Toshkent moliya instituti budjet hisobi va davlat jamg’armalari fakulteti «moliyaviy tahlil» kafedrasi
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
«moliyaviy tahlil» kafedrasi ergasheva Nargiza Raimjon qizi
65 2-jadval Audit standartlarini o’zaro taqqoslash Standart Asosiy talablar Namunaviy muolaja 1 2 3 Mustaqillik Auditda qatnashayotgan har bir hodim kasbiy etika kodeksida keltirilgan mustaqillik talablariga rioya qilish kerak. Har bir auditor firmasi ishga olinayotgan audit hodimi har yili «mustaqillik an etasi» ning savollariga javob berishi kerak Hodimlarni muayyan ishga belgilash Auditda ishtirok etayotgan har bir hodim etarli tehnik tayyorgarlik va tajribaga ega bo’lishi kerak. har bir hodim bosh auditor tomonidan belgilanadi va bu ish 2 oy oldin amalga oshiriladi. Maslahat berish Bosh auditor va auditda qatnashayotgan hodimlar Auditorlik firmasining direktori bilan maslahat. Yuqorida keltirilgan muammolar bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning turli hil shakllari mavjud bo’lgan holatda nazoratni to’g’ri tashkil qilish uchun o’z echimini topishi, keltirilgan takliflarga amal qilinishi esa bu echimni hal qilishda muhim omil bo’ladi, deb qylaymiz. Yangi sharoitlardagi o’zgarishlar hisob va nazoratga qo’yilayotgan talablarni prof. h.N.Musaev quyidagicha ifodalaydi: “Mamlakatimizda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy islohotlar natijasida, audit muammolarining yangi iqtisodiy tizimi vujudga kelmoqda. Ushbu tizim boshqaruv, hisob-kitob va nazoratga ham yangicha talab qo’ymoqda. Ikkinchi toifali shaxs hisoblangan korhona bosh hisobchilarining endilikda huquqlari kengaygan. Turlari, faoliyat yo’nalishlari 66 tubdan o’zgargan korhonalarda hisob va nazoratning yangi ob'ektlari vujudga keldi.” 6 Ushbu muammolar korhonalarda mavjud resurslardan samarali foydalanish, ularni hisobi va nazoratini bozor talablari asosida tashkil qilish qta dolzarb hisoblanadi. Auditorlik standartlari auditorlik tekshiruvlarining barcha jihatlarini belgilab beradi. Jumladan, auditorlik tekshiruvi vaqtida dallillarni to’plash, ularni hulosa tuzish vaqtida isbot sifatida ko’rsatish jarayonida auditorlik standartlari muhim rol o’ynaydi. Shuningdek, auditorlik standartlari tekshiruvda mavjud haqiqiy ahborot va audit procedurasini belgilashga hizmat qiladi. Auditorlik standartlari nafaqat dalillar yig’ish, balki, o’sha dalillarni yig’ish paytida auditordan talab qilinadigan malaka va ahloq qoidalarini, tekshiruv paytida qo’llanilishi mumkin bo’lgan auditorlik proceduralarini (taomillarini), shuningdek ushbu dalillarni to’plashda qo’llaniladigan usullarni ham belgilab beradi. Demak, auditorlik standartlari mijoz korhonada auditorlik tekshiruvi o’tkazilish vaqtida butun bir jarayonni boshqarib turishga samarali hizmat ko’rsatadi. Keyingi vaqtlarda auditorlik faoliyatining xalqaro ko’lamda rang-barang bo’la borishi jarayoni kuzatilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning so’ng o’n yilligida auditorlik hizmatining yangi turi - guvohlik beruvchi audit turi shakllandi. Auditorlik hizmatining ushbu turi, ayniqsa, bank sohasida keng ko’lamda tarqalmoqda. Bank muassasalari mijozga kredit berishda auditorlik kompaniyalarini guvohlik beruvi shaxs tomon sifatida qaramoqda. Bunda auditorlik kompaniyasi bankdan kredit olgan mijozning kredit Shartnomasini bajarish holatini kuzatib boradi. Hozircha xalqaro standartlar auditorlik tadbirlarini batafsil bayon qilishi va misollar keltirilishi bilan auditorlik faoliyatining milliy standartlaridan farq qiladi. Shu sababli xalqaro standartlarni o’rganish sifatli o’tkazilgan auditlarning 6 Musayev H.N. Iqtisodiy islohotlar sharoitida- audit //Bozor, pul va kredit 1998. №5. 56 bet. 67 ko’payishiga va jamoatchilik orasida auditor kasbi nufuzining ortishiga ko’maklashadi. Auditorlik hizmatining ushbu turi, ayniqsa, bank sohasida keng ko’lamda tarqalmoqda. Bank muassasalari mijozga kredit berishda auditorlik kompaniyalarini guvohlik beruvi shaxs tomon sifatida qaramoqda. Quyidagi jadvallarda guvohlik beruvchi auditorlik standartlari bilan auditning umumqabul qilingan standartlarining o’zaro taqqoslanishi keltirilgan. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling