Toshkent moliya instituti "audit" kafedrasi
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Asosiy vositalar auditi pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rsatkichlar m. s. Farqi ming so‘m %
- Bosh daftar № Satr nomi so‘m. Schyot shifri Schyot nomi So‘m
25 3-jadval Moliyaviy hisobotning asosiy vositalarga doir hisobot shakllari ko‘rsatkichlarining o‘zaro mosligini tekshirish 8 . № Ko‘rsatkichlar m. s. Ko‘rsatkichlar m. s. Farqi ming so‘m % 1 Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati: a)yil boshiga (010- satr, 3-ustun) b)yil oxiriga (010-satr, 4- ustun) 143261, 0 149118, 0 Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati: a) yil boshiga (130- satr, 3-ustun) b) yil oxiriga (130satr, 4- ustun) 143261, 0 149118, 0 - - 2 Asosiy vositalarning eskirishi: a) yil boshiga (011-satr, 3- ustun) b)yil oxiriga (011-satr, 4-ustun) 17776, 0 26009, 0 Asosiy vositalarning eskirishi: a) yil boshiga (130-satr, 7-ustun) b) yil oxiriga (130-satr, 10-ustun) 17776, 0 26009, 0 - - 3 Asosiy vositalarning qiymati: a) yil boshiga (012-satr, 3- ustun) b)yil oxiriga (012-satr, 4-ustun) 125485, 0 123109, 0 Asosiy vositalarning qiymati: a) yil, boshiga (130-satr, 11-ustun) b) yil oxiriga (130-satr, 12-ustun) 125485, 0 123109, 0 - - Buxgalteriya hisoboti va Bosh daftar (yoki tegishli hisob registrlari) ko‘rsatkichlarining mosligini tekshirishda №3 shakldan foydalaniladi. Ushbu amallarni bajarish natijalari quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi. (4-jadval) 8 Muallif tomonidan tuzilgan 26 4-jadval Moliyaviy hisobotning asosiy vositalar bo‘limi bo‘yicha ko‘rsatkichlarni Bosh daftar bilan taqqoslash. 9 Hisobot Bosh daftar № Satr nomi so‘m. Schyot shifri Schyot nomi So‘m Farqi 1 Jami asosiy vositalar yil boshiga boshlang‘ich qiymati (130-satr, 3ustun) 143261, 0 0110- 0190 Schyotning hisobot yilining 01. 01. ga qoldig‘i 143261, 0 - - 2 Jami asosiy vositalar yil oxiriga boshlang‘ich qiy- mati (130-satr, 6ustun) 149118, 0 0110- 0190 Schyotning hisobot yili 31. 12 ga qoldig‘i 149118, 0 - - 3 Asosiy vositalar eskirishi, yil boshi- ga (130-satr, 7-us- tun) 17776, 0 0210- 0290 Schyotning hisobot yili 01. 01. ga qoldig‘i 17776, 0 - - 4 Asosiy vositalar eskirishi yil oxiriga (130-satr, 10-ustun) 26009, 0 0210- 0290 Schyotning hisobot yili 31. 12 ga qoldig‘i 26009, 0 - - 5 Asosiy vositalar kirimi (ishga tushirilishi) (130satr, 4 ustun) 12730, 0 0110- 0190 Schyotlarning hisobot davri- dagi debet oborotlari summasi 12730, 0 - 6 Asosiy vositalar chiqimi (130-satr, 5-ustun) 6873, 0 0110- 0190 Schyotlarning hisobot davridagi debet oborotlari summasi 6873, 0 - Dastavval, auditor moddiy javobgar shaxslarni va ular bilan tuzilgan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnomalar mavjudligini aniqlashi zarur. Agar 9 Muallif tomonidan tuzilgan 27 shartnomalar bo‘lmasa, u holda auditor ularni tuzishni tavsiya qilishi lozim. Amaldagi tartibga ko‘ra, asosiy vositalarning analitik hisobi ularning tasnifiy guruhlari va inventar obyektlari bo‘yicha, shuningdek, obyektlarning moddiy javobgar shaxslarda turish joyi (bo‘linmalar, brigadalar, sexlar, uchastkalar va boshqalar) bo‘yicha yuritiladi. Korxonaga kelib tushgan asosiy vositalarni tekshirishda har bir obyekt bo‘yicha alohida tuzilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (nakladnoyi) (AV-1 shakl) ning rasmiylashtirilishiga e’tibor qaratish zarur. Bunda dalolatnomadagi obyektning tavsifi, turgan joyi, sotib olingan manbayi, chiqarilgan yoki qurilgan yili, ishga tushirilgan vaqti, obyektning sinov natijalari, uning texnik talablarga muvofiqligi va boshqa ma’lumotlar tekshiriladi. Ayrim hollarda bir turdagi va narxi bir xil xo‘jalik inventarlari, asboblar, stanoklar olinganda «Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish umumiy dalolatnomasi» tuzilishi mumkin. Bunda ushbu dalolatnoma ma’lumotlari, unga ilova qilingan passportlar, ishlatish tartibi, yo‘riqnomalar ham tekshirilishi zarur. Hisobga qabul qilingan har bir asosiy vosita obyektiga inventar raqam berilgan bo‘lishi lozim. Masalan, 001 dan 099 gacha inventar raqamlar binolarga, 100 dan 199 gacha inshootlarga, 200 dan 299 gacha bo‘lgan raqamlar uzatish qurilmalariga beriladi va hokazo. Berilgan inventar raqami asosiy vositalar obyektiga metall jeton bilan qoqib qo‘yilishi, o‘chmaydigan bo‘yoq bilan yozib yoki boshqa usullarda belgilab qo‘yilishi lozim. Bu belgilar obyekt foydalanishda bo‘lgan jami davr ichida saqlanib, buxgalteriya hisobining barcha tegishli dastlabki hujjatlarida va hisob registrlarida ko‘rsatiladi. Obyekt hisobdan chiqarilganidan so‘ng uning inventar raqami yangi kirim qilingan asosiy vositalarga berilmaydi. Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (ilova qilingan hujjatlar 28 bilan birga) buxgalteriyaga o‘z vaqtida topshirilgan bo‘lishi lozim. Korxona buxgalteriyasida asosiy vositalarning analitik hisobi, ularning har bir turi bo‘yicha ochiladigan AV-6 shakldagi inventar kartochkalarda yuritiladi. Bu kartochkada obyekt haqidagi barcha ma’lumotlar (dastlabki yoki tiklanish qiymati, amortizatsiya ajratmalari me’yori, kirim qilingan paytdagi eskirish darajasi) qayd etilgan bo‘lishi kerak. 10 So‘ngra inventar kartochkalar ma’lumotlarining «Asosiy vositalarni hisobga olish bo‘yicha inventar kartochkalar ro‘yxati (AV-7 shakl) ga asosiy vositalarning tasnifiy guruhlari bo‘yicha o‘tkazilganligi tekshiriladi. Ro‘yxatga olingan kartochkalar asosiy vositalar kartotekasida tarmoq tasnifiy guruhlariga, guruh ichida esa turgan joyi, foydalanish joyi va turlari bo‘yicha guruhlangan bo‘lishi kerak. Ishlatilmayotgan asosiy vositalarning inventar kartochkalari alohida guruhlangan bo‘lishi kerak. Asosiy vositalar hisobdan chiqarilganida dalolatnoma tuzilab, uning ma’lumotlari tegishli inventar kartochkalarda qayd qilinadi va so‘ngra bu inventar kartochkalar kartotekadan olib qo‘yiladi. Ayni vaqtda auditor asosiy vositalar obyektlari qiymatini baholash va qayta baholash natijalarini inventar kartochkalarida, ham buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirishning to‘g‘riligini tekshirishi maqsadga muvofiqdir. Bunda u O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (№129), Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi (№4) va Davlat Soliq qo‘mitasi (№200286) tomonidan tasdiqlangan «1 yanvar holati bo‘yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o‘tkazish to‘g‘risida Nizom»da belgilangan qayta baholash usullarining qo‘llanilishini tekshiradi. Xususan, qayta hisoblash koeffitsiyentlarining qo‘llanilishi va hisob-kitoblar to‘g‘riligiga alohida e’tibor berishi lozim. 10 11. Xamdamov B., Ilxomov Sh., Karimov N., Masharipov O., Xojiyev M. Amaliy audit. Darslik-T.: “Iqtisod- Moliya”, 2021y. – 360 b. 29 Shu bilan birga qayta baholash natijasida narxlar oshgan yoki kamaygan summalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi ham tekshiriladi. Qayta baholanib oshgan summa 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oladigan schyotlar» (0110- 0190) debeti va 8510-«Mulklarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotining kreditiga yoziladi. Qayta baholangan asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha tiklanish qiymati bo‘yicha inventar kartochkaning «Rekonstruktsiyalash, modernizatsiyalash» bo‘limida qayd etilgan bo‘lishi lozim. Shu bilan birga qayta baholangan eskirish summasi ham inventar kartochkaning tegishli bo‘limida aks ettirilgan bo‘lishi kerak. Har bir moddiy javobgar shaxs asosiy vositalar obyektlarining analitik hisobini AV-9 shakldagi vedomostda yuritishi kerak. Shuning uchun auditor tekshirilayotgan korxonada ushbu qoidaga rioya qilinayotganligiga ham ishonch hosil qilishi lozim. Bunda hamma moddiy javobgar shaxslar bilan belgilangan shaklda va ikki nusxada to‘la moddiy javobgarlik to‘g‘risida Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling