Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi
Download 490.02 Kb. Pdf ko'rish
|
D B KURS ISHI
stavkasi esa sezilarli tarzda, ya’ni o’rtacha ikki barobar kamaytirilgani buni yaqqol tasdiqlaydi. Shularga qaramasdan, davlat byudjetining daromadlar qismi bo’yicha ko’rsatkichlari to’liq bajarildi, erishilgan profitsit yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,4 foizni tashkil etdi13. Soliq yukini umumiy iqtisodga emas, har bir korxonaga bo’ladigan og’irligini kamaytirish ustida yildan-yilga qator tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Bulardan eng sezilarli darajadagisi daromad (foyda) solig’i stavkasini tushirib kelish hisoblanadi. Lekin shunga qaramay hamma korxonalarni moliyaviy faoliyati sog’lomlashib borayotgani yo’q. Bunga bozor munosabatlari to’liq rivojlanmaganligi, mulk shakllari, ularning to’liq shakllanmaganligi, mahsulot realizatsiyasiga ma’muriy aralashuv mavjudligi, debitor va kreditor qarzlarni hajmi kattaligi bilan bir qatorda soliq tizimini boshqarish, tashkil qilish, soliqlarni hisoblash va byudjetga yo’naltirishdagi ayrim kamchiliklar ham ta’sir ko’rsatmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda bevosita va bilvosita soliqlarning bir-biriga nisbati 70:30ni tashkil qiladi. Mustaqil davlatlar hamdo’stligiga a’zo mamlakatlarda bu nisbatning aksini kuzatish mumkin. Bilvosita soliqlar korxonalar faoliyatiga neytral (xolis) pozitsiyadadir, degan nazariyadan kelib chiqib, respublikamizda ularni fiskal ahamiyatiga qarab katta e’tibor berilmoqda. Soliq solinadigan bazalarni aniqlashda, soliq summasini hisoblashda, byudjetga undirilishda, imtiyozlar berishda qator kamchiliklar mavjud: 1. Bular qatoriga qo’shilgan qiymat solig’ini (QQS) to’laydigan ayrim korxonalar faoliyati xususiyatlarini hisobga olmaslik ham kiradi. Ayrim korxonalarda faqat o’z faoliyati natijasida yaratilgan qo’shilgan qiymatgina soliqqa 13 Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish – T.: O’zbekiston. 2013. – 64 b. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling