Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6
Lokal marketing Lokal marketing maxsus dasturlar asosida tuzilgan bo‘lib, ma’lum hududdagi iste’molchilar talabini qondiradi (masalan, xizmat doirasi savdo markazi yoki kichik do‘kon). Masalan, AQShning Citi Banki muayyan hudud aholisining demografik xarakteristikasiga qarab o‘z filiallarida turli xizmatlarni amalga oshiradi. Kraft kompaniyasi supermarketlarga pishloqlar assortimentini tanlashga va ularni yuqori, o‘rta va past oylik oladiganlar rayonlariga tarqatishga yordam beradi. Lokal marketing o‘suvchi tendensiyani aks ettiradi, bu og‘zaki marketing, deb ham ataladi. Bu oddiy iste’molchilar darjasidir. Masalan, Nike kompaniyasining boshlang‘ich muvaffaqiyati xaridorlarni og‘zaki marketingga jalb qilish bilan amalga oshiriladi. Ular maktab komanda- lariga homiylik qilishgan, mutaxassislar bilan o‘quv seminarlari o‘tkazil- gan, sport kiyimlari bilan ta’minlagan. Lokal, og‘zaki marketingni empirik yoki taassurotlar marketingi, deb ham atash mumkin. Uning yordamida tovarlarni siljitilishi faqat foyda olish emas, balki xaridorlarda katta taassurotlar uyg‘otishga erishildi ham. Bir sharh- lovchi taassurotlar marketingini quyidagicha izohlaydi: “Asosiy muddao faqat sotish emas, balki namoyish etish, xaridor hayotini boyitish”dir.
176
Lokal marketing tarafdorlari umummilliy reklama kompaniyalarini foydasi yo‘q, deb hisoblamoqda, chunki ular hududiy afzallik va ehtiyojga ahamiyat berishmaydi. Lokal marketingga qarshilar esa ishlab chiqarish va marketingni ushlanib qolishiga sabab bo‘ladi, deb hisoblay- dilar. Agar ta’minlovchi lokal ehtiyojlarni yuqori darajada e’tiborga oladigan bo‘lsa, logistika muammolarini hal qilishga tayyor turishlari kerak.
Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling