Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi
Download 490.02 Kb. Pdf ko'rish
|
D B KURS ISHI
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mahalliy soliqlar davlat byudjeti daromadlarining yillar bo’yicha o’rtacha 1.9-3.5 gacha miqdorni tashkil etmoqda. Mol-mulk solig’i tushum salmog’i o’sish an’anasiga ega bo’lib, reja ko’rsatkichlarida kamayishni kuzatish mumkin (bu ko’rsatkich 2011-2012-2013 yillarda mos ravishda 3.0-3.1-3.3 foizni tashkil etib, 2013 yil ko’rsatichlarida 3.3 foizni takil etishi kutilmoqda). Ushbu holatni er solig’i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlarida ham ko’rish mumkin. Davlat byudjetining daromadlari o’zlarining manbalari, ij-timoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlar-ning turi, mablag’larning tushish shakli va ularni byudjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin. Eng avvalo, Davlat byudjetining daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra quyidagi uch guruhga bo’linadi: soliqli daromadlar; nosoliqli daromadlar; tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladi-gan pul mablag’lari. Real soliqqa tortishning ayrim unsurlari, odatda, mahalliy soliqlar tizimida asosan sanoat jihatdan taraqqiyot etgan mamlakatlarda saqlanib qolgan. Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig’imlari, mahalliy soliqlar va yig’imlar, bojxona bojlari, boj yig’imlari va boshqa boj to’lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat. Nosoliqli daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi: davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng); |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling