Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi


Download 490.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/43
Sana20.06.2023
Hajmi490.02 Kb.
#1635146
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
Bog'liq
D B KURS ISHI

 
 
Ular davlatning mulkiga aylanadi hamda harbiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy 
tadbirlar uchun foydalaniladi. 
Ishlab chiqarish munosabatlarining alohida sohasi (tarkibiy qismi) sifatida 
soliqlar qat’iy ichki xususiyatlari, rivojlanish qonuniyatlari va namoyon 
bo’lishning farqlanuvchi shakllariga ega bo’lgan o’ziga xos tarzdagi iqtisodiy 
kategoriyadir. Soliqlar milliy daromad qiymati bir qismining umumdavlat 
ehtiyojlari foydasiga olinishi jarayonida namoyon bo’ladigan va real mavjud 
bo’lgan pul munosabatlarini ifodalaydi. Bu soliq munosabatlari moliyaviy 
munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida doimiy ravishda o’zgarishda bo’ladi. 
Soliqqa tortishni boshqarish tashkiliy-huquqiy normalari va metodlarining 
jami majmuiga soliq mexanizmi deyiladi. Davlat soliq mexanizmiga soliq 
qonunchiligi orqali yuridik shakl beradi va u orqali iqtisodiy jarayonlarga ta’sir 
ko’rsatib, uni tartibga solib turadi. 
Soliq mexanizmidan foydalanishning samaradorligi davlat tomonidan 
soliqlarning ichki mohiyati, ularning harakatlanish qonunlari va qarama-
qarshiliklari qanday hisobga olinganligiga bog’liq. Bir tomondan soliqlar va ular 
funktsiyalarining, ikkinchi tomondan, soliq siyosati va soliq mexanizmining 
chegaralanganligi soliqlarning ob’ektivligini va davlat faoliyatining sub’ektivligini 
tushunishga imkon beradi. 
Soliq siyosati va soliq mexanizmi jamiyatda soliqlarning o’rnini aniqlab 
beradi va bu narsa davlatning faoliyati bilan uzviy bog’langandir. Ularning har 
ikkalasi doimiy harakatda bo’lib, davlatning iqtisodiy siyosatiga bevosita bog’liq 
bo’ladi. Yangi iqtisodiy kontseptsiyalarga muvofiq ravishda soliq siyosati va soliq 
mexanizmi qayta ko’rib chiqiladi. 
Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig’imlar, ularni o’rnatish, 
o’zgartirish va bekor qilishning printsip, shakl va metodlari, to’lash va ularning 
to’lanishini ta’minlash bo’yicha choralarni qo’llash, soliq nazoratini amalga 
oshirish, javobgarlikka tortish va soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik 
choralari majmuiga soliq tizimi deyiladi. Zamonaviy soliq tizimi ijtimoiy-iqtisodiy 



Download 490.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling