Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi" fanidan


Kurs ishining kirish qismida quyidagilar yoritilishi kerak


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana06.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1333677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Курс иши УҚ Bank ishi 5 куpс 2022

Kurs ishining kirish qismida quyidagilar yoritilishi kerak: 
tanlangan mavzuning 
dolzarbligi belgilanadi, tadqiqot muammosi yoki savoli aniqlanadi, Kurs ishining 
maqsadlari belgilanadi hamda Tadqiqot natijasi bo’yicha erishiladigan natija 
shakllantiriladi. 
Asosiy qism 
Kurs ishining asosiy qismi quyidagi tarkibiy tuzilishdan iborat bo‘ladi: 
Adabiyotlar sharhi 

talaba tomonidan ma'lum tanlangan mavzu doirasida 
akademik adabiyotlarni bilish va tushunishni va ularni ko'rib chiqib, ma’lumotlarni 
tanqidiy baholash ko’nikmasini namoyon etish talab etiladi; 
Metodologiya
Metodologiya qismida tadqiqotning falsafiy asoslari o‘rganiladi. 
Metodologiya qismining maqsadi mavzu qanday tadqiqot izlanishlari usullaridan 
foydalanilganligi yoritiladi; 
Ma'lumotlarni tahlil qilish 
– foydali ma'lumotlarni olish uchun ma'lumotlarni qayta 
ishlash va modellashtirish usuli hisoblanadi. Tahlilning maqsadi ma'lumotlardan foydali 
ma'lumotlarni ajratib olish va shu bilimlar asosida qaror qabul qilish hisoblanadi; 
Olingan natijalar 
kurs ishi mavzusi doirasida foydalanilgan tadqiqot usullari 
asosida olingan natijalar aks ettiriladi; 
Munozara 
Munozara bo'limida olingan natijalar ahamiyati va dolzarbligi 
talabaning shasiy fikrlari asosida yoritiladi; 
Xulosa 
Kurs ishining oxirgi qismi "Xulosa" qismi bo’lib, unda kurs ishida o’rganib 
chiqilgan mavzu bo’yicha fikrlar umumlashtirilgan va qisqa shaklda beriladi, mavzuga 
oid ko’rsatilgan muammolarning yechimi, kamchiliklarni bartaraf etish yo’llari, 
amaliyotda qo’llash mumkin bo’lgan takliflar va boshqa g’oyalar keltiriladi. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
Kurs ishida foydalanilgan manbalar - qonunlar, me’yoriy hujjatlar, o’quv va maxsus 
adabiyotlar, ilmiy ishlar va statistik to’plamlar nomi to’liq keltirilishi lozim. 
- O’zbekiston Respublikasi Qonunlari; 
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Qarorlari; 


10 
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari;
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari; 
- O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlari; 
- Ilmiy va maxsus adabiyotlar; 
- Gazeta va jurnallar
- Internet saytlari.
Adabiyotlar ro’yxatini tuzishda har bir adabiyot nomidan avval mualliflar 
familiyalari to’liq, ismi va otasining ismining bosh harflari ko’rsatiladi. Adabiyotlar 
ro’yxatida har bir adabiyot muallifining familiyasi bo’yicha alifbo tartibida 
joylashtiriladi. Shu bilan birga, adabiyotlar ro’yxatiga kiritilgan monografiya, darslik, 
o’quv qo’llanma, jurnal, gazeta kabi manbalarning chop etilgan yili, qayerda 
chiqarilganligi va nashriyotining nomi ko’rsatilgan bo’lishi lozim.
Kurs ishini yozish davomida matnda monografiya, darslik, o’quv qo’llanma, gazeta 
va jurnaldan havola (tsitata) keltirilganda, avvalo muallifining familiyasi, ismi, otasining 
ismi, kitob nomi, nashriyot nomi, nashr qilingan yili, foydalanilgan beti keltirilishi zarur. 
Agar havola yoki ma’lumotlar gazeta va jurnaldan olingan bo’lsa, bunda ham avval 
muallifining familiyasi, ismi, otasining ismi, maqola nomi, gazeta yoki jurnalning nomi, 
soni, yili (sana) ko’rsatilishi lozim.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling