Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi" fanidan
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Курс иши УҚ Bank ishi 5 куpс 2022
4-Ilova
Adabiyotlar sharhi. Iqtisodiy o’shish, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda monetar siyosat vositalaridan foydalanish masalasi iqtisodiy adabiyotda iqtisodchi olimlar va bank tizimi mutaxassislari tomonidan chuqur tadqiq qilingan va tegishli ilmiy xulosalar hamda amaliy tavsiyalar shakllantirilgan. Jumladan, M. Fridmenning xulosasiga ko‘ra, pul taklifini boshqaish uchun Markaziy bank yetarlicha imkoniyatga ega va shu bilan birga inflyatsiya ko‘p omilli jarayon emas, degan xulosaga keladi” 3 . Ushbu xulosa shunga asoslanadiki, Markaziy bank ochiq bozordagi operatsiyalardan va diskont operatsiyalardan foydalangan holda pul massasini va foiz stavkasini boshqarishi mumkin. Darhaqiqat, Markaziy bank tomonidan ochiq bozorda qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bank tizimining rezervlarini va monetar bazaning ko‘payishiga, pul taklifining o‘sishiga va qisqa muddatli foiz stavkalarining pasayishiga olib keladi. Xususan, bir guruh iqtisodchi olimlar majburiy zaxira siyosatidan faol foydalanish maqsadida tijorat banklarining depozitlariga nisbatan 100 foizli majburiy zaxira talabnomasini joriy qilishni taklif qilishgan 4 . Ammo, ayrim iqtisodchi olimlar majburiy zaxira siyosatiga nisbatan salbiy fikr bildirishgan. Masalan, taniqli xorijlik iqtisodchi olim F.Mishkinning fikriga ko‘ra, majburiy zaxira talabnomalari ko‘p kamchiliklarga ega bo‘lib, jumladan, banklarda likvidlilik muammosini yuzaga keltirishi mumkin 5 . Xorijlik iqtisodchi olim MakKallum ta’kidlaydiki, pulga bo‘lgan talab barqaror emas, shuning uchun monetar siyosatning asosiy vositasi bo‘lib Markaziy bankning foiz stavkasi hisoblanadi 6 . Xorijlik iqtisodchi olim V.Yuroviskiyning fikricha, majburiy zaxira talablari yo‘qligi sharoitida barcha emissiya qilingan pullar aktivlar hisoblanadi, o‘z navbatida, tijorat banklarining kredit faoliyati depozitlarning o‘sishiga olib keladi 7 . Xorijlik istisodchi olimlardan biri S.Moiseevning xulosasiga ko‘ra, hozirgi vaqtda ochiq bozor operatsiyalari taraqqiy etgan mamlakatlarda monetar siyosatning asosiy vositasi hisoblanadi. Ochiq bozor operatsiyalari markaziy banklarga o‘zining tashabbusi bilan bitimlar tuzish, ya’ni pul-kredit operatsiyalarining vaqtini va hajmini belgilashda yanada moslashuvchan bo‘lish imkonini beradi 8 . Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling