Toshkent moliya instituti budjet hisobi va davlat jamg’armalari fakulteti «moliyaviy tahlil» kafedrasi
III bob. Auditorlik faoliyati milliy standartlarini rivojlantirish istiqbollari
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
«moliyaviy tahlil» kafedrasi ergasheva Nargiza Raimjon qizi
III bob. Auditorlik faoliyati milliy standartlarini rivojlantirish istiqbollari 3.1. Professional hizmat ko’rsatish bilan bog’liq standartlarni takomillashtirish Hozirgi unda auditorli firmaiari tomonidan o‘rsatiladigan xizmatlami asosiy ikki guruhga ajratish mumkin: audit xizmati va professional xizmatlar. Buxgalteriya hisobi, huquqshimoslik, soliqqa tortish kabi sohalarda yuqori malakali mutaxassislar aynan auditorlik firmalarida faoliyat yuritishlari sabab, xalqaro va milliy auditorlik firmalari tomonidan ko'rsatiladigan professional xizmatlar soni, turi va hajmi yil sayin o'sib bormoqda. Hozirda respublikamizda professional xizmatlarning tashkiliy huquqiy asoslarini belgilab beruvchi va tartibga soluvchi bir qator me’yoriy hu atlar ham qabul qilingan. Xususan, O‘zbe iston Respublikasining «Auditorlik faoliyati tog'risidagi qonun» ning 17-moddasi va O’zbekiston Respublikasi 90- son auditorlik faoliyatining milliy standartlarga asosan auditorlik tashkilotlari quyidagi professional xizmatlarni o‘rsatishlari mum in: buxgalteriya hisobini yo'lga qo'yish, qayta tiklash va yuritish; boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritish; moliyaviy hisobni tashkil etish, tiklash va yuritish; buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish; buxgalteriya hisobini yo'lga qo‘yish, ti lash va yuritish bilan bog'liq boshqa xizmatlar; moliyaviy hisobotni tuzish; milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o'tkazish; xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo'jalik faoliyatini tahlil qilish; moliyaviy holat tahlili; likvidlik tahlili; to'lov qobiliyati tahlili; 47 moliya-xo‘ ali faolioyali tahlili bilan bog'liq boshqa xizmatlar; buxgalteriya hisobi, soliqqa tortish, rejalashtirish, menejment va moliya- xo‘ ali faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan onsalting xizmati: texnik-iqtisodiy asoslanmalar tayyorlash, investitsion loyihalar va biznes rejalar ishlab chiqish va baholash; buxgalteriya hisobi va va soliqqa tortish masalalari bo'yicha maslahatlar; moliyaviy menejment bo'yicha maslahatlar; marketing tadqiqotlarini o'tkazish; unumdorlik va samaradorlikni baholash maqsadida xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyat yuritishining tamoyillari va usullarini tahlil qilish; moliya-xo'jalik faohyatida boshqa konsalting xizmatlari; soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblar va deklaratsiyalami tuzish: soliq hisobini tashkil etish va yuritish; soliq organlarining te shiruv dalolatnomalari bo'yicha e’tirozlar tayyorlash; soliq va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblar va deklaratsiyalar tuzish; soliq hisobi va soliqqa tortish bilan bog'liq boshqa xizmatlar; boshqa xizmatlar: auditorlik faohyati bilan bog'liq sohada tadqiqotlar, seminarlar, anjumanlar, ishlanmalar o'tkazish va ulaming natijalarini tarqatish; buxgalteriya hisobi, audit, moliya-xo'jalik faohyati tahlili va soliqqa tortish bo'yicha belgilangan tartibda o'quv-qo'llanmalari tayyorlash. 1. Buxgalteriya hisobini yo‘lga qo'yish. O’zbe iston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonun»ning 7-moddasida korxonada buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish korxona rahbariyatining zimmasidagi vazifa ekanligi va korxona rahbari buxgalteriya hisobini yuritishni 48 Shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter yoki ixtisoslashtirilgan buxgalteriya markazlari zimmasiga yuklashi mumkinligi bayon etilgan. Ushbu qonunda eltirilgan « alb etilgan buxgalter va ixtisoslashtirilgan buxgalteriya mar azlari» vazifasini esa auditor va auditorli tash iloti o'tashi mumkin. Ushbu tur xizmatni ko'rsatishning yagona cheklanishi shundaki, buxgalteriya hisobini yuritgan auditorlik tashkiloti shu korxona moliyaviy hisobotlari yuzasidan audit tekshiruvini o'tkazishga va auditorlik xulosasini berishga haqli emas. Mijoz korxonada buxgalteriya hisobini yuritish uchun auditorlik tashkiloti mijoz hisob siyosatini tuzadi, ishchi schyotlar rejasini shakllantiradi, operatsiyalarni hisobga olishda korxonaga mos keluvchi hisob uslublarini tanlaydi, korxonada ichki hujjatlarni tuzadi va hujjatlar aylanishini tashkil etadi. Mijoz shartnoma tuzish arayonida buxgalteriya ma’lumotlarini qayta ishlash uchun zaruriy texnik vositalar (kompyuter, dasturlar)ga ega bo'lmasa, auditlorlik linnasi xodimlari mijoz buxgalteriyasiga eng mos keluvchi texnik vositalami va dasturiy ta ’minotni tanlashga o'ma lashishi, texnik vositalami o'matishi mumkin. Agar mijoz barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratib bersa va auditorlik firmasi xodimi (xodimlari) mi oz orxonaning o‘zida buxgalteriya hisobini yuritishlarini istasa, auditorlik firmasi xodimlari mijoz korxona ofisida ham ishlashlari mumkin. Ushbu vaziyatda mijoz korxona majburiyati auditorlik firmasi xodimlariga zaruriy boshlang'ich hisob hu atlarining o ‘z vaqtida yetkazilishini ta ’minlashdan iborat. Qolgan barcha vazifalar, ya’ni hujjatlarning butligini ta ’minlash, dasturiy ta ’minot vositasida boshlang'ich hisob ma’lumotlarini qayta ishlash, hujjatlaming mijozga o'z vaqtida qaytarilishini ta’minlash, hu atlar asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish, mi ozga tegishli bo'lgan dasturiy ta’minot, kompyuter vositalarining butligini ta ’minlash abi vazifalar to'lig'icha auditorlik firmasi zimmasiga yuklanadi. 49 Mijoz korxonada auditor tomonidan buxgalteriya hisobi mijoz korxonaning barcha tarmoqlarini qamrashi yoki alohida sohalar, misol uchun asosiy vositalar, TMZlar bo'yicha yuritihshi mumkin. 2. Buxgalteriya hisobini tiklash. Buxgalteriya hisobini yuritishdan farqli ravishda, buxgalteriya hisobini ti lash faqatgina m a’lum davr uchun amalga oshiriladi va bir marotabalik xususiyatga ega. Buxgalteriya hisobining o'z vaqtida va sifatli tiklanishi uchun mijoz korxona rahbariyati barcha zaruriy dastlabki hujjatlarni va boshqa tur ma’lumotlami o'z vaqtida yetkazishi zarur. Buxgalteriya hisobini tiklash murakkab vazifa bo'lgani sababli, bu ishni bajarish uchun auditorlik firmasining eng malakali mutaxassislari jalb etiladi. Kompyuter ma’lumotlari va xotirasini tiklash uchun esa zaruriy hollarda kompyuter texnologiyalari sohasidagi tashqi ekspertlar ham jalb etilishi mumkin. 3. Moliyaviy hisobotni tuzish. Ushbu tur xizmat auditorlik firmasi tomonidan mijoz korxonada yuritihgan buxgalteriya hisobining natijasi sifatida yoki mijoz tomonidan auditorga taqdim etilgan boshlang'ich hisob hujjatlarining auditor tomonidan qayta ishlanishi natijasi sifatida ko'rsatiladi. 4. Joriy hisob tizimini takomillashtirish. Bu xizmat mijoz korxonada buxgalteriya hisobining tashkihy tizimi bilan yaqindan tanishish va uni yanada takomillashtirsh borasida amaliy takliflarni keltirishni nazarda tutadi. Auditorlar bu tu r xizmatni ko'rsatganda mijoz korxona hisob tizimi bilan yaqindan tanishgach, hisobning qanday yangi turlariga o'tish mumkinligini, buxgalteriya ma’lumotlarining ele tron qayta ishlanishi uchun qanday tur vositalar zarurligini, xalqaro buxgalteriya hisobida qo'llaniladigan uslubiyatlami korxona amahyotida joriy etish borasidagi amaliy takliflar, tavsiyalami keltirishi mumkin. 5. Xo‘ ali yurituvchi subye tlarning moliya-xo'jaiik faoliyatini tahlil qilish. Oxirgi yillarda bu tur xizmatga talab ortmoqda. Bunga sabab, moliyaviy tahlil korxonalaming haqiqiy moliyaviy holatini aniq bilish, mavjud yoki kelgusi moliyaviy muammolarni bartaraf etishning eng samarador yo'llarini izlish, qaysi 50 tur mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki xizmatlami ko'rsatish korxona uchun eng yuqori daromadni keltirishini aniqlashda eng samarali vositalardan biri hisoblanadi. 6. Konsalting xizmati. Bu xizmat turi keng qamrovh bo'lib, soliqqa tortish, soliq qonunchihgini buzganlik uchun jarima to'lovlari to'g'ri hisoblanganligini aniqlash, korxonaning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda boshlang'ich hisob tizimini takomillashtirsh, ishlab chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish borasida tavsiyalar berish kabi vazifalarni o'z ichiga oladi. Hozirgi kunda konsalting xizmatlari korxonalar tomonidan eng talab yuqori bo'lgan xizmat turiga aylanib bormoqda. Konsalting xizmatlarining korxonalar faohyati bilan bog'liq muammolami o 'z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, faohyatning mavjud qonunchilikka mos bo'lishini ta ’minlash, samaradorli ning oshishiga zamin yaratishi bilan korxonalar uchun ahamiyatli hisoblanadi. Konsalting xizmatlariga talab moliyaviy hisobotlar tayyorlanib,tegishli tashkilotlarga taqdim etilgandan keyingi davrda yanada ortadi.Sababi yillik moliyaviy hisobotlami tekshirish jarayonida auditor tomonidan mijoz moliyaviy hisobotlarida muhim kamchiliklar aniqlanishi mumkin. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun mijozga konsalting xizmati esa yangi operatsion yil boshida ko'rsatiladi. 7. Mijoz korxona buxgalteriya xizmati xodimlarining malakasini oshirish xizmati. Auditorlik firmasi mutaxassislari mijoz xodimlari malakasini oshirish maqsadida turli seminarlar, ma’ruzalar, amaliy mashg'ulotlar o'tkazadilar. Bu xizmat odatda mi oz xodimlari ma’ruza mavzusi bo'yicha ma’lum dara adagi malakaga, tajribaga ega bo'lishlarini talab etadi. Chun i bu ma’ruzalarda biror mavzu bosliidan tushuntirilmay, balki shu mavzudagi so'nggi o'zgarishlar yoritiladi. Ma’ruza arayonida auditorli firmasi ma’ruzacliilari buxgalteriya hisobiga aloqador fuqarolik, soliq va boshqa qonunchilikdagi so'nggi o'zgarishlariga to'xtalib o'tadilar, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy 51 hisobotlarni tayyorlash jarayonida yo'l qo'yilishi mumkin bo'lagan xatoliklarni eltirib o'tadilar va ma’ruza ishtiro chilarining savollariga javob beradilar. 8. Mijoz buxgalteriya xodimlarini o'qitish. Yuqoridagi xizmat turidan farqli ravishda, bu tur xizmat mijoz xodimlarining buxgalteriya, soliq sohasida malaka va tajribaga ega bo'lishlarini talab etmaydi. Bu xizmat turiga mijoz korxonada buxgalteriya hisobini yo'lga qo'yish xizmatining davomi sifatida qarash mumkin. Ma’lum muddat davomida auditorli firmasi mi oz buxgalteriya bo'limi uchun xodimlami jalb etadi va ulami buxgalteriya hisobining turli sohalari bo'yicha o'qitadi. Xodimlami o'qitish quyidagi sohalar bo'yicha ko'rsatilishi mumkin: - buxgalterlarni tayyorlash va o'qitish (boshlang'ich kurs); - ma’lumotlami ele tron qayta ishlash tizimiga buxgalteriya ma’lumotlarini kiritishni o'rgatish; - korxona xodimlarini auditor malaka sertifikatini olish uchiui imtihonlarga tayyorlash. 9. Buxgalteriya hisobini kompyuteriashtirish. Hozirgi kunda bu xizmat turi auditorlik firmaiari tomindan ko'rsatiladigan xizmat turlari ichida keng tarqalganlaridan hisoblanadi. Buxgalteriyani avtomatlashtirish: - amaliy dasturiy ta’minot bozorida mi oz faohyati xususiyatlariga eng mos keluvchi buxgalteriya dasturlarini tanlash va mijoz buxgalteriyasida o'matish; - buxgalteriya ma’lumotlarini qayta ishlash uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish jarayonida qatnashish va amaliy tavsiyalar berishni nazarda tutadi. Dasturiy ta’minotni tanlash, amaliyotga oriy etish, amchili larni bartaraf etish kabi vazifalar buxgalteriya xodimlarini dasturlarda ishlashga o'rgatish, malakasini oshirish kabi vazifalami ham amalga oshirishni talab etadi. Professional xizmatlar auditorlik tashkiloti va bu xizmatlar buyurtmachisi o'rtasida tuziladigan professional xizmatlar ko'rsatish Shartnomasi asosida 52 ko'rsatiladi. Shartnomani bajarayotganda auditor xo'jalik yurituvchi subyekt (buyurtmachi) va zarurat bo'lganda istalgan uchinchi tomonlar bilan kelishilgan amallami bajaradi va ko'rsatilgan professional xizmatlar natijalari to'g'risida asoslangan xulosalar bilan hisobot taqdim etadilar. Auditor ko'rsatilgan professional xizmatlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda avobgar bo‘ladi. Xo' ali yurituvchi subye t (buyurtmachi) ko'rsatilgan professional xizmatlar natijalari to'g'risida hisobot ma’lumotlari bo'yicha o'z xulosalarini chiqarishga haqlidir. Hisobot professional xizmatlar buyurtmachisiga professional xizmatlar ko'rsatish Shartnomasining shartlariga muvofiq belgilangan hajm va muddatlarda taqdim etiladi. Ko'rsatilgan professional xizmat natijalari to'g'risidagi hisobot quyidagilarni o'z ichiga oladi: - hisobot nomi; - xo'jalik yurituvchi subyekt nomi va manzili; - auditorlik tashkiloti nomi va manzili; - shartnoma raqami va sanasi; - kelishilgan amallarni bajarishdan maqsad; - aniq bajarilgan amallar ro'yxati; - amallar natijalari bayoni; - hisobot tuzilgan sana; - hisobot faqat muayyan elementlarga, moliyaviy hisobotlar moddalariga taalluqli ekanligini va u xo'jalik yurituvchi subyektning umumiy moliyaviy hisobotlariga tatbiq etilmashgini ko'rsatish; - professional xizmatlami ko'rsatgan auditor familiyasi, ismi, otasining ismi, imzo (har bir betda). Mijozga ko'rsatilgan xizmatlar natijalari to'g'risida axborot taqdim etilganda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi, unu auditorlik tashkiloti rahbari imzolaydi va muhrlaydi. Professional xizmatlami ko'rsatishda auditor amaldagi qonun hu atlarining talablariga qat’iy amal qilishi kerak. Sifatsiz ko'rsatilgan professional xizmatlar uchun auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga 53 muvofiq javobgar bo'ladi. Professional xizmatlar natijalari yuzasidan tuzilgan hisobot maxfiy hisoblanadi va buyurtmachining roziligisiz bu ma’lumotlarni oshkor qilish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishga asos bo'ladi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling