Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi
Download 490.02 Kb. Pdf ko'rish
|
D B KURS ISHI
uzluksiz o’sib borayotganligi va soliq stavkalarining progressiv ekanligi bilan izohlanadi. 7. O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining soliqli daromadlarini tahlil qilish natijalari hozirgi davrda egri soliqlar bo’yicha tushum summasi byudjet daromadlarining tarkibida nisbatan yuqori salmoqni egallashini ko’rsatdi. Buning asosiy sababi shundaki, egri soliqlar sof fiskallik xarakteriga ega bo’lib, mahsulotlarning bahosida hisobga olinganligi sababli to’g’ri soliqlarga nisbatan barqaror tushumga egadir. 8. Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlatga tegishli mulklarni sotish va xususiylashtirish natijasida olingan daromadlarni, davlatning tashqi iqtisodiy faoliyatidan olingan daromadlarni va xorijiy davlatlardan qaytarib bermaslik sharti bilan olingan pul mablag’larini kiritish maqsadga muvofiqdir. Aksincha, maqsadli fondlarning pul mablag’larini soliqsiz daromadlarning tarkibiga kiritish, bizning fikrimizcha, maqsadga muvofiq emas. Buning boisi shundaki, birinchidan, mazkur fondlarga qilingan ajratmalar soliq xarakteriga ega bo’lib, bunda soliq to’lovchilar o’rtasida tovar-pul munosabatlari mavjud emas; ikkinchidan, maqsadli fondlarga qilingan ajratmalar soliqlarga xos bo’lgan muhim xususiyatga, ya’ni to’lovni amalga oshirishda sub’ektlarning mulk shaklini o’zgarishi xususiyatiga egadir. 9. Soliq yukining og’irlashishi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ayrim toifalari tomonidan yanada yuqori foyda olish istagi soliq to’lashdan bo’yin tovlash holatlarini yuzaga kelishiga turtki beruvchi asosiy omillar hisoblanadi. Shu sababli, mazkur omillar yuzaga kelishining oldini olish soliqqa oid jinoyatlarning keskin kamayishiga olib keladi. Yuqorida zikr etilgan xulosalarga tayangan holda davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash, daromadlarini shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan dolzarb muammolarni hal qilish maqsadida ishlab chiqilgan amaliy taklif va tavsiyalarning asosiylari quyidagilardan iboratdir: 1. Davlat byudjeti kamomadining yuzaga kelishini mamlakatda o’tish davri bilan bog’liq iqtisodiy muammolarning keskinlashuvi bilan bog’lash maqsadga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling