Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi" fanidan


 Kurs ishiga rahbarlik qilish va taqriz berish tartibi


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana06.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1333677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Курс иши УҚ Bank ishi 5 куpс 2022

3. Kurs ishiga rahbarlik qilish va taqriz berish tartibi.
Kurs ishi kafedra mudiri tasdiqlagan professor, dotsent va eng tajribali o’qituvchilar 
safidan tayinlangan ilmiy rahbarlar boshchiligida bajariladi. Ilmiy rahbarlik qilish uchun 
o’rnatilgan tartibda yuklama belgilanadi. Kurs ishini yozishdan avval talaba mavzu 
bo’yicha tegishli adabiyotlarni to’plab kurs ishi rejasini tuzadi va ilmiy rahbarga 
tasdiqlatib oladi. Ilmiy rahbar talabaga kurs ishi yozish davomida maslahat berib boradi, 
qanday yangi adabiyotlardan foydalanishi mumkinligini tavsiya qiladi. 
Kurs ishi bo’yicha ilmiy rahbarning vazifalari: 
- talabaga kurs ishini bajarishda bevosita rahbarlik qiladi; 
- kurs ishi rejasini tekshirib beradi va maqsadini aniqlab, talabaning ijodiy 
izlanishlarini mazkur rejaga muvofiqlashtirishga yordam beradi; 
- talaba bilan birgalikda ilmiy tadqiqot usullarini aniqlaydi, o’tkazilishi zarur bo’lgan 
eksperimentlar metodikasini, ularni o’tkazilishi muddatlarini muhokama etadi; 
- rahbar talaba bilan birgalikda kurs ishini bajaralishi jarayonini tahlil qiladi, talaba 
tomondan ishlatiladigan ilmiy atamalar, shartli belgi va simvollarning qo’llanilish 
tartibiga rioya qilinishini nazorat qilib boradi. 
Kurs ishi belgilangan tartibda tayyorlangandan so’ng, talaba ishni kafedra 
tomonidan ko’rsatilgan muddatlardan kechikmagan holda kafedradan ro’yhatdan 
o’tkazishi va ilmiy rahbarga topshirishi shart.
Tayyor bo’lgan kurs ishiga ilmiy rahbar tomonidan taqriz yoziladi.


11 
Kurs ishida unga qo’pol bo’lmagan xato va kamchiliklar bo’lsa-yu, u himoyaga 
tavsiya etilsa, talaba ko’rsatilgan xato - kamchiliklarni asoslash yoki to’g’rilash uchun 
kurs ishi himoyasigacha tayyorlanish kerak. Agarda kurs ishida xato-kamchiliklar ko’p 
bo’lsa, ularni bartaraf etgandan so’ng, himoyaga tavsiya etilishi ko’rsatilgan bo’lib, u 
holda xato va kamchiliklar bartaraf etilgandan so’ng, ikkinchi marta yana himoyaga 
tavsiya etish taqrizi yoziladi.
Agarda talaba sababsiz ravishda kurs ishini o’z vaqtida topshirmasa, kamchiliklar 
to’liq bartaraf etilmasa, u holda ilmiy rahbar kurs ishi himoyaga qo’yilmaydi deb yozib 
xulosa beradi. Kabinet mudiri taqriz yozilgan kurs ishini topshirilgan kun bilan 
ro’yxatdan o’tkazishi kerak. Kurs ishilarini ro’yxatga olish kitobida har bir guruhni 
alohida betga rasmiylashtirish tavsiya etiladi. 
Taqriz olingandan so’ng, talaba kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan kurs ishi 
himoyasi bo’yicha komissiya a’zolari oldida og’zaki taqdimot qiladi. Kurs ishini himoya 
qilish kuni va himoyada qatnashuvchi komissiya tarkibi kafedra majlisida belgilab 
beriladi. Talabaning kurs ishi ilmiy rahbarning taqrizi asosida kafedra oldida himoya 
qilinadi va ilmiy rahbar tomonidan olingan baho asos bo’ladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling