Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi
Download 490.02 Kb. Pdf ko'rish
|
D B KURS ISHI
6. Qo’shilgan qiymat solig’ini undirish yuzasidan Evropa Ittifoqi davlatlarining ilg’or tajribalaridan respublikamiz sharoitida foydalanishni yo’lga qo’yish lozim. Xususan, soliq stavkalarini ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan tovarlarning turlari bo’yicha tabaqalashtirish va soliqqa tortilmaydigan oborotni belgilash muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. 7. Davlat byudjetiga to’lovlarni o’z vaqtida va to’liq undirishini ta’minlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ichki soliq nazoratini kuchaytirish; davlat soliq nazoratini takomillashtirish; umumdavlat soliqlarini asosiy to’lovchilar hisoblangan korxonalar faoliyatini joylarda tekshirishning samaradorligini oshirish. 8. Mamlakatimizda xo’jalik subektlarining investitsion faolligini oshirishda soliqlarning ta’sirini kuchaytirish maqsadida mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajat turlarining darajasini mo’’tadillashtirish maqsadida bank kreditlari bo’yicha foiz to’lovlarini Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxiga kiritish kerak. 9. Xo’jalik sub’ektlarining investitsion xarajatlarini moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri bo’lgan amortizatsiya ajratmalaridan foydalanish samaradorligini oshirish lozim. 10. Yuridik shaxslarning depozit sertifikatlari bo’yicha oladigan daromadlari daromad solig’idan ozod qilinmasligi kerak. Chunki, yuridik shaxslarning tijorat banklarining depozit sertifikatlarini sotib olish uchun sarflagan mablag’lari soliqqa tortilmaydigan mablag’lardir va ular moliyaviy jihatdan barqaror bo’lgan korxonalarda zaruriy xarajatlardan ortiq bo’lgan mablag’lar sifatida mavjud bo’ladi. Ko’rsatib o’tilgan takliflar mamlakatimizda byudjet-soliq tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirishga, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo’nalishlarini takomillashtirishga xizmat qiladi, deb hisoblash mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling