Toshkent moliya instituti "audit" kafedrasi


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/23
Sana08.03.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1251061
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
Asosiy vositalar auditi pdf

 


21 
3.
Asosiy vositalarni hisobi bilan bog’liq operatsiyalar auditining xususiyatlari 
Asosiy vositalar mavjudligini tekshirish uchun analitik hisobni tashkil etish 
o‘rganiladi (bu haqda keyingi mavzuda batafsil ma’lumot beriladi). Shuningdek, 
auditor asosiy vositalar qanday saqlanayotganligini va ularni inventarizatsiya qilish 
natijalarini ham tekshirishi lozim.
Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilishni tekshirishda auditor dastlabki 
hujjatlar - iventarizatsiya ro‘yxatlari (inv-1, inv-10, inv-18-shakllar), inventarizatsiya 
komissiyasi majlis bayonnomalarini, inventarizatsiya natijalari bo‘yicha korxona 
rahbariyatining qarorini o‘rganadi.
Inventarizatsiya materiallarini tekshirish auditorga auditorlik risklari va 
auditorlik amallarini tuzatish uchun, ichki nazorat natijalariga qanchalik tayanish 
mumkinligiga ishonch hosil qilishi uchun zarur.
Bunda u inventarizatsiya o‘tkazishda №19 – «Inventarizatsiyani tashkil etish va 
o‘tkazish» nomli BHMS umumiy qoidalariga, xususan 24-29 bandlariga rioya 
qilinganligini aniqlaydi. Shu bilan birga auditor inventarizatsiya natijasida oshiqcha va 
kam chiqqan asosiy vositalarni buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi va soliqqa 
tortilishining to‘g‘riligini ham tekshiradi. Bunda auditor O‘zbekiston Respublika 
Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 23-iyunda 1054-raqam bilan ro‘yxatga olingan 
«Inventarizatsiyada aniqlangan mulklar kamomadi va oshiqcha chiqishini buxgalteriya 
hisobida aks ettirish va soliqqa tortish to‘g‘risidagi qaror»ga rioya qilinganini 
tekshiradi.
Ushbu hujjatga muvofiq inventarizatsiyada aniqlangan asosiy vositalar 
kamomadi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi:
a) kam chiqqan asosiy vositalar obyektining dastlabki (tiklash) qiymatini 
hisobdan o‘chirishda
Debet 9210-«Asosiy vositalarning chiqimi» schyoti
Kredit 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oladigan schyotlar» (0110-0199) b) 
kam chiqqan asosiy vositalar obyekti bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summasini 


22 
hisobdan o‘chirish.
Debet 0200-«Asosiy vositalar eskirishini hisobga oladigan schyotlar» (0211-
0299).
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning chiqimi» schyoti
v) kam chiqqan asosiy vositalar obyektining qoldiq qiymatiga
Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilish va turli chiqimi» schyoti
Agar baholash natijasida obyektning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam 
chiqqan obyekt qoldiq qiymatidan yuqori bo‘lsa, olingan daromad summasi 
buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 4730 –«Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzlari» schyoti 
aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim
Kredit 9430 – «Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti aybdor yoki moddiy 
javobgar shaxsdan undirilishi lozim
Kredit 9310 – «Asosiy vositalarning chiqimidan olingan foyda» schyoti aybdor 
shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan bozor qiymati va qoldiq 
qiymati o‘rtasidagi farq summaga (olingan daromad)
Olingan daromad summasi umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.
Agar baholash natijasida obyektning bozor bahosi (undiriladigan summa) kam 
chiqqan obyektning qoldiq qiymatidan past bo‘lsa, ko‘rilgan zarar summasi 
buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) debet 4730-«Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzlari» schyoti 
aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan bozor qiymatiga.
Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti tegishli analitik schyoti – 
aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan bozor qiymati va 
qoldiq qiymati o‘rtasidagi farq summaga (ko‘rilgan zarar summasiga) 
7
7
11. 
Xamdamov B., Ilxomov Sh., Karimov N., Masharipov O., Xojiyev M. Amaliy audit. Darslik-T.: “Iqtisod-
Moliya”, 2021y. – 360 b. 


23 
Kredit 9430 – «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining «Moddiy 
boyliklarning kamomadi va buzulishi bo‘yicha zararlar» analitik schyoti kam chiqqan 
asosiy vosita obyektining qoldiq qiymatiga.
Ko‘rilgan zarar summasi daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda umumiy 
belgilangan tartibda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi.
Kamomadning aniq aybdor topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan 
undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda kam chiqqan asosiy vositalarni hisobdan 
o‘chirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
a) 
kam chiqqan asosiy vositalarning dastlabki (tiklash) qiymatini hisobdan 
o‘chirish.
Debet 9210 – «Asosiy vositalarning chiqimi»
Kredit 0100 – «Asosiy vositalarni hisobga oladigan schyotlar» (0110-0199)
b) 
amortizatsiya summasini hisobdan o‘chirish
Debet 0200 – «Asosiy vositalar eskirishini hisobga oladigan schyotlar» (0211-
0299)
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning chiqimi» schyoti.
v) ko‘rilgan zarar summasini hisobdan o‘chirish.  
Debet 9430–«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining «Asosiy vositalar 
realizatsiyasi va turli chiqimi bo‘yicha zararlar» analitik schyoti Kredit 9210 – «Asosiy 
vositalarning chiqimi» schyoti.
Ko‘rilgan zarar summasi daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda umumiy 
belgilangan tartibda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi.
Inventarizatsiyada aniqlangan hisobga olinmay qolgan asosiy vositalar 
obyektlari shularga o‘xshash obyektlarning oshiqcha chiqish aniqlangan sanadagi 
bozor qiymati bo‘yicha ularning haqiqiy ahvolini hisobga olgan holda baholanadi 
(oshiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya 
hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) hisobga olinmay qolgan asosiy vositalarni bozor bahosi bo‘yicha kirimga 


24 
olish.
Debet 0100 – Asosiy vositalarni hisobga oladigan schyotlar» (0111-0199) Kredit 
9310 – «Asosiy vositalarning chiqimidan olingan foyda.
Olingan daromad summasi umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.
Hisobga olinmay qolgan asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ular asosiy 
vositalar tarkibiga qo‘shilgan paytdan boshlab umumiy belgilangan tartibda 
hisoblanadi.
Kuzatib chiqish amallari yordamida asosiy vositalarga doir quyidagi ma’lumot 
manbalarining o‘zaro mosligini tekshirish amalga oshiriladi:

moliyaviy hisobot shakllarining asosiy vositalarga doir ko‘rsatkichlari; * 
moliyaviy hisobot shakllari va bosh daftar ko‘rsatkichlari;

Bosh daftar, sintetik va analitik hisob registrlari ko‘rsatkichlari.
Moliyaviy hisobotning asosiy vositalarga doir shakllari ko‘rsatkichlarini o‘zaro 
taqqoslash natijalari jadvalda ko‘rsatilgan shakl bo‘yicha ishchi hujjatlar bilan 
rasmiylashtirilishi mumkin.
Keyinchalik Bosh daftar ma’lumotlarini sintetik va analitik hisob registrlari 
ko‘rsatkichlari bilan solishtirish natijalari bo‘yicha tekshiruv davom ettiriladi. Asosiy 
vositalar analitik hisobining inventar kartochkalari ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. 
Auditor asosiy vositalar guruhlari bo‘yicha harakat ko‘rsatkichlarini inventar 
kartochkalar bo‘yicha analitik hisob ma’lumotlari bilan mosligini tekshirishi mumkin. 
Auditor tekshiruvning mazkur bosqichida kuzatib chiqish amallari yordamida dastlabki 
hujjatlar ma’lumotlarining analitik va sintetik hisob registrlarida aks ettirilishini, Bosh 
daftar yozuvlarini tekshiradi. Natijada u asosiy vositalar harakatiga doir muomalalar 
buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘g‘ri aks ettirilganligiga ishonch hosil qiladi 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling