmda;
imtihon topshirish uchun birinchi marta ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — 
ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida imtihon topshirgunga qadar, 
ro‘yxatdan o‘tish summasining qolgan 50 foizi — imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan 
taqdirda;
imtihon topshirish uchun ikkinchi marta ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — 
ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan 
taqdirda.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘quv markazlariga o‘qitish 
xarajatlarini, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va 
“Audit” fanlari bo‘yicha pedagog kadrlari, talabalari va bitiruvchilariga (o‘qishni 
tugatgandan so‘ng olti oy ichida) hamda davlat organlarining xodimlariga dastlabki 
ro‘yxatdan o‘tish va imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish xarajatlarini qoplash 
bo‘yicha avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minotni ishlab chiqsin. 
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: 
moliyaviy hisobotning yagona standartlarini ishlab chiqadigan va 
tasdiqlaydigan mustaqil xalqaro tashkilot hisoblangan Moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlari fondi (keyingi o‘rinlarda — MHXS fondi) bilan bitim tuzsin;
2020-yilda MHXS va unga tushuntirishlar matnini davlat tiliga tarjima qilish, 
boshqa tillarda MHXSni qo‘llash bilan bog‘liq hamda MHXS fondi yillik badallar 
to‘lash xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti qo‘shimcha 
daromadlari hisobidan qoplasin, 2021-yildan boshlab esa zarur mablag‘lar ajratilishini 
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetida nazarda tutsin; 
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun 
hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida 
Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 


43 
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi 
“O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3946-son qarorining 
5-bandiga
 
2-ilovaga
muvofiq 
o‘zgartirishlar kiritilsin.
12. Mazkur qaror ijrosini tashkil qilishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov — 
mazkur qarorning o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarilishini ta’minlasin, belgilangan 
tadbirlarni bajarishga mas’ul bo‘lgan vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali 
muvofiqlashtirsin, har chorakda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi 
hisobotlarini eshitsin hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish 
bo‘yicha choralar ko‘rsin;
O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri — MHXS joriy qilinishi monitoringini 
ta’minlasin, buxgalteriya hisobi milliy standartlarini MHXS bilan uyg‘unlashtirish, 
buxgalteriya hisobi sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va 
tajribali hamda yuqori malakali mutaxassislarni MHXSni joriy qilish jarayoniga jalb 
etish bo‘yicha choralar ko‘rsin;
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Majidov — 
ta’lim jarayonlariga MHXSni chuqur o‘qitishni muvaffaqiyatli va samarali joriy etish, 
pedagog kadrlarni MHXS bo‘yicha sertifikatlash va oliy ta’lim muassasalari o‘quv 
dasturlarini akkreditatsiyalash yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rsin, shuningdek, 
mazkur qaror bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlasin; 
mas’ul vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari — mazkur qaror bilan 
tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga 
oshirsin; 
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Ko‘chimov va 
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.D. Xadjayev — 
mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, 
brifinglar, matbuot anjumanlari, mavzuga oid teleko‘rsatuvlar tashkil etsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PQ-4611-son , 2020-yil 24-fevral 
 
1-ILOVA 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling