Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi" fanidan


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana06.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1333677
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Курс иши УҚ Bank ishi 5 куpс 2022




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
 
 
“BANK ISHI” KAFEDRASI 
 
“BANK ISHI” FANIDAN
 
KURS ISHINI YOZISH VA HIMOYA QILISH TARTIBI BO’YICHA 
USLUBIY QO’LLANMA 
(sirtqi talim shakli 5-bosqich talabalari uchun) 
Bilim sohasi: 
200 000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq 
 
Ta’lim sohasi: 
230 000 – Iqtisod 
 
Ta’lim yo‘nalishi: 
5230700 – Bank ishi
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent-2022 



 



 
MUNDARIJA 
 
Kirish…………………………………………………………………….….. 4 
1. 
Kurs ishiga qo’yiladigan umumiy talablar………………………………. 

2. 
Kurs ishining tarkibi va mazmuni……………………………………….. 

3. 
Kurs ishiga rahbarlik qilish va taqriz berish tartibi……………………… 
10 
4. 
Kurs ishi bo’yicha baholash mezonlari…………………………………. 
11 
5. 
Kurs ishini rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablar…………………….. 
12 
6. “Bank ishi” fanidan kurs ishi mavzulari…………………………….. 
12 
“Bank ishi” fanidan adabiyotlar ro’yxati………………..……………... 
15 
Ilova…………………………………………………………………….. 
17 



Kirish 
Hozirgi zamon talablariga to’liq javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni 
tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini 
takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu sababli 
talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, ularning mustaqil ravishda 
ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda bu borada yetarlicha ko’nikmalarni shakllantirishda 
kurs ishining o’rni beqiyosdir.
Globallashuv jarayonlari shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi paytda 
zamon talablariga har tomonlama javob beradigan bilimli va yuqori malakali 
mutaxassislarni tayyorlash oliy ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri 
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim 
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2909-son, 2017 yil 27 
iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari 
va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3151-
son hamda 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va 
ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini 
ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlariga, 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 
vazirligining 1998 yil 30 oktabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston 
Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyoti haqida”gi 
Nizomiga muvofiq o‘quv rejalari va dasturlarida bank ishini chuqur o‘rgatishni nazarda 
tutgan holda ishlab chiqilgan va bu jarayon bugungi kunda ham dolzarb hisoblanadi.
Shuning uchun, mazkur o’quv qo’llanma 5230700 - “Bank ishi” yo’nalishining sirtqi 
talim shakli 5-bosqich talabalari uchun “Bank ishi” fanidan kurs ishini yozish, ularning 
bitiruv malakaviy ishini samarali tayyorlashga zamin yaratadi.
O’tgan yillarda mamlakatimizda bank tizimining me’yoriy-huquqiy va uslubiy 
asoslari shakllantirildi va mustahkamlandi. Innovatsion bank xizmatlari va moliyaviy 
texnologiyalar qo’llanila boshlandi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3272-sonli qarorida umumiqtisodiy, soliq-byudjet va 
pul-kredit siyosati o;rtasidagi muvofiqlashtirish amaliyotini takomillashtirish, pul-kredit 
siyosatining likvidlilikni berish va jalb qilsh operatsiyalari bo’yicha qo’llanilayotgan 
foizli instrumentlardan foydalanishni kengaytirish kabi pul-kredit siyosatini 
takomillashtirish bo’yicha dolzarb vazifalar qo’yilgan
1

1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3272-sonli qarori. 
www.lex.uz




“Bank ishi” fanini o’rganish bank tizimining, jumladan tijorat banklarining 
iqtisodiyotni rivojlantirishda tutgan o’rnini tushunish va nazariy bilimlarni amaliy 
bilimlar bilan boyitishni vazifa qilib qo’yadi. “Bank ishi” fani hozirgi rivojlangan 
iqtisodiyotda bank tizimining o’rni va ahamiyati, iqtisodiy tartibga solishda tijorat 
banklarining roli, bank tizmi ko’rsatkichlari va iqtisodiy ma’lumotlarni umumlashtirib, 
tahlil qilib, real ma’lumotlarga ega bo’lish, banklarning iqtisodiy ko’rsatkichlari bo’yicha 
xulosa hamda takliflar berishda yetarli darajada bilimlarni beradi.
Bank ishi yo’nalishi talabalari fanlar bo‘yicha egallagan bilim va ko‘nikmalarini, 
mavzular doirasida ularda shakllangan mustaqil fikr mulohazalarini bildirish hamda 
tanlagan mavzusi bo‘yicha nazariy jihatdan asoslangan xulosani bayon etishi maqsadida 
kurs ishlarini yozishi va muvaffaqiyatli himoya qilishlari belgilangan. “Bank ishi” 
yo’nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan kurs ishlari ilmiy rahbarning ilmiy xulosasi 
asosida kafedra oldida himoya qiladilar.
Mamlakat iqtisodiyotining va bank-moliya tizimining xalqaro miqyosda 
integratsiyalashuvi davom etayotgan hozirgi vaqtda tijorat banklari faoliyatini ham 
xalqaro talablar darajasida mos holda rivojlantirish zarur. Shu boisdan xorijiy 
mamlakatlarda auditorlik faoliyatining hozirgi rivojlanish tendentsiyalarini o’rganish, 
auditorlik faoliyatini xalqaro miqyosda tartibga solish masalalarini chuqur o’rganish 
respublikamiz moliya-bank tizimini rivojlantirishga muhim hissa qo’shadi. 
“Bank ishi” fanining asosiy maqsadi talabalarda tijorat banklari faoliyati, 
banklarning likvidliliginini tartibga solish bo’yicha yo’nalishiga mos bilim, zamonaviy 
ko’nikma va malaka shakllantirish hisoblanadi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling