Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi" fanidan


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana06.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1333677
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Курс иши УҚ Bank ishi 5 куpс 2022

 
 
3
Fridmen M. Yesli bi dengi zagovorili… Per. s angl. – M.: Delo, 1999. – S. 132-134.  
4
Mises L. Tne Theory of Money and Kredit. –Indianapolis, 1980. –P. 446-448.; Fridmen M. Osnovi monetarizma. Per. s 
angl. – M.: TEIS, 2002. – S. 41-43.   
5
Mishkin F.S. Ekonomicheskaya teoriya deneg, bankovskogo dela i finansovix rinkov. 7-ye izd. Per. s anl. – M.: OOO «I.D. 
Vilyams», 2013. -S. 490  
6
Yuroviskiy V. Evolyusiya deneg: denejnoe obraщenie v epoxu izmeneniy. M.: GrossMedia, 2005. – S. 96.  
7
 Moiseev S.R. Operatsii sentralnix bankov na otkritom rinke sennix bumag//Finansi i kredit. – Moskva, 2003. – №6. – S. 
32-40.
8
Simanovskiy A.Yu. Bankovskoe regulirovanie: revolyusiya//Dengi i kredit. – Moskva, 2014. – №3. – S. 3-11.


21 
5-Ilova 
Asosiy qism
Monetar siyosat – milliy valyuta, to‘lov balansi, narxlar, pul taklifi, moliya bozori, 
iqtisodiy o‘sish, investitsion faollik, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni 
ta’minlashga qaratilgan usullar, vositalar hamda chora-tadbirlari yig‘indisidir. Shu 
sababli, jahon iqtisodiyotida kuzatilgan turli darajadagi makroiqtisodiy va moliyaviy 
muammolar, inqirozlar hamda pandemiyalar sharoitida monetar siyosat muntazam 
ravishda takomillashtirilgan.
AQSh, Yaponiya va Germaniya kabi taraqqiy etgan mamlakatlarda monetar 
siyosatdan, xususan uning vositalaridan samarali foydalanish orqali iqtisodiy va 
investitsion faollikni oshirish asosida iqtisodiy o‘sishni, makroiqtisodiy va moliyaviy 
barqarorlikni ta’minlash hamda mustahkamlash borasida ko‘p yillik nazariy, amaliy 
hamda metodologik tajriba to‘planib, bu borada turli xil modellardan samarali 
foydalaniladi. Shuningdek, ushbu mamlakatlar tajribasi ko‘rsatadiki, moliya bozorini 
rivojlantirish, investitsiyalar samaradorligini oshirish, monetar siyosat vositalaridan 
foydalanish amaliyotini takomillashtirish milliy valyuta, narxlar va iqtisodiyotning 
barqarorligini ta’minlashning zaruriy sharti hisoblanadi.
Xorijlik iqtisodchi olimlardan yana biri A. Simanovskiyning fikricha, monetar 
siyosatning amaliy muammolarini hal qilishda qayta moliyalash orqali pullar taklifini 
boshqarishning amaliy jihatlari, banklar faoliyatini tartibga solish hamda nazorat qilish 
masalalari, xalqaro zaxira aktivlarini boshqarish va hokazolar muhim o‘rin tutadi
9
.
Ta’kidlash joizki, Markaziy banklarning ochiq bozor operatsiyalari ilk marta yuzaga 
kelganida uning ob’ekti bo‘lib, faqat hukumat tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar 
hisoblanar edi. Yillar o‘tishi bilan inovatsion g‘oyalar asosida uning ob’ektlari soni 
ko‘paydi. Xususan, hozirgi davrda, depozit sertifikatlaridan (Niderlandiya, Daniya, 
Ispaniya markaziy banklari, Yevropa Markaziy banki), moliyaviy veksellardan (Angliya 
Markaziy banki, Shvesiya Riks banki, Germaniya Bundesbanki, Yaponiya Markaziy 
banki), korporativ obligatsiyalardan (Janubiy Koreya, Chili, Rossiya markaziy banklari) 
ushbu operatsiyalarning ob’ekti sifatida foydalanilmoqda
10
.
Jumladan, 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda majburiy zaxiralash 
vositasini takomillashtirishning ikkinchi bosqichi amalga oshirildi. Xususan, milliy 
valyutadagi depozitlar uchun majburiy zaxira me’yorlari pasaytirildi va chet el 
valyutasidagi depozitlar bo‘yicha majburiy zaxira me’yorlari oshirildi. Shuningdek, 2018 
yilning 25 sentyabridan Markaziy bank o‘z qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foizdan 
16 foizgacha oshirdi
11
. O‘z navbatida, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
Boshqaruvining 2020 yil 14 apreldagi qarori bilan asosiy stavka 1 foizli bandga 
pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida 2023 yilning 1 yanvariga qadar saqlab qolindi. 
9
Moiseev S.R. Denejno-kreditnaya politika: teoriya i praktika. – M.: Moskovskaya finansovo-promыshlennaya akademiya, 
2011. - S. 737. 
10
 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2018 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot. www.cbu.uz (O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki). 
11
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni.


22 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-
3272-sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarorida 
umumiqtisodiy, 
soliq-byudjet 
va 
pul-kredit 
siyosati 
o‘rtasidagi 
muvofiqlashtirish amaliyotini takomillashtirish, pul-kredit siyosatining likvidlilikni 
berish va jalb qilish operatsiyalari bo‘yicha qo‘llanilayotgan foizli instrumentlardan 
foydalanishni kengaytirish kabi pul-kredit siyosatini takomillashtirish bo‘yicha dolzarb 
vazifalar qo‘yilgan
12
. Shu bois, O‘zbekistonda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida xorij tajribasida keng 
qo‘llanilayotgan monetar siyosat vositalaridan foydalangan holda monetar siyosatni 
takomillashtirish 
mamlakat 
bank tizimini yanada 
rivojlantirishning ustuvor 
yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilgan.
2018 yil 1 oktyabrdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
tijorat banklarining xorijiy valyutalardagi depozitlariga nisbatan majburiy zaxira stavkasi 
14 foiz qilib belgilandi. Ayni paytda esa, milliy valyutadagi depozitlarga nisbatan 4 foiz 
va xorijiy valyutalardagi depozitlariga nisbatan majburiy zaxira stavkasi 18 foiz qilib 
belgilangan
13
.
O‘z navbatida, inflyatsiya darajasi 2020 yilda 11,1 foizni tashkil etdi. Inflyatsion 
target, ya’ni inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlari bo‘yicha inflyatsiya darajasini 2023 
yilda yillik 5 foizgacha pasaytirish nazarda tutilgan. 
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan monetar 
siyosatni takomillashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni hal qilishda bir qator ijobiy 
yutuqlarga erishildi. Xususan: 
– 2017 yilning ikkinchi yarmida Markaziy bank tomonidan qayta moliyalash 
kreditlarini berish amaliyotining joriy etilganligi pul-kredit siyosatining, shu jumladan 
qayta moliyalash siyosatining samaradorligini oshishiga xizmat qildi. 
– 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab Markaziy bankning majburiy zaxira siyosatini 
takomillashtirish maqsadida majburiy zaxira ajratmalari summasini faqat milliy 
valyutada shakllantirish tartibi joriy qilinib, yuridik va jismoniy shaxslarning depozitlari 
bo‘yicha zaxiralash me’yorlari birxillashtirildi, ya’ni milliy valyutadagi depozitlar uchun 
majburiy zaxira me’yorlari pasaytirildi va chet el valyutasidagi depozitlar bo‘yicha 
majburiy zaxira me’yorlari oshirildi
14
.
– 2020 yil 1 yanvardan Markaziy bank asosiy stavkasi va foiz koridori, Markaziy 
bank obligatsiyalari hamda 2 haftalik va 1 kunlik (overnayt) depozit, REPO va svop 
operatsiyalari amaliyotga joriy etildi
15
.
Eslatma: talabalar kurs ishining asosoy qismida mavzuga oid tuzilgan rejagadagi 
savollarning nazariy va amaliy masalalari, xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlili, 
O’zbekistondagi amaldagi holatining tahlili, mavjud tendentsiyalar va muammolar jadval 
hamda rasmlar asosida yoritiladi, ilmiy xulosalar shakllantiriladi.
12
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3272-sonli qarori. www.lex.uz. 
13
Majburiy zaxira me’yorlari//www.cbu.uz (O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki). 
14
Pul-kredit siyosati//www.cbu.uz (O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki). 
15
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019 yildagi faoliyati to‘g‘risida hisobot (B.73)//www.cbu.uz (O‘zbekiston 
Respublikasining Markaziy banki). 


23 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling