Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi" fanidan


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana06.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1333677
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Курс иши УҚ Bank ishi 5 куpс 2022

4-Ilova 
 
Adabiyotlar sharhi. 
Iqtisodiy o’shish, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda monetar 
siyosat vositalaridan foydalanish masalasi iqtisodiy adabiyotda iqtisodchi olimlar va bank 
tizimi mutaxassislari tomonidan chuqur tadqiq qilingan va tegishli ilmiy xulosalar hamda 
amaliy tavsiyalar shakllantirilgan. Jumladan, M. Fridmenning xulosasiga ko‘ra, pul 
taklifini boshqaish uchun Markaziy bank yetarlicha imkoniyatga ega va shu bilan birga 
inflyatsiya ko‘p omilli jarayon emas, degan xulosaga keladi”
3

Ushbu xulosa shunga asoslanadiki, Markaziy bank ochiq bozordagi 
operatsiyalardan va diskont operatsiyalardan foydalangan holda pul massasini va foiz 
stavkasini boshqarishi mumkin. Darhaqiqat, Markaziy bank tomonidan ochiq bozorda 
qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bank tizimining rezervlarini va monetar bazaning 
ko‘payishiga, pul taklifining o‘sishiga va qisqa muddatli foiz stavkalarining pasayishiga 
olib keladi. 
Xususan, bir guruh iqtisodchi olimlar majburiy zaxira siyosatidan faol foydalanish 
maqsadida tijorat banklarining depozitlariga nisbatan 100 foizli majburiy zaxira 
talabnomasini joriy qilishni taklif qilishgan
4
. Ammo, ayrim iqtisodchi olimlar majburiy 
zaxira siyosatiga nisbatan salbiy fikr bildirishgan. Masalan, taniqli xorijlik iqtisodchi olim 
F.Mishkinning fikriga ko‘ra, majburiy zaxira talabnomalari ko‘p kamchiliklarga ega 
bo‘lib, jumladan, banklarda likvidlilik muammosini yuzaga keltirishi mumkin
5

Xorijlik iqtisodchi olim MakKallum ta’kidlaydiki, pulga bo‘lgan talab barqaror 
emas, shuning uchun monetar siyosatning asosiy vositasi bo‘lib Markaziy bankning foiz 
stavkasi hisoblanadi
6

Xorijlik iqtisodchi olim V.Yuroviskiyning fikricha, majburiy zaxira talablari 
yo‘qligi sharoitida barcha emissiya qilingan pullar aktivlar hisoblanadi, o‘z navbatida, 
tijorat banklarining kredit faoliyati depozitlarning o‘sishiga olib keladi
7
.
Xorijlik istisodchi olimlardan biri S.Moiseevning xulosasiga ko‘ra, hozirgi vaqtda 
ochiq bozor operatsiyalari taraqqiy etgan mamlakatlarda monetar siyosatning asosiy 
vositasi hisoblanadi. Ochiq bozor operatsiyalari markaziy banklarga o‘zining tashabbusi 
bilan bitimlar tuzish, ya’ni pul-kredit operatsiyalarining vaqtini va hajmini belgilashda 
yanada moslashuvchan bo‘lish imkonini beradi
8
.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling