Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi
Download 490.02 Kb. Pdf ko'rish
|
D B KURS ISHI
muvofiqdir. Buning boisi shundaki, o’tish davrida soliq tushumlari keskin kamayadi, hukumatning qimmatli qog’ozlarini sotish darajasi pasayadi. Bu holatlar, pirovard natijada, davlat byudjeti daromadlarining rejalashtirilgan miqdorda tushmasligiga sabab bo’ladi. 2. Mahalliy byudjet tartibga soluvchi daromadlarining miqdori kamida uch moliya yili mobaynida o’zgarmaydigan qat’iy normativ ko’rsatkichlar shaklida belgilab qo’yilishi lozim. Mazkur normativlarni ishlab chiqish uchun asos qilib ilmiy jihatdan asoslangan ijtimoiy normativlar olinishi maqsadga muvofiqdir. 3. Dotatsiyalar va subventsiyalar mahalliy moliya organlarini zarur pul mablag’lari bilan ta’minlab turish vositasi sifatida saqlab qolinishi kerak. Ulardan mahalliy byudjetlarga biriktirilgan daromadlar va uni tartibga soluvchi daromadlari bo’yicha belgilangan rejaning bajarilmay qolishi natijasida yuzaga keladigan pul etishmovchiliklarini qoplash maqsadida foydalanishga ruxsat etilmasligi lozim. 4. To’g’ri soliqlarning davlat byudjeti daromadlari hajmidagi salmog’ini oshirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur: to’g’ri soliqlarning davlat byudjeti daromadlarining umumiy hajmidagi salmog’ining pasayish tendentsiyasiga barham berish uchun amaldagi soliq imtiyozlarini va to’lovsizlik, ya’ni byudjetdan qarzdorlik muammosini qayta ko’rib chiqish; er solig’ining stavkalarini belgilashda qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilari uchun foydalaniladigan erdan olinadigan daromadning miqdorini hisobga olish; yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’ining rag’batlantiruvchilik rolini oshirish maqsadida soliqqa tortilmaydigan minimum miqdorini joriy qilish; 5. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti ijtimoiy xarajatlarining o’sish tendentsiyasiga ega ekanligi va hukumat yirik investitsion xarajatlarining mavjudligini hisobga olib davlat byudjeti daromadlarining tarkibida qo’shilgan qiymat solig’i va aktsiz solig’i bo’yicha tushumlar summasining barqaror salmog’ini ta’minlash zarur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling