Toshkent moliya instituti "audit" kafedrasi


− Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi quyidagi sabablarga ko‘ra ro‘y beradi: −


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/23
Sana08.03.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1251061
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
Asosiy vositalar auditi pdf

Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi quyidagi sabablarga ko‘ra ro‘y beradi:
ularni sotish natijasida;
chet korxonalar va shaxslarga tekinga berish;
to‘zib ketganligi va ma’naviy eskirishi sababli ularni tugatish nati-jasida;
kamomad tufayli;
tabiiy ofatlar natijasida.
Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi bilan bog‘liq muomalalarni 
tekshirishdan maqsad quyidagilarni aniqlashdan iborat:
− 
asosiy vositaning dastlabki (inventar) qiymati va hisobdan chi-qarilayotgan vaqtdagi 
eskirish summasi to‘liq va tegishli tarzda ularni hisobga oladigan schyotlardan 
hisobdan chiqarilganligini;
− 
ushbu muomalalar natijasida hosil bo‘lgan moliyaviy natijalar (foyda yoki zarar) 
foyda va zararlar schyotida to‘g‘ri aks ettirilganligi.
Bunda quyidagi amallar bajarilishi mumkin:
− 
hisobot davri davomida hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar ob’ektlarining 
hisobdan chiqarilayotgan kundagi boshlang‘ich qiymati va to‘plangan eskirish 
summasi ko‘rsatilgan ro‘yxatini olish; hisobdan chiqarilish sababi; sotish bahosi; 
hisobdan chiqarishning moliyaviy natijasi. Olingan axborotlar ma’lumotlarini 0110-
0190 schyotlar krediti 0210-0290 schyotlar debeti bo‘yicha ma’lumotlar, 9210, 9310 
va 9430 schyotlar ma’lumotlari bilan solishtirish;
− 
asosiy vositani hisobdan chiqarishga doir muomalani amalga oshirish uchun tegishli 
ruxsatning mavjudligi va ularning hujjatlashtirilishini tekshirish;


36 
− 
hisobdan chiqarishga doir har bir muomala bo‘yicha (hajmi katta bo‘lganda tanlab) 
asosiy vositalarni hisobdan o‘chirish va moliyaviy natijasini aniqlashning 
to‘g‘riligini tahlil qilish.
Auditor asosiy vositalar hisobdan chiqarilishini tekshirish chog‘ida hisobdan 
chiqarilish sababini, muomalaning maqsadga muvofiqligi va qonuniyligini aniqlaydi. 
Bunda asosiy vositalarni sotish uchun tuzilgan shartnomalar, hisobdan chiqarish 
dalolatnomalari, asosiy vositalarni qabul qilish - topshirish dalolatnomasi, analitik 
hisob ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Dastavval, auditor asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda asos bo‘lgan AV-1 va 
AV-3 
shakllardagi dalolatnomalar ma’lumotlarini tekshirishi lozim. Bu 
dalolatnomalarda hisobdan chiqarilayotgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati va 
eskirish summasi aks ettiriladi. Auditor hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarning 
inventar kartochkalari kartotekadan olinib, dalolatnomaga ilova qilinganligiga ishonch 
hosil qilishi kerak. Shuningdek, asosiy vositalarning turgan o‘rni bo‘yicha inventar 
ro‘yxatida ham tegishlicha qayd qilinganligi tekshiriladi.
Amaldagi schyotlar rejasi va uni qo‘llash yo‘riqnomasiga muvofiq, hisobdan 
chiqarilish sababidan qat’i nazar (bepul berish, ustav kapitaliga hissa sifatida berish, 
moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha berish, tabiiy ofatlar va ekstremal hollar, 
o‘g‘irlanish va kamomad) asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha barcha 
muomalalar 9210 «Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi» schyotida aks ettiriladi.
Auditor asosiy vositalarni hisobdan chiqarishga doir muomalalarni hisobga 
olishda 9210 schyotning qo‘llanilayotganligini, bu schyotning debeti va krediti 
bo‘yicha yozuvlarning to‘g‘ri aks ettirilganligini hamda asosiy vositalar sotilishi va 
boshqacha tarzda hisobdan chiqarilishining moliyaviy natijalari to‘g‘ri aniqlanganligini 
tekshirish zarur.
Amaliyotda asosiy vositalarni hisobdan chiqarishga doir muomalalar kam sodir 
bo‘ladi. Shuning uchun ularni 9210 schyotda to‘liq aks ettirish, olingan daromad 
(ko‘rilgan zarar)ni to‘g‘ri aniqlash va hisobdan o‘chirish hamda amaldagi soliq 


37 
qonunchiligiga rioya qilinishini mufassal tekshirish tavsiya etiladi.
Asosiy vositalar bepul berilganda va bozordagidan past bahoda sotilganda 
auditor asosiy e’tiborni jismoniy shaxslarga bepul berilgan yoki sotilgan obyektlarga 
qaratmogi lozim. Chunki korxona bu holda daromad solig‘i ushlashi va budjetga 
to‘lashi lozim.
Sotilgan asosiy vositalar bo‘yicha (masalan, transport vositalari, komputer 
uskunalari va hisoblash texnikalari va boshqalarni sotish) budjetga mahalliy soliqlar 
to‘lanayotganligi; korxona asosiy vositalar hisobdan chiqarilayotganda qonun bilan 
belgilangan barcha hollarda QQS hisoblab (debet 9210 schyot, kredit 6410 schyot) va 
o‘z vaqtida to‘lanayotganligini (debet 6410 schyot, kredit 5110 schyot) auditor 
aniqlashi zarur.
Korxona asosiy vositalarni bepul berganida ham asosiy vositalarni qabul qilish-
topshirish (korxona ichidagi ko‘chirilishi) dalolatnomasi (nakladnoyi) (AV - 1 shakl) 
bilan rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. Dalolatnomada tekinga beriladigan asosiy 
vositaning balans qiymati va berilayotgan paytgacha hisoblangan eskirish summasi 
ko‘rsatilib, inventar kartochkasi ilova qilingan bo‘lishi kerak. Dalolatnoma va ilova 
qilingan hujjatlar (pasport, texnik tavsifnoma, yo‘riqnoma va boshqalar) asosida 
guruhlovchi ro‘yxat (vedomost) tuzilib, uning yakuniga asosan asosiy vositaning balans 
qiymati va eskirish summasi hisobdan o‘chirilgan bo‘lishi kerak.
Auditor tekinga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha muomalalarni aks ettirish 
faqat oluvchi tashkilotdan kirim qilingani to‘g‘risidagi xabarnoma (avizo) olinganidan 
keyin amalga oshirilganligini hamda shunga qadar bu asosiy vositalar bo‘yicha 
amortizatsiya hisoblash to‘xtatilmaganligini ham aniqlashi zarur.
Shuningdek, auditor berilgan asosiy vositalarni qismlarga ajratish uchun qilingan 
xarajatlarni (debet 9210 schyot va kredit 6710, 6510 schyotlar), eskirish summasini 
hisobdan o‘chirish (debet 0210-0290 schyot va kredit 9210 schyot) va natijalarni (debet 
9430 schyoti va kredit 9210 schyot agar zarar ko‘rilsa, debet 9210 schyot va kredit 9310 
schyoti agar foyda olinsa) hisobda aks ettirish bo‘yicha buxgalteriya provodkalarining 


38 
to‘g‘riligini ham tekshirishi ham kerak.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling