Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi" fanidan


 Kurs ishi bo’yicha baholash mezonlari


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana06.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1333677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Курс иши УҚ Bank ishi 5 куpс 2022

4. Kurs ishi bo’yicha baholash mezonlari 
Talabalarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting 
tizimi asosida talabaning kurs ishi bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi. 
“Bank ishi” fanidan kurs ishi bo’yicha talabalarning bilimlarini baholashda quyidagi 
namunaviy mezonlar inobatga olinadi: 
“Bank ishi” fanidan kurs ishi bo’yicha 5-bosqich talabalarining bilimlarini 
baholash mezonlari 
Baho 
Talabaning bilim darajasi 
“5” - “a’lo” 
- xulosa va qaror qabul qilish
- ijodiy fikrlay olish; 
- mustaqil mushohada yurita olish
- olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish; 
- mohiyatini tushunish; 
- bilish, aytib berish; 
- tasavvurga ega bo‘lish. 
“4” – “yaxshi” 
- mustaqil mushohada yurita olish; 
- olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish; 
- mohiyatini tushunish; 
- bilish, aytib berish; 
- tasavvurga ega bo‘lish. 
“3” – “qoniqarli” 
- mohiyatini tushunish; 
- bilish, aytib berish; 
- tasavvurga ega bo‘lish. 


12 
“2” - “qoniqarsiz” - aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik; 
- bilmaslik. 
Kurs ishi bo‘yicha saralash bahosi “3” – “qoniqarli” bahoni tashkil etadi.
Kurs ishi bo‘yicha qo‘yilgan balldan norozi bo‘lgan talabalar, ball e’lon qilingan 
kundan keyingi kun qayta topshirish huquqiga ega. 
5. Kurs ishini rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablar 
Kurs ishining matni 210 x 297 mm o’lchamdagi A-4 formatdagi yozuv qog’ozining 
bir tomoniga yozilgan, qo’l yozma shaklida 30-35 bet va kompyuter yordamida 25-30 bet 
hajmda, maqola shaklida tayyorlangada esa, 8-12 bet hajmda tayyorlanadi. Kompyuterda 
Times New Roman nomli 14 o’lchamli shriftda, 1,5 intervalda yozilishi lozim. Har bir 
bet hoshiyasi yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o’ngdan 1,5 sm bo’lishi, xatboshi 
besh-olti belgiga teng va bir xilda bo’lishi lozim. Kurs ishning titul varag’idan tashqari 
barcha varaqlari raqamlanadi. Kurs ishning rasmlar qismi qo’lda yoki maxsus dasturlar 
yordamida kompyuterda bajariladi. 
Kurs ishi uchun zarur bo’lgan formula yoki rasmlar qaysi manbadan olinganligi 
ko’rsatiladi. Sarlavhalar simmetrik ravishda yoziladi. Sarlavha va matn orasidagi masofa 
3-4 interval bo’lishi lozim. Kurs ishida keltirilgan rasm, jadval hamda rasmlarning 
barchasi ketma-ket raqamlanadi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling