Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi
Download 490.02 Kb. Pdf ko'rish
|
D B KURS ISHI
tortilmay, balki mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan xom-ashyo bo’yicha ham QQS to’lash; 2. Olingan daromadni emas, kutilayotgan daromadni soliqqa tortish; 3. Aktsizosti tovarlarning realizatsiyasidan QQS undirish chog’ida, soliqqa tortish ob’ektiga aktsiz summasini qo’shilishi; 4. Birlamchi ehtiyojga ega bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarini soliqqa tortish va hokazo. Masalan, bular tarkibida mahsulotni etkazib berish davrida QQSning hisoblanishi, hali kelib tushmagan mablag’lar uchun korxona xomashyo materiallarini QQS to’lamaydigan korxonalardan sotib olgan sharoitda, aylanma mablag’lar hisobidan QQSning to’lanishi natijasida ularning (aylanma mablag’larning) bir qismi cheklanishiga olib kelmokqa. Jo’natilgan tovarlar uchun mablag’lar o’z vaqtida kelib tushmasligi natijasida QQS bo’yicha boqimanda miqdorlari ko’payishi, boqimanda hisobidan penya hisoblab olinishi, korxonalarning moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Korxonalarni aylanma mablag’lari boshqa maqsadlarga yo’naltirilishi, ixtiyorida qoladigan sof-foydani kamayishi QQSni hisoblash usulini o’zgartirishni talab qilmoqda. U ishlab chiqarilgan mahsulot uchun QQSni to’lash majburiyatini jo’natilgan mahsulot uchun mablag’ kelib tushgan paytda amalga oshirilishni ko’zda tutadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 567-sonli qarorida korxonalarning o’z aylanma mablag’laridan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida QQS bo’yicha to’lovlar sonini va muddatini bir oyda 2 martadan bir martagacha kamaytirildi. Dunyoda eng qadimiy va rivojlangan mamlakatlarda umumiy soliqlar tushumini taxminan 1/3 qismini tashkil qiladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i ham talaygina muammolarni echishni talab qiladi. Mamlakatimizda xususiylashtirishni yanada chuqurlashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, ushbu soliqli ob’ektlarini kengaytirib, sub’ektlarini ko’paytirib boradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling