Toshkent moliya instituti "audit" kafedrasi


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/23
Sana08.03.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1251061
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
Asosiy vositalar auditi pdf

− 
foydalanishga topshirilgan asosiy vositalar obyektlarining qiymati buxgalteriya 
hisobi schyotlarida tegishli tarzda aks ettirilganligini aniqlash;  
− 
soliq qonunchiligining tegishli qoidalariga rioya qilinganligini aniqlash;  
− 
hisobot davri davomida asosiy vositalar katta miqdorda kirim qilin-gan hollarda eski 
qurilmalar qiymati hisobdan o‘chirilganligini.   
Asosiy vositalar kirimini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishni boshlashda 
dastlabki hujjatlar, ularning belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilganligi 
nuqtai nazaridan shaklan tekshiruvdan o‘tkazilishi zarur.
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (korxona ichidagi harakati) 
dalolatnomalaridagi ma’lumotlarga asosan 0110-0190 schyotlar debeti bo‘yicha 
kirimiga olingan asosiy vositaning manbayi aniqlanadi: Ustav kapitaliga hissa sifatida 
(4610 schyot krediti) kapital qo‘yilmalar tartibida puli to‘lanib sotib olingan yoki qurib 
bitkazilganda (0810, 0820 va 0890 schyotlarning krediti), asosiy podaga qabul qilingan 
mollar qiymati (0840 schyot krediti), tekinga olingan asosiy vositalar qo‘shilgan kapital 
tarkibiga kirimga olinganda (8530 schyotning krediti) va h. k.
So‘ngra ko‘rsatilgan muomalalarni buxgalteriya hisobining schyotlarida aks 
ettirilish tartibi tekshiriladi.
Tekinga olingan asosiy vositalar obyektlarini hisobga olish bo‘yicha 
muomalalarni aks ettirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tegishli me’yoriy hujjatlarida 
belgilangan.
2003-yil 1 yanvardan iqtisodiyotning nodavlat sektoridagi korxonalar uchun 
bepul (tekin) olingan asosiy vositalar qiymatiga korxona qo‘shilgan kapitali (8530-
schyot krediti) ko‘paytirilib kirimga olinadi. (Dt 0110-0190, Kt 8530) va ular qiymati 
soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi. Auditor soliqqa tortiladigan foydaning 
miqdorini aniqlash hisob-kitobi bilan tanishishi va bepul olingan mulklar qiymati 
soliqqa tortish maqsadida soliqqa tortiladigan foydaga qo‘shilganligiga ishonch hosil 


32 
qilishi lozim.
Auditor yana shuni nazarda tutish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 1995-yil 5-
sentabrdagi 92/72 son xatiga muvofiq ustav kapitali 100 foiz davlat mulkidan iborat 
bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarning ichki tizimida o‘zaro bir-biriga o‘tkazishi 
natijasida tekinga olingan asosiy vositalar qo‘shimcha daromad deb hisoblanmaydi va 
natijada ularning qiymati foyda (daromad) solig‘i bazasiga qo‘shilib, soliqqa 
tortilmaydi.
Bulardan tashqari, auditor inventarizatsiya o‘tkazish natijasida asosiy vositalar 
tarkibida hisobda turgan inventar va xo‘jalik ashyolari aniqlanib, ularni inventar va 
xo‘jalik ashyolari (1080 schyot) qatoriga o‘tkazilganining to‘g‘riligini ham tekshirishi 
zarur. Bundan dastlabki qiymatiga (Debet 1080 schyot va kredit 0110-0199 schyot), 
hisoblangan eskirish summasiga provodkalar to‘g‘ri tuzilganligiga alohida e’tibor 
berish zarur.
Puli to‘lanib sotib olingan, zamonaviylashtirilgan va texnikaviy jihozlangan 
asosiy vositalar bo‘yicha korxona bir vaqtning o‘zida kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarishni ta’minlash maqsadida ularning moliyalashtirish manbalarini sof foyda, 
o‘tgan yildagi taqsimlanmagan foyda, zaxira kapitalini aks ettirish lozim.
Auditor korxonada sotib olingan avtomobillarining to‘g‘ri rasmiy-
lashtirilganligi, transport vositalarini sotib olganlik uchun to‘lanadigan soliqning aniq 
hisoblanganligi va o‘z vaqtida budjetga o‘tkazib berilganligini, to‘langan soliq 
summasining sotib olingan avtomobil dastlabki qiymatiga qo‘shilganligini tekshirishi 
lozim. Agar dastlabki hujjat shubha uyg‘otsa, ushbu muomalani amalga oshirish uchun 
javobgar shaxslardan yozma ravishda tushuntirish xati olinadi va qarama - qarshi 
tekshiruv o‘tkaziladi.
Korxona tomonidan transport vositalari sotib olinganlik uchun to‘langan soliq 
to‘g‘risida soliq nazoratiga o‘z vaqtida ma’lumotnoma berilganligiga ishonch hosil 


33 
qilish lozim.
11
Agar korxonada asosiy vositalarni jismoniy shaxslardan sotib olish hollari 
uchrasa, auditor bunga alohida e’tibor berishi lozim. Bunday muomalalar yozma 
ravishda tuzilgan, oldi-sotdi shartnomasi bilan sotuvchining pasport ma’lumotlari 
ko‘rsatilib rasmiylashtiriladi. Jismoniy shaxsdan, unga shaxsiy mulk huquqi bo‘yicha 
tegishli bo‘lgan vositalar (uy, dala hovli, avtomobil, garaj va boshqa mulklar) sotib 
olinganda, unga to‘lanadigan summadan belgilangan tartibda budjetga daromad solig‘i 
ushlash kerak. Shu bilan birga ushbu jismoniy shaxsga to‘lanishi lozim bo‘lgan 
summani o‘z vaqtida to‘lash uchun bankdan xo‘jalik kassasiga pul olinganligi va 
kassadan o‘z vaqtida va to‘liq berilganligi ham tekshirilishi zarur.
Korxona sotuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi-sharifi va doimiy yashash 
joyini ko‘rsatib, oldi - sotdining summasi va ushlangan soliq summasi haqida soliq 
inspeksiyasiga xabar qilishi lozim. Agar jismoniy shaxs tadbirkor sifatida ro‘yxatga 
olingan bo‘lsa, (litsenziyasi bo‘lsa) undan asosiy vosita sotib olinganda daromad solig‘i 
ushlanmaydi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling