Toshkent moliya instituti "audit" kafedrasi
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Asosiy vositalar auditi pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2022-yil 1yanvardan
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora
mexanizmi
Ijro muddati Mas’ul ijrochilar to‘g‘risida xabardor qilish: 2021-yildan boshlab hisob yuritish va 2021- yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni tayyorlash faqat MHXS asosida amalga oshirilishi; buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganlik to‘g‘risida hujjatga yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga (ASSA va ASSA DipIFR, SRA, CIPA, 2022-yil 1yanvardan boshlab esa — ACCA va ACCA DipIFR, CPA) ega bo‘lgan kamida uch nafar mutaxassis miqdorida MHXSni sifatli qo‘llash uchun yetarli bo‘lgan xodimlar sonini bosqichma- bosqich ta’minlash. Davlat soliq qo‘mitasi (B. Musayev) 2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi tegishli ichki hujjatlarni (hisob siyosati, lavozim yo‘riqnomasi, funksional majburiyatlar) qabul qilish: buxgalteriya xizmati xodimlarining malakasini har yili tegishli lavozim uchun talab etiladigan darajada oshirishni ta’minlash; MHXS asosida tuzilgan moliyaviy isobotni MHXS sohasida sertifikatga ega bo‘lgan mutaxassis tomonidan imzolanishi; sertifikatlangan xodimlar mehnatini munosib rag‘batlantirish tizimini joriy etish; ushbu qarordan kelib chiqadigan yangi talablar. Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari, davlat ulushi ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari 59 T/r Tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Mas’ul ijrochilar 18. Buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan MHXS fondi bilan birgalikda MHXSni joriy qilish va amalda qo‘llash bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani tarqatishda faol ishtirok etish. 1. MHXS fondi va Buxgaltyerlarning xalqaro federatsiyasi (BXF) bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish. Doimiy ravishda Moliya vazirligi (D. Sultanov), buxgalter va auditorlarning respublika ja?oat birlashmalari (M. Tulaxodjayeva, N. Karimov), manfaatdor vazirlik va idoralar, tadbirkorlik subyektlari 2. Xalqaro tashkilotlarning mutaxassislarini jalb etgan holda quyidagilar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish: MHXSni dastlab va kelgusida qo‘llash; MHXS asosida moliyaviy hisobotni tuzish. 2020-yil davomida 3. Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda MHXSni qo‘llashning dolzarb masalalariga doir seminar va treninglarni o‘qituvchilar, talabalar va buxgalteriya hisobi xizmati xodimlari ishtirokida tashkil etish. Media- rejaga muvofiq (1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF- 6280-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2021- y.06/21/6280/0811-son) 2-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3946-son qarorining 5-bandiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar 60 1. Birinchi xatboshidan “2020-yil 1-yanvardan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 2. “a” kichik bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “a) 2020-yil 1-yanvardan hisobot yili yakuni bo‘yicha quyidagi shartlardan bir vaqtning o‘zida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari ham har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim:”. 3. “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “b) O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga tegishli o‘zgartirishlar kuchga kiradigan kundan boshlab auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgaltyerlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan xalqaro audit standartlari asosida amalga oshiradi;”. Asosiy vositalarni tugatishga doir muomalalarni tekshirishda, auditor avvalo tugatish haqida korxona rahbarining, davlat tashkilotlarida esa, direktor, bosh muhandis yoki yuqori tashkilotning farmoyishi hamda tuzilgan dalolatnoma (AV 3 shakl) ma’lumotlarini o‘rganadi. Bunda dalolatnomadagi obyektning nomi, tayyorlangan yoki qurilgan yili, korxonaga kelib tushgan va foydalanishga topshirilgan sanasi, inventar raqami, turgan joyi, balans qiymati, eskirishi, qayta baholanish natijalari, kapital ta’mirlashlar soni kabi ma’lumotlar tekshiriladi. Shu bilan birga ushbu dalolatnomada obyektning asosiy qismlari, detallari, tarkibiy qismlarining texnik holati haqidagi ma’lumotlar keltirilgan va uni tugatish zarurligi asoslangan bo‘lishi lozim. Halokat oqibatida yaroqsiz bo‘lib qolgan mashinalar, jihozlar va transport vositalari qiymatini hisobdan chiqarish dalolatnomasiga sabablari va aybdorlari ko‘rsatib tuzilgan halokat to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasi ham ilova qilingan bo‘lishi kerak. Bulardan tashqari dalolatnomaning maxsus qismida keltirilgan asosiy vositalarni tugatish bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar hamda ular yuzasidan tuzilgan buxgalteriya provodkalarining to‘g‘riligi ham tekshiriladi. Asosiy vositalarni moliyalanadigan lizing shartnomasi asosida uzoq muddatli ijaraga berish natijasida xo‘jalikdan chiqarilishi (Dt 0920 Kt 9210), o‘g‘irlanish (Dt 61 9430 Kt 9210) hollarida, auditor, ijarachi tomonidan moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishi va yetkazilgan zararning aybdor shaxslar tomonidan to‘liq qoplanganligiga (Dt 4730 Kt 9430) jiddiy e’tibor berish kerak. Amaliyotda asosiy vositalarni tugatishga doir muomalalar auditining ayrim xususiyatlari mavjud. Bu yerda auditor to‘liq amortizatsiya qilinmagan asosiy vositalarni tugatishning moliyaviy natijasi to‘g‘ri hisobdan o‘chirilganligiga alohida e’tibor berishi zarur. Obyektni hisobdan o‘chirishda uning tiklash qiymati va eskirishi ikki qismga bo‘linadi: asosiy vositalarni qayta baholash paytiga bo‘lgan va o‘tkazilgan qayta baholash natijasida yuzaga kelgan tiklash qiymatlari va eskirish summalari. Shuning uchun asosiy vositalarni tugatishda 9210 schyotda aniqlangan yo‘qotishlar qisman foyda (9430 schyotining krediti), qisman esa qo‘shilgan kapital (8510 schyotning krediti) hisobiga hisobdan o‘chirilishi mumkin. Misol: asosiy vosita hisobdan chiqarildi: dastlabki qiymati 200000 so‘m va eskirish 160000 so‘m. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling