Maqsadli segmentlarni tanlash. Segmentlash tahlil qilib bo‘lin-
gach, keyingi vazifa bozorni qamrab olishning qaysi strategiyasini
tanlashdan iboratdir. Bu esa o‘z navbatida, firmaning tovar siyosatini
belgilab beradi. Bu bosqichda uchta asosiy strategik yo‘nalishlarni
ajratib ko‘rsatish mumkin.
Firma «differensiallanmagan marketing» strategiyasini tanlar
ekan segmentlarni tahlil qilishning ustunliklaridan foydalanmay, bozor
segmentlari o‘rtasidagi farqni inkor qiladi va bozorni yaxlit, bir butun,
deb qaraydi. U ko‘proq xaridorlarning ehtiyojlari o‘rtasidagi farqlarga
emas, balki ular o‘rtasidagi umumiy tomonlarga ko‘proq e’tibor beradi.
Ushbu standartlashtirish strategiyasining ahamiyati ishlab chiqarish
xarajatlari hamda zaxiralar, savdo va reklama xarajatlarini tejashdan
iborat. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bu strategiyani himoya
139
qilish tobora qiyinlashib bormoqda, chunki bir tovar yoki marka
barchaning ehtiyojini qondirishiga erishish juda kamdan-kam hollarda
yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |