Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi
Download 490.02 Kb. Pdf ko'rish
|
D B KURS ISHI
tushumi 400 foizga oshgan. Bu soliq islohoti bilan Reygan soliq «jangi»da g’alabaga erishib, mamlakat iqtisodiyotini rivojlanish sur’atlarini ko’tardi va chet el kapitalini oqib kelishini kuchaytirdi. Ushbu ma’lumotlar soliqlarning juda ham yuqori va juda past bo’lishi jamiyat talabiga to’g’ri kelmasligidan darak beradi. Shu sababdan soliqlarning eng maqbul (optimal) darajasini aniqlash muammosi soliqlar paydo bo’lganidan boshlab muntazam ravishda ilmiy va amaliy izlanishlar mavzui bo’lib kelgan. Shuni qayd qilib o’tish kerakki, soliq darajasi hamma davlatlarda yoki bir davlatni o’zida har xil davrlarda bir xil bo’lishi mumkin emas. Uning darajasi jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy ahvoliga bog’lik. Dunyo mamlakatlarining ko’pchiligida soliq sifatida ichki yalpi mahsulotning (YaIM) 30- 45% gachasi davlat byudjetiga o’tkaziladi. Oxirgi yillarda bir qator rivojlangan davlatlarda iqtisodiyotga soliq yukini kamayganligini kuzatish mumkin. Bu ko’rsatkichlar AQSh, Germaniya, Yaponiyada 25-30% ga to’g’ri keladi. O’zbekistonda iqtisodiyotga soliq yukini kamaytirish, soliq siyosatini asosiy yo’nalishi hisoblanadi. Mustakillikka erishilgandan so’ng soliqlarning fiskal funktsiyasi bozor iqtisodiyoti sharoitida ustivor darajada rivojlanib ketdi. Natijada soliq yuki oshib bordi va ishlab chiqarish tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir qila boshladi. Bu hol o’z navbatida qator kichik korxonalar faoliyatini to’xtatib qolishiga sabab bo’ldi. Iqtisodni boshqarishda yangi soliq siyosatiga o’tishga to’g’ri keldi. Ma’muriy islohotlarni amalga oshirish, xususiylashtirishni faollashtirish, faol investitsion siyosatni olib borish orqali iqisodiyotni barcha tarmoqlarida chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, yanada qulay investitsion muhitni shakllantirish, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun kerakli shart- sharoitlarni ta’minlash hamda milliy iqtsodiyotning eksport salohiyatini va mahsulot eksportini kengaytirish uchun samarali ta’sir ko’rsatadi. Prezidentimiz ta’biri bilan bilan aytganda: 2012-yilda soliq yukini kamaytirish siyosati davom ettirildi. Kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq to’lovi stavkalari 6 foizdan 5 foizga tushirilgani, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling