Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi
Download 490.02 Kb. Pdf ko'rish
|
D B KURS ISHI
4. Soliqlarning davlat byudjeti daromadlarining manbai sifatidagi mohiyatini ochib berishga bag’ishlangan ilmiy qarashlarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida quyidagi nazariy xulosalarni chiqarish mumkin: - soliqlar davlatning funktsiyalarini bajarishning birlamchi va asosiy moliyaviy manbai hisoblanadi; - soliqlarning milliy daromadni qayta taqsimlashdagi roli bevosita davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasi bilan belgilanadi; - soliqlardan byudjetning iqtisodiy xarajatlarini moliyalashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi, chunki rivojlanayotgan davlatlarda iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish davlatning iqtisodiyotga faol moliyaviy aralashuvini zarur qilib qo’yadi; - soliqqa tortish tamoyillarini buzilishiga yo’l qo’ymaslik soliq tushumlarining barqarorligiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi; - respublikamiz iqtisodiyotining investitsion resurslarga bo’lgan yuqori darajadagi talabini qondirish maqsadida soliqlarning jamg’armalarga ta’sirini ilmiy jihatdan o’rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. 5. Rivojlangan xorijiy davlatlarning byudjet amaliyotida hukumatning kafolatlari asosida yuzaga kelgan davlat kreditlari summasining byudjet daromadlarining hajmidagi salmog’i juda kichik. Bu esa, xususiy sektorning iqtisodiyotdagi moliyaviy va mulkiy imkoniyatlarining yuqori ekanligidan dalolat beradi. Respublikamizda esa jami kredit qo’yilmalarining 40 foizga yaqin qismi hukumatning kafolati asosida xorijiy davlatlardan jalb qilingan kreditlarning hissasiga to’g’ri keladi. Bu holat, avvalo, xususiy sektorning moliyaviy va mulkiy imkoniyatlarini past ekanligini ko’rsatadi. 6. Rivojlangan industrial mamlakatlarda davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishga xos bo’lgan muhim jihatlardan biri shundaki, ushbu mamlakatlarning deyarli barchasida aholidan olinadigan daromad solig’i soliq tushumlarining 15 foizdan 64 foizgacha bo’lgan qismini tashkil etadi. Ushbu holat, fikrimizcha, mazkur mamlakatlar aholisining nominal daromadlari hajmining |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling