Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi


Download 490.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/43
Sana20.06.2023
Hajmi490.02 Kb.
#1635146
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
Bog'liq
D B KURS ISHI

 
 
Kelajakda sekin-asta soliqlarni asosiy qismini huquqiy shaxslar emas
jismoniy shaxslar to’lay boshlaydi. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortishda 
deklaratsiya tizimini to’liq tadbiq etish maqsadga muvofiqdir. Yuqori va o’rta 
darajali daromadga ega bo’lgan fuqarolardan soliq yukini kamaytirish va aholining 
real daromadlarini oshirish maqsadida, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
solig’i stavkalarining ikkinchi guruhi (6 minimal ish xaqidan 10 minimal ish 
haqigacha) bo’yicha stavkasini 17%dan uchinchi guruh (10 minimal ish xaqidan 
ortiq) bo’yicha esa 22%ga tushiriladi. 
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida aholi keng qatlamlari 
daromadlarining 40% gachasi soliqlar orqali davlatning ixtiyoriga o’tmoqda. 
Mamlakatlar yalpi ichki (milliy) mahsuloti va milliy daromadida soliqlar salmog’i 
ortib, uning darajasi o’rtacha 18% dan 30-50% gacha etib bordi. 
Soliqlar yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismi bo’lgan milliy 
daromadni qayta taqsimlashda ishtirok etib, yagona takror ishlab chiqarish 
jarayonining bir qismi, ishlab chiqarish munosabatlarining o’ziga xos shakli 
hisoblanadi. Bular soliqlarning ijtimoiy mazmunini shakllantiradi. Soliqlar 
jamiyatdagi taqsimlash munosabatlarining tarkibiy qismi sifatida ishlab chiqarish 
qonuniyatlarini o’zida ifoda etadi. 
Ijtimoiy mazmundan tashqari soliqlar moddiy asosga (mazmunga) ham 
egadir, ya’ni ular jamiyatning davlat tomonidan mobilizatsiya (jalb) qilinadigan 
pul mablag’larining real summasini ham ifodalaydi. Milliy daromadni qayta 
taqsimlashda soliqlar davlat hokimiyat organlarini pul shaklidagi yangi qiymatning 
bir qismi bilan ta’minlaydi. Majburiy ravishda va soliqlar shaklida mamlakatning 
butun aholisidan o’zlashtirilgan milliy daromadning bu bir qismi davlatning 
markazlashtirilgan moliyaviy resurslari fondiga aylanadi. O’ziga xos tarzda 
majburiy chetlashtirishdan iborat bo’lgan bu jarayon ekvivalent almashuvsiz 
qiymatning bir tomonlama (soliq to’lovchidan davlatga) harakatini ifodalaydi. 
Davlatning soliqli daromadlari ishlab chiqarish jarayonida (mehnat, kapital 
va tabiiy resurslar ishtirokida) yaratilgan yangi qiymat hisobidan shakllantiriladi. 



Download 490.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling