Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi" fanidan
Kurs ishining tarkibi va mazmuni
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Курс иши УҚ Bank ishi 5 куpс 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Titul varag’i.
- Kurs ishining kirish qismida quyidagilar yoritilishi kerak
2. Kurs ishining tarkibi va mazmuni.
2.1 Kurs ishini an’anaviy tarzda tayyorlash Kurs ishi o’z tarkibiga titul varag’ini, kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, amaliy ma’lumotlar manbai va ilovalarni oladi. Ular quyidagi tartibda joylashtiriladi: 1. Titul varag’i; 2. Kirish. 3. Asosiy qism (Kurs ishining mavzusini yoritish bilan bog’liq 3-4 ta savollardan iborat bo’ladi). 4. Xulosa. 5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 7 6. Ilovalar. Titul varag’i. Titul varagi quyidagi ma’lumotlardan iborat bo’ladi: - O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi: - Institutning to’liq nomi - Toshkent moliya instituti; - Kafedra nomi - “Bank ishi”; - Kurs ishining mavzusi; - Talabaning familiyasi, ism-sharifi, kursi, guruhi; - Ilmiy rahbar familiyasi ism-sharifi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni; - Kurs ishi bajarilgan yil. Kurs ishining kirish qismida quyidagilar yoritilishi kerak: Kurs ishning kirish qismida mavzu tanlashda e’tibor qaratilishi kerak bo’lgan jihatlari, uning ahamiyatini, mavzuni o’rganishdan maqsad va vazifalarini, uning dolzarbligini o’z ichiga olishi kerak. Kurs ishida o’rganilayotgan mavzuning izlanish olib borilayotgan davrdagi holati, shu sohadagi mavjud muammolar, ularni ishlab chiqishdagi turli yondashuvlar alohida ta’kidlanib, ularning kamchilik va yutuqlari ko’rsatilgan holda mavzuning dolzarbligi asoslanishi lozim. Asosiy qism Kurs ishining asosiy qismi butun ishning deyarli 85-90 foizini tashkil qiladi. Ushbu qismda tanlangan mavzu va unga tegishli masalalar bo’yicha yetakchi olimlar, mutaxassislar fikrlarini tizimlashtirish, ular bo’yicha o’z fikrini bayon qilish va asoslash, o’rganilayotgan ob`yektning ma’lumotlariga asoslanib aniq tahliliy ishlarni bajarish asosiy vazifa bo’lib hisoblanadi. Bunda amaliyot ma’lumotlari, hisobotlari, statistik ma’lumotlar asosida hozirgi zamon tadqiqot usullarini qo’llash bilan o’rganiladigan masala yoki muammolarning haqiqiy holatini tahlil qilish, mavjud kamchiliklarni aniqlash, o’rganilgan savollar bo’yicha o’z fikrini bildirish lozim bo’ladi. Masalan, “Bank tizimi faoliyatining dolzarb masalalari” mavzusi bo’yicha kurs ishi bank tizimi faoliyati haqida tushuncha, tijorat banklarinin aktiv va passiv operatsiyalari, bank tizimi likvidliligini tartibga solish, bank faoliyatini nazorat qilish va taribga solish kabi masalalarini yozish lozim bo’ladi. Kurs ishi mavzusiga oid ma’lumotlarni tahlil qilish asosida umumiy xulosalar qilib, aniq tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish va ularni iqtisodiy asoslash ham asosiy bo’limga tegishli vazifalardan hisoblanadi. Asosiy qism o’z ichiga quyidagi bo’limlarni qamrab olishi tavsiya etiladi: - mavzuga oid ilmiy nazariya va yondashuvlarni, metodologok jihatlarni, huquqiy asoslarni aniqlash va tizimlashtirish; 8 - mavzu doirasidagi statistik ma’lumotlar, aniq ob’yektlar, zamonaviy tendensiyalar, mavjud holatni tahlil qilish va baholash; - tahlil va baholash natijasida muammolarni aniqlash va tizimlashtirish, istiqbollar bo’yicha takliflar berish, takomillashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni aniqlash. Xulosa Kurs ishining oxirgi qismi "Xulosa" qismi bo’lib, unda kurs ishida o’rganib chiqilgan mavzu bo’yicha fikrlar umumlashtirilgan va qisqa shaklda beriladi, mavzuga oid ko’rsatilgan muammolarning yechimi, kamchiliklarni bartaraf etish yo’llari, amaliyotda qo’llash mumkin bo’lgan takliflar va boshqa g’oyalar keltiriladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling