Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi
Download 490.02 Kb. Pdf ko'rish
|
D B KURS ISHI
yo’qotib, boshqa to’lovlar bi-lan almashtirilishi mumkin. Bu esa, o’z navbatida, “Davlat byud-jeti daromadlari” kategoriyasining namoyon bo’lish shakllarining o’zgarib borganligiga qaramasdan, bu kategoriyaning saqlanib qol-ganligini anglatadi. Soliq to’lovchining daromadi (ish haqi, foyda, foizlar va hokazo) va uning mol-mulkining (er, uylar, qimmatli qog’ozlar va hokazo) qiymati to’g’ri soliqlar ob’ekti bo’ladi. Soliqqa tortishning bu shakli egri soliqlarga nisbatan birmuncha progressivdir, chunki u soliq to’lovchining daromadliligini, oilaviy ahvolini hisobga oladi, soliq daromadni olish bosqichida undiriladi. Bundan tashqari, to’g’ri soliqlarga tortishda soliq to’lovchi o’z solig’ining summasini aniq biladi. Daromadlar oladigan (mol-mulkka va shu kabilarga egalik qiladigan) xo’jalik yurituvchi sub’ektlar to’g’ri soliqlarning pirovard to’lovchisi hisoblanadi, narxlarga ustamalar orqali soliq yuki yuklab qo’yiladigan tovarning iste’molchisi esa egri soliqlarning pirovard to’lovchisi hisoblanadi. Amaliyotda nafaqat egri soliqlar, shu bilan birga to’g’ri soliqlarni ham iste’molchilar zimmasiga o’tkazish imkoniyati mavjuddir. Masalan, korxonalar to’laydigan soliqlar yuki inflyatsiya davrida ko’pincha narx-navoni oshirib yuborish orqali iste’molchilar zimmasiga yuklab boriladi. Tarixiy jihatdan olganda to’g’ri soliqlar XVIII asrda va XIX asrning birinchi yarmida shakllandi, ular faqat XX asrda keng ommalashdi. To’g’ri soliqlar real va shaxsiy soliqlarga bo’linadi. Real soliqlar soliq to’lovchi mol-mulkining ayrim turlaridan (er, uylardan) kadastr asosida undiriladi, to’lovchining haqiqiy daromadliligini emas, balki o’rtacha daromadliligini hisobga oladi. Soliqqa tortish ob’ektiga qarab quyidagilar real soliqlarga kiradi: erga oid, uy-joylarga doir, kasb-hunarga tegishli, qimmatli qog’ozlardan olinadigan soliqlar. Real soliqlar tashqi belgilarga asoslanadi, soliqqa tortish mol-mulkning kadastr bo’yicha aniqlanadigan o’rtacha daromadliligi bo’yicha amalga oshiriladi. O’z mohiyatiga ko’ra bunday soliqlar regressiv tusga egadir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling