Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi" fanidan
Kurs ishiga qo’yiladigan umumiy talablar
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Курс иши УҚ Bank ishi 5 куpс 2022
1. Kurs ishiga qo’yiladigan umumiy talablar.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari 5230700 - “Bank ishi bakalavriat ta‘lim yo‘nalishi o’quv rejasiga muvofiq “Bank ishi” fanidan kurs ishini yozish va uni himoya qilish nazarda tutilgan. Kurs ishining talabga javob beradigan darajada tayyorlanishi va muvaffaqiyatli himoya qilinishi fanni yanada to’liqroq o’zlashtirishga, shuningdek, ilmiy ish bajarish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish uchun dastlabki pog’ona bo’lib hisoblanadi. Kurs ishning maqsadi - talabalarning “Bank ishi” fanidan olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirishdan iborat. Kurs ishi talaba tomonidan bajarilgan mustaqil izlanish bo’lib, aniq bir mavzuga bag’ishlab yoziladi. Kurs ishining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - asosiy fanlar bo’yicha talabaning nazariy jihatdan olgan bilimlarini bir tizimga solish, ularni mustahkamlash; - mutaxassislik va uning aniq bir sohasi bo’yicha olingan bilimlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish; - talabani nazariy jihatdan ilmiy xulosa qilish va mustaqil fikrlashga o’rgatish; 6 - nazariy jihatdan olingan bilimlarni sintez qilish va amaliyotdagi tahliliy ma’lumotlarni tahlil qilish asosida muammolarning to’g’ri yechimini topishni o’rgatish; - amaliy hisobot ma’lumotlarini ilmiy jihatdan asoslangan holda xulosalay olish. Kurs ishini muvaffaqqiyatli bajarilishining muhim omili – bu talabaning o’z qiziqishi va qobiliyatiga qarab mos mavzuni tanlashi hisoblanadi. Shuning uchun, ushbu bosqichda talaba mavzu tanlashda sinchkov va mas’uliyatli bo’lishi lozim. Kurs ishi mavzulari kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Kurs ishi mavzusi talabalarni nazariy bilimlarini mustahkamlashga va ijodiy fikrlashga qaratilgan bo’lishi bilan bir qatorda zamon talablaridan kelib chiqib belgilanadi. Kurs ishini bajarish uchun mavzuni tanlab olgan talaba uni yozishdan oldin darslik, o’quv qo’llanma, ilmiy-amaliy jurnallar, davriy nashrlar, me’yoriy hujjatlar va internet saytlari bilan tanishib chiqishi tavsiya qilinadi. Tanishishni birinchi navbatda, O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va asarlari, Hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni o’rganishdan boshlash maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, bank tizimi sohasiga oid qonunlar va maxsus me’yoriy hujjatlar to’plamidan ham foydalanish mumkin. Talaba mavzuga mos adabiyotlar bilan tanishib bo’lgandan so’ng, uni o’rganishni boshlashi kerak. Ushbu mavzuga oid adabiyotlarni avval tizimli ravishda yig’ib olib, so’ngra ulardan foydalanish tavsiya qilinadi. Kurs ishi mavzusini tanlash va rejasini tuzishda adabiyotlardan foydalanish juda katta ahamiyat kasb etadi. Talaba kurs ishini yozishda o’zi uchun qiziqarli va tushunarli mavzuni tanlashi lozim. Tanlangan mavzu bo’yicha rejani tuzishda, uning ahamiyatini, huquqiy asoslarning yetarliligi, dolzarbligi va bu muamolarni bartaraf etish mumkinligini adabiyotlardan foydalangan holda o’rganib chiqadi. Shuningdek, talaba kurs ishi ma’lumotlarini tahlil qilishda e’lon qilingan moliyaviy hisobotlar, statistik ma’lumotlardan keng foydalanishi lozim. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling