Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi" fanidan
monetar siyosatni takomillshtirish tajribasi
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Курс иши УҚ Bank ishi 5 куpс 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tanyach so‘zlar
monetar siyosatni takomillshtirish tajribasi
3. O’zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda monetar siyosatni takomillshtirish amaliyotining tahlili 4. O’zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda monetar siyosatni takomillshtirish istiqbollari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar tahlili 19 3-Ilova MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA MONETAR SIYOSATNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Kirish Ushbu kurs ishida ayni paytda O‘zbekistonda innovatsiyalarni rivojlantirishda monetar siyosatini takomillashtirish orqali uning barqaror iqtisodiy o‘sishni, moliyaviy va makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashdagi rolini oshirishga qaratilgan ilmiy- nazariy va amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tanyach so‘zlar: iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya, makroiqtisodiy barqarorlik, monetar siyosat, monetar vositalar, moliyaviy barqarorlik, Markaziy bank, milliy valyuta, devalvatsiya, revalvatsiya, majburiy zaxira siyosati, ochiq bozor siyosati, qayta moliyalash siyosati. Har bir mamlakatda iqtisodiy o‘sishni, milliy valyuta va narxlar barqarorligini ta’minlash hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni saqlab qolish o‘ta muhim makroiqtisodiy vazifalardan biri hisoblanadi. Makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash esa, har bir mamlakat Hukumati hamda Markaziy bankining zimmasiga yuklangan. Makroitqiodiy barqarorlikning muhim shartlaridan biri narxlar va iqtisodiyot real sektorida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasining barqaror rivojlanishdir. Taraqqiy etgan davlatlarning ilg‘or tajribalari tahlili ko‘rsatadiki, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda monetar siyosat yillar davomida innovatsion g‘oyalar ta’sirida takomillashib borgan. Dunyo iqtisodiyoti tarixida turli davlatlarda kuzatilgan moliyaviy yoki iqtisodiy inqirozlarni hal etishda monetar siyosat muhim rol o‘ynagan hamda u doimo innovatsion g‘oyalar asosida takomillashtirib borilgan. O’z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3272-sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida umumiqtisodiy, soliq-byudjet va pul-kredit siyosati o‘rtasidagi muvofiqlashtirish amaliyotini takomillashtirish, pul-kredit siyosatining likvidlilikni berish va jalb qilish operatsiyalari bo‘yicha qo‘llanilayotgan foizli instrumentlardan foydalanishni kengaytirish kabi pul-kredit siyosatini takomillashtirish bo‘yicha dolzarb vazifalar qo‘yilgan 2 . Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshirilayotgan monetar siyosatni takomillashtirish orqali uning makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashdagi rolini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar mavjud. Ulardan asosiylari, fikrimizcha, quyidagilardan iborat. Jumladan, monetar siyosat vositalaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar. Xususan, Markaziy bank diskont siyosatining mavjud emasligi, Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalari hajmining kichikligi, Markaziy bank majburiy zaxira stavkalarining yuqori ekanligi. 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3272-sonli qarori. www.lex.uz . |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling