Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi" fanidan


monetar siyosatni takomillshtirish tajribasi


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana06.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1333677
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Курс иши УҚ Bank ishi 5 куpс 2022

monetar siyosatni takomillshtirish tajribasi
 
3. O’zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda monetar 
siyosatni takomillshtirish amaliyotining tahlili
 
4. O’zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda monetar 
siyosatni takomillshtirish istiqbollari 
 
Xulosa 
 
Foydalanilgan adabiyotlar tahlili  


19 
3-Ilova 
 
MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA MONETAR 
SIYOSATNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI 
 
Kirish 
Ushbu kurs ishida ayni paytda O‘zbekistonda innovatsiyalarni rivojlantirishda 
monetar siyosatini takomillashtirish orqali uning barqaror iqtisodiy o‘sishni, moliyaviy 
va makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashdagi rolini oshirishga qaratilgan ilmiy-
nazariy va amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Tanyach so‘zlar: iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya, makroiqtisodiy barqarorlik, monetar 
siyosat, monetar vositalar, moliyaviy barqarorlik, Markaziy bank, milliy valyuta
devalvatsiya, revalvatsiya, majburiy zaxira siyosati, ochiq bozor siyosati, qayta 
moliyalash siyosati.
Har bir mamlakatda iqtisodiy o‘sishni, milliy valyuta va narxlar barqarorligini 
ta’minlash hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni saqlab qolish o‘ta muhim makroiqtisodiy 
vazifalardan biri hisoblanadi. Makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash esa, 
har bir mamlakat Hukumati hamda Markaziy bankining zimmasiga yuklangan. 
Makroitqiodiy barqarorlikning muhim shartlaridan biri narxlar va iqtisodiyot real 
sektorida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasining barqaror rivojlanishdir.
Taraqqiy etgan davlatlarning ilg‘or tajribalari tahlili ko‘rsatadiki, makroiqtisodiy va 
moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda monetar siyosat yillar davomida innovatsion 
g‘oyalar ta’sirida takomillashib borgan. Dunyo iqtisodiyoti tarixida turli davlatlarda 
kuzatilgan moliyaviy yoki iqtisodiy inqirozlarni hal etishda monetar siyosat muhim rol 
o‘ynagan hamda u doimo innovatsion g‘oyalar asosida takomillashtirib borilgan.
O’z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi 
PQ-3272-sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarorida umumiqtisodiy, soliq-byudjet va pul-kredit siyosati o‘rtasidagi 
muvofiqlashtirish amaliyotini takomillashtirish, pul-kredit siyosatining likvidlilikni 
berish va jalb qilish operatsiyalari bo‘yicha qo‘llanilayotgan foizli instrumentlardan 
foydalanishni kengaytirish kabi pul-kredit siyosatini takomillashtirish bo‘yicha dolzarb 
vazifalar qo‘yilgan
2
.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga 
oshirilayotgan monetar siyosatni takomillashtirish orqali uning makroiqtisodiy 
barqarorlikni mustahkamlashdagi rolini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar 
mavjud. Ulardan asosiylari, fikrimizcha, quyidagilardan iborat. Jumladan, monetar 
siyosat vositalaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan 
muammolar. Xususan, Markaziy bank diskont siyosatining mavjud emasligi, Markaziy 
bank ochiq bozor operatsiyalari hajmining kichikligi, Markaziy bank majburiy zaxira 
stavkalarining yuqori ekanligi. 
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3272-sonli qarori. 
www.lex.uz



20 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling