Toshkent moliya instituti "audit" kafedrasi


-jadval  Asosiy vosita bilan bo’g’liq operatsiyalar


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/23
Sana08.03.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1251061
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Asosiy vositalar auditi pdf

6-jadval 
Asosiy vosita bilan bo’g’liq operatsiyalar.
12
 
№  Muomalalar  
Summa, 
So‘m  
Bog‘lanuvchi 
schyotlar  
Dt  
Kt  
 
 
 
 
 
1
Dastlabki (tiklanish) qiymatiga
200000 9210
0110- 
0199
2
Eskirish summasiga
160000 0210- 
0299
9210
3
Yo‘qotish hisobdan o‘chirildi:
a) 10000 so‘m moliyaviy natija hisobidan
b) 30000 qo‘shilgan kapital hisobidan
10000
30000
9430
8510
9210
9210
Misoldan ko‘rinadiki, asosiy vositani tugatishdan ko‘rilgan umumiy zarar 40000 
so‘mni tashkil etib (200000 s - 160000 s). 10000 so‘mi moliyaviy natijalar hisobiga (Dt 
12
Muallif tomonidan tuzilgan 


62 
9430), qolgan 30000 so‘mi qo‘shilgan kapital hisobiga (Dt 8510) hisobdan o‘chirilgan. 
30000 so‘mni qo‘shilgan kapital hisobiga hisobdan o‘chirishning sababi (Dt 8510 Kt 
9210) bu summa asosiy vositani qayta baholash vaqtida paydo bo‘lib, 8510 schyotining 
kreditida hisobga olingan. 10000 so‘mlik eskirish summasi esa asosiy vositaning 
foydalanish muddatidan kelib chiqib, uning sotib olingan paytidagi dastlabki qiymati 
va amortizatsiya normasi asosida hisob-kitob qilinib aniqlangan. Shunday qilib, 30000 
so‘mlik hajmdagi yo‘qotish soliqqa tortiladigan bazaga kiritalmaydi va moliyaviy 
natijaga ta’sir qilmaydi, 10000 so‘mga esa yalpi foyda (daromad) kamaytiriladi.
Agar korxona asosiy vositalarni pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olgan bo‘lsa, 
auditor QQSni buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirishning yoki asosiy vositalar 
obyektlarining dastlabki (inventar) qiymatiga qo‘shilishining to‘g‘riligini tekshirishi 
lozim.
Auditor kuzatib chiqish uslubi yordamida quyidagilarni aniqlashi lozim: 
QQSning shartnomada, mol yetkazib beruvchilarning dastlabki hujjatlarida, 
korxonaning hisob-kitob hujjatlarida ajratib ko‘rsatilganligi; asosiy vositani sotib olish 
uchun schyot-fakturaning borligi, kapital qo‘yilmalarni amalga oshirishda hisobda 
4410 schyotdan foydalanilayotganligi; asosiy vositalar obyekti qanday maqsadlar 
uchun sotib olinganligi, chunki QQS summasini 4410 schyotning kreditidan hisobdan 
chiqarish tartibi shunga bog‘liq.
Agar korxonada tekshirilayotgan davrda avtomobil sotib olingan bo‘lsa, u holda 
avtotransport vositalarini sotib olishda hisoblangan soliqning to‘g‘riligini tekshirish 
zarur.
Auditor, shuningdek, avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun soliq 
summasining obyekt dastlabki qiymatiga qo‘shilganligini; qo‘llaniladigan stavkalar va 
soliqqa tortiladigan bazani (avtomobilning qo‘shilgan qiymat solig‘isiz sotuv bahosini) 
aniqlashning to‘g‘riligini ham tekshirishi lozim.
Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishini tekshirishda qo‘shilgan qiymat 
solig‘i va foyda solig‘i to‘g‘ri hisoblangani hamda to‘langanligini aniqlash zarur. 


63 
Asosiy vositalar sovg‘a qilish shartnomasi bo‘yicha berilganda, qo‘shilgan qiymat 
solig‘ini asosiy vositani beruvchi tomon to‘laydi.
Asosiy vositalarni sotish va ularni sovg‘a qilish shartnomasiga muvofiq berishga 
doir muomalalarni tekshirish chog‘ida schyot-fakturalarning to‘ldirilishi va ularning 
sotish daftarida ro‘yxatga olinishiga e’tibor berish zarur.
Asosiy vositalar qoldiq qiymatidan past bahoda sotilgan hollarda QQS asosiy 
vositaning qoldiq qiymatiga nisbatan hisoblanishi va budjetga to‘lanishi lozim 
ekanligini auditor inobatga olishi lozim. QQS ni qo‘shimcha hisoblash bu holda alohida 
hisob-kitob qilinadi va korxona ixtiyorida qoladigan foyda hisobidan amalga oshiriladi.
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda QQS ni hisoblash uchun soliqqa 
tortiladigan bazani aniqlash xususiyatlari quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling