Toshkent moliya instituti "audit" kafedrasi


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/23
Sana08.03.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1251061
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Asosiy vositalar auditi pdf

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


65 
XULOSA 
Globallashuv sharoitida O'zbekiston iqtisodiyotini jadal rivojlantirish va 
liberallashtirish, jahon moliya bozoriga integratsiyalashuvini tezlashtirish va kapital 
bozorini hamda raqamli iqtisodiyotni yanada taraqqiy ettirish, zamonaviy korporativ 
boshqaruv printsiplarini joriy etish ustuvor vazifalar sirasiga kiradi. Tizim faoliyatini 
yanada takomillashtirish, boshqarishga oid qarorlarni qabul qilish va korporativ 
boshqaruvni yanada yaxshilash uchun auditorlik xizmatlari sifatini oshirish lozim
Yaqin paytga qadar amalda bo'lgan “Auditorlik faoliyati to'g'risida”gi qonun 2000 yilda 
qabul qilingan. So'nggi 20 yil ichida bu bozorda katta o'zgarishlar ro'y bergani va qator 
islohotlar amalga oshirilgani tufayli u bugungi kun talabiga to'liq javob bermasligi ayon 
bo'lib qolgan edi.Zamonaviy talablar va xalqaro amaliyot printsiplariga asoslangan 
auditorlik faoliyatini tartibga solishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmini 
yaratish, qoida va normalarni hamda me'yoriy hujjatlarni yagona normativ-huquqiy 
hujjatda unifikatsiyalash va tizimlashtirish maqsadida 2021-yil 25-fevralda yangi 
tahrirdagi “Auditorlik faoliyati to'g'risida”gi qonun qabul qilindi.Qonun bozor 
iqtisodiyoti talablariga javob beradigan auditorlik xizmatini tashkil etishga, ushbu 
kasbning nufuzini va ular ishining sifatini oshirishga qaratilgan bo'lib, pirovard natijada 
jamiyat manfaatlarini qondirishga va investorlar himoyasini kuchaytirishga 
yo'naltirilgan. 
Xulosa qilib aytganda, asosiy vositalarni malakali auditorlik tekshiruvidan 
o‘tkazish, sifatli auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi tuzish uchun ushbu hisob 
obyektini har tomonlama sinchiklab tekshirish, ma’lumotlarni tahlil qilish, Shuningdek, 
bu ishga kirishishdan oldin asosiy vositalar hisobiga doir barcha me’yoriy hujjatlar 
hamda boshqa zarur manbalardan iborat ma’lumotlar to‘plamini shakllantirish zarur. 
Shundagina auditor malakali tekshiruv o‘tkazib, korxonaga (mijozga) sifatli xizmat 
ko‘rsatishi va qimmatli maslahatlar berishga erishishi mumkin.
U xo‘jalik muomalalarini hujjatlashtirish tartibi bilan tanishib chiqishi kerak. 
Dastlabki hujjatlar (materiallarni olish uchun talabnoma va boshqalar)da xarajatlarning 


66 
yo‘nalishi, ya’ni ta’mirlash ishlari ko‘rsatilishi lozim. Auditor korxona ma’muriyatiga 
nuqson (defekt)lar vedomostiga asosan tuziladigan, choraklarga bo‘lingan, ta’mirlash 
ishlarini o‘tkazishning 1 yillik rejasini tuzishni tavsiya qilishi mumkin. Bu tadbirlar o‘z 
navbatida korxonalarga ta’mirlash maqsadida mablag‘lardan samarali foydalanish 
ustidan nazoratni kuchaytirishga imkon yaratadi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling