Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi" fanidan
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Курс иши УҚ Bank ishi 5 куpс 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Kurs ishini maqola shaklida tayyorlash
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kurs ishida foydalanilgan manbalar - qonunlar, me’yoriy hujjatlar, o’quv va maxsus adabiyotlar, ilmiy ishlar va statistik to’plamlar nomi to’liq keltirilishi lozim. - O’zbekiston Respublikasi Qonunlari; - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Qarorlari; - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari; - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari; - O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlari; - Ilmiy va maxsus adabiyotlar; - Gazeta va jurnallar; - Internet saytlari. Adabiyotlar ro’yxatini tuzishda har bir adabiyot nomidan avval mualliflar familiyalari to’liq, ismi va otasining ismining bosh harflari ko’rsatiladi. Adabiyotlar ro’yxatida har bir adabiyot muallifining familiyasi bo’yicha alifbo tartibida joylashtiriladi. Shu bilan birga, adabiyotlar ro’yxatiga kiritilgan monografiya, darslik, o’quv qo’llanma, jurnal, gazeta kabi manbalarning chop etilgan yili, qayerda chiqarilganligi va nashriyotining nomi ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Kurs ishini yozish davomida matnda monografiya, darslik, o’quv qo’llanma, gazeta va jurnaldan havola (tsitata) keltirilganda, avvalo muallifining familiyasi, ismi, otasining ismi, kitob nomi, nashriyot nomi, nashr qilingan yili, foydalanilgan beti keltirilishi zarur. Agar havola yoki ma’lumotlar gazeta va jurnaldan olingan bo’lsa, bunda ham avval muallifining familiyasi, ismi, otasining ismi, maqola nomi, gazeta yoki jurnalning nomi, soni, yili (sana) ko’rsatilishi lozim. 2.2. Kurs ishini maqola shaklida tayyorlash Kurs ishini maqola shaklida tayyorlanishi mumkin. Qoidaga ko’ra kurs ishi ilmiy rahbar yoki barcha kurslar uchun institut tomonidan belgilangan shaklda tayyorlanadi. 9 Maqola shaklida tayyorlanadigan kurs ishi o’z tarkibiga titul varag’ini, kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, amaliy ma’lumotlar manbai va ilovalarni oladi. Ular quyidagi tartibda joylashtiriladi: 1. Titul varag’i; 2. Kirish. 3. Asosiy qism (adabiyotlar sharhi, metodologiya, ma'lumotlarni tahlil qilish, olingan natijalar, munozara qismlaridan iborat); 4. Xulosa. 5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 6. Ilovalar. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling