Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi
Download 490.02 Kb. Pdf ko'rish
|
D B KURS ISHI
umumdavlat, xalq xo’jaligi vazifalarini hal etish uchun zarur bo’lgan miqdorda shakllanishini ta’minlashi lozim» 14 , - degan edi. Shu o’rinda iqtisodiyotni erkinlashtirishning hozirgi sharoitida O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish tizimida qator muammolarning mavjudligini ham ta’kidlab o’tish joiz. Ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: - davlat byudjeti soliqli daromadlarining tarkibida egri soliqlardan tushumlarning nisbatan katta salmoqqa ega ekanligi; - davlat byudjeti daromadlarini aniq tasniflash mezonlari asosida shakllantirish amaliyotining mavjud emasligi va hokazolar. Shu boisdan ham davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning takomillashtirish hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bitiruv-malakaviy ishida amalga oshirilgan tahlil natijalariga asoslangan holda quyidagi xulosalarni shakllantirishga muvaffaq bo’lindi: 1. Davlat byudjeti davlatning yirik markazlashgan pul fondi bo’lib, uning milliy daromadni qayta taqsimlashdagi rolining oshishi davlatning umumijtimoiy va umumiqtisodiy xarajatlari hajmining oshib borayotganligi bilan izohlanadi. 2. Davlat byudjeti daromadlarining qay tarzda va qay darajada shakllanganligi uning jamiyat hayotidagi rolini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Shu boisdan ham davlat byudjetining daromad bazasini mustahkamlash masalasi hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. 3. Soliq-byudjet siyosati mamlakat moliya tizimi samarali faoliyatining garovi hisoblanadi. Mavjud moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, ularni to’g’ri yo’naltirish, samaradorligini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda soliq-byudjet munosabatlarining qanday asosga tayanayotganligi juda muhimdir. Soliq-byudjet siyosatining yaxlitligiga erishish mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, samarali byudjet siyosatini yuritishga, aholi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi. 14
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling