Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi" fanidan
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Курс иши УҚ Bank ishi 5 куpс 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-Ilova Asosiy qism
3 Fridmen M. Yesli bi dengi zagovorili… Per. s angl. – M.: Delo, 1999. – S. 132-134. 4 Mises L. Tne Theory of Money and Kredit. –Indianapolis, 1980. –P. 446-448.; Fridmen M. Osnovi monetarizma. Per. s angl. – M.: TEIS, 2002. – S. 41-43. 5 Mishkin F.S. Ekonomicheskaya teoriya deneg, bankovskogo dela i finansovix rinkov. 7-ye izd. Per. s anl. – M.: OOO «I.D. Vilyams», 2013. -S. 490 6 Yuroviskiy V. Evolyusiya deneg: denejnoe obraщenie v epoxu izmeneniy. M.: GrossMedia, 2005. – S. 96. 7 Moiseev S.R. Operatsii sentralnix bankov na otkritom rinke sennix bumag//Finansi i kredit. – Moskva, 2003. – №6. – S. 32-40. 8 Simanovskiy A.Yu. Bankovskoe regulirovanie: revolyusiya//Dengi i kredit. – Moskva, 2014. – №3. – S. 3-11. 21 5-Ilova Asosiy qism Monetar siyosat – milliy valyuta, to‘lov balansi, narxlar, pul taklifi, moliya bozori, iqtisodiy o‘sish, investitsion faollik, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan usullar, vositalar hamda chora-tadbirlari yig‘indisidir. Shu sababli, jahon iqtisodiyotida kuzatilgan turli darajadagi makroiqtisodiy va moliyaviy muammolar, inqirozlar hamda pandemiyalar sharoitida monetar siyosat muntazam ravishda takomillashtirilgan. AQSh, Yaponiya va Germaniya kabi taraqqiy etgan mamlakatlarda monetar siyosatdan, xususan uning vositalaridan samarali foydalanish orqali iqtisodiy va investitsion faollikni oshirish asosida iqtisodiy o‘sishni, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda mustahkamlash borasida ko‘p yillik nazariy, amaliy hamda metodologik tajriba to‘planib, bu borada turli xil modellardan samarali foydalaniladi. Shuningdek, ushbu mamlakatlar tajribasi ko‘rsatadiki, moliya bozorini rivojlantirish, investitsiyalar samaradorligini oshirish, monetar siyosat vositalaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish milliy valyuta, narxlar va iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Xorijlik iqtisodchi olimlardan yana biri A. Simanovskiyning fikricha, monetar siyosatning amaliy muammolarini hal qilishda qayta moliyalash orqali pullar taklifini boshqarishning amaliy jihatlari, banklar faoliyatini tartibga solish hamda nazorat qilish masalalari, xalqaro zaxira aktivlarini boshqarish va hokazolar muhim o‘rin tutadi 9 . Ta’kidlash joizki, Markaziy banklarning ochiq bozor operatsiyalari ilk marta yuzaga kelganida uning ob’ekti bo‘lib, faqat hukumat tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar hisoblanar edi. Yillar o‘tishi bilan inovatsion g‘oyalar asosida uning ob’ektlari soni ko‘paydi. Xususan, hozirgi davrda, depozit sertifikatlaridan (Niderlandiya, Daniya, Ispaniya markaziy banklari, Yevropa Markaziy banki), moliyaviy veksellardan (Angliya Markaziy banki, Shvesiya Riks banki, Germaniya Bundesbanki, Yaponiya Markaziy banki), korporativ obligatsiyalardan (Janubiy Koreya, Chili, Rossiya markaziy banklari) ushbu operatsiyalarning ob’ekti sifatida foydalanilmoqda 10 . Jumladan, 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda majburiy zaxiralash vositasini takomillashtirishning ikkinchi bosqichi amalga oshirildi. Xususan, milliy valyutadagi depozitlar uchun majburiy zaxira me’yorlari pasaytirildi va chet el valyutasidagi depozitlar bo‘yicha majburiy zaxira me’yorlari oshirildi. Shuningdek, 2018 yilning 25 sentyabridan Markaziy bank o‘z qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foizdan 16 foizgacha oshirdi 11 . O‘z navbatida, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020 yil 14 apreldagi qarori bilan asosiy stavka 1 foizli bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida 2023 yilning 1 yanvariga qadar saqlab qolindi. 9 Moiseev S.R. Denejno-kreditnaya politika: teoriya i praktika. – M.: Moskovskaya finansovo-promыshlennaya akademiya, 2011. - S. 737. 10 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2018 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot. www.cbu.uz (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki). 11 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni. 22 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ- 3272-sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida umumiqtisodiy, soliq-byudjet va pul-kredit siyosati o‘rtasidagi muvofiqlashtirish amaliyotini takomillashtirish, pul-kredit siyosatining likvidlilikni berish va jalb qilish operatsiyalari bo‘yicha qo‘llanilayotgan foizli instrumentlardan foydalanishni kengaytirish kabi pul-kredit siyosatini takomillashtirish bo‘yicha dolzarb vazifalar qo‘yilgan 12 . Shu bois, O‘zbekistonda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida xorij tajribasida keng qo‘llanilayotgan monetar siyosat vositalaridan foydalangan holda monetar siyosatni takomillashtirish mamlakat bank tizimini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilgan. 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklarining xorijiy valyutalardagi depozitlariga nisbatan majburiy zaxira stavkasi 14 foiz qilib belgilandi. Ayni paytda esa, milliy valyutadagi depozitlarga nisbatan 4 foiz va xorijiy valyutalardagi depozitlariga nisbatan majburiy zaxira stavkasi 18 foiz qilib belgilangan 13 . O‘z navbatida, inflyatsiya darajasi 2020 yilda 11,1 foizni tashkil etdi. Inflyatsion target, ya’ni inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlari bo‘yicha inflyatsiya darajasini 2023 yilda yillik 5 foizgacha pasaytirish nazarda tutilgan. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan monetar siyosatni takomillashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni hal qilishda bir qator ijobiy yutuqlarga erishildi. Xususan: – 2017 yilning ikkinchi yarmida Markaziy bank tomonidan qayta moliyalash kreditlarini berish amaliyotining joriy etilganligi pul-kredit siyosatining, shu jumladan qayta moliyalash siyosatining samaradorligini oshishiga xizmat qildi. – 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab Markaziy bankning majburiy zaxira siyosatini takomillashtirish maqsadida majburiy zaxira ajratmalari summasini faqat milliy valyutada shakllantirish tartibi joriy qilinib, yuridik va jismoniy shaxslarning depozitlari bo‘yicha zaxiralash me’yorlari birxillashtirildi, ya’ni milliy valyutadagi depozitlar uchun majburiy zaxira me’yorlari pasaytirildi va chet el valyutasidagi depozitlar bo‘yicha majburiy zaxira me’yorlari oshirildi 14 . – 2020 yil 1 yanvardan Markaziy bank asosiy stavkasi va foiz koridori, Markaziy bank obligatsiyalari hamda 2 haftalik va 1 kunlik (overnayt) depozit, REPO va svop operatsiyalari amaliyotga joriy etildi 15 . Eslatma: talabalar kurs ishining asosoy qismida mavzuga oid tuzilgan rejagadagi savollarning nazariy va amaliy masalalari, xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlili, O’zbekistondagi amaldagi holatining tahlili, mavjud tendentsiyalar va muammolar jadval hamda rasmlar asosida yoritiladi, ilmiy xulosalar shakllantiriladi. 12 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3272-sonli qarori. www.lex.uz. 13 Majburiy zaxira me’yorlari//www.cbu.uz (O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki). 14 Pul-kredit siyosati//www.cbu.uz (O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki). 15 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019 yildagi faoliyati to‘g‘risida hisobot (B.73)//www.cbu.uz (O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling