Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Download 410.89 Kb.
|
ХВМ
SVOP - BU... hisob-kitoblar kunida uni tuzish paytida mavjud bo’lgan kurs bo’yicha valyutaning muayyan summasini sotib olish (sotish) bitimi bo’lib, bunda keyinroq sanada bitim tuzish chog’ida kelishilgan kurs bo’yicha mazkur valyuta summasini qaytadan sotish (sotib olish) majburiydir.
Valyutaviy svop operatsiyasi ikki qismdan iborat: valyutalarning dastlabki almashinuvi (spot bitim); qayta almashinuv va svop shartnomasining yopilishi (forward bitimi). Svop bitimlarini muayyan vaqt davri mobaynida zarur bo’lgan valyutadan foydalanish uchun tuzadilar, ayni vaqtda ta’minot sifatida boshqa valyuta taqdim etiladi. Svop bitimi o’zaro bog’langan ikki valyuta operatsiyasi tarzida tuziladi. Uning valyuta kursi svop bitimi tuzish paytida amal qilgan dolzarb valyuta kurslari va forward bitimi valyuta kurslari asosida hisoblab chiqariladi. Jahon banki moliyalashtirish strategiyasining ajralmas qismini tashkil etadigan svop operatsiyalari uzoq muddatli va o’rta muddatli qarzlarning yillik 15-20%ini qamrab oladi. Rasmiy raqamlar mavjud emas, biroq valyuta va foiz svoplarining xalqaro bozorlari 80-200 mlrd AQSh dollarida baholanadi. Ular hajmi boshqa dastaklar orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar sonidan oshadi. Buning ustiga, svop operatsiyalaridan xalqaro korporatsiyalar, rasmiy muassasalar va davlat organlari foydalana boshladilar. Svop bitimi uchun nima zarur? Svop bitimi uchun mijozga bankdagi hisob-kitob raqami zarur. U valyutaviy svop bitimi tuzish shartnomasini imzolashi, ushbu sohani tartibga soluvchi me’yoriy baza bilan tanishishi va, albatta, etarlicha pul summasiga ega bo’lishi kerak. Hozirda tadbirkorlarimizda ham moliyaviy dastaklarga, shu jumladan svop bitimlariga qiziqish oshmoqda. Ularni tuzishni O’zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to’g’risida nizom tartibga soladi. O’zbekiston banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirishda AQSh dollari, yevro, Angliya funt sterlingi, Shveytsariya franki va Yaponiya ienasidan foydalaniladi. Operatsiyalar so’m va chet el valyutasi bilan, shuningdek ikki chet el valyutasi o’rtasida ham amalga oshirilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to’g’risidagi nizomga o’zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazildi. Ushbu o’zgarishlarga asosan, valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirishda so’m va chet el valyutasi yoki ikki chet el valyutasi o’rtasidagi svop bitimini tuzishda svop bitimining bazaviy kursi Markaziy bank tomonidan belgilanadigan kurs bo’yicha emas, tomonlarning ixtiyoriga ko’ra erkin belgilanishi tartibi o’rnatildi. Shuningdek, valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirishda chet el valyutasi sifatida taraflar ularning xohishiga ko’ra istalgan chet el valyutalaridan foydalanilishi mumkinligi belgilandi. Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan O’zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to’g’risidagi nizomga tuzatishlar kiritildi. Birinchidan, valyutalarning bazaviy kursini belgilash tartibiga o’zgartirish kiritildi. Endi so’m va chet el valyutasi yoki ikki chet el valyutasi o’rtasidagi svop bitimini tuzishda svop bitimining bazaviy kursi (spot-kurs) tomonlarning ixtiyoriga ko’ra erkin belgilanadi. Ilgari spot-kurs Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan va svop bitimi tuzilgan paytda amal qilgan valyutalar kursiga teng bo’lgan (yoki kross-kurs asosida hisoblangan – chet el valyutalari o’rtasidagi bitimda). Ikkinchidan, ilgari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faqat joriy xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan hollarda bank bilan valyutaviy svop bitimini tuzishlari mumkin edi. Endi bu shart bekor qilindi. Ya’ni yuridik shaxslarga o’z faoliyatlari jarayonida bankning tegishli xizmatini hech qanday cheklovlarsiz olish huquqi berildi. Biroq, ushbu operatsiya bo’yicha xarid qilingan chet el valyutasi faqatgina joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha amalga oshirilayotgan to’lovlar uchun sarflanishi mumkinligi aytib o’tilgan. Uchinchidan, chet el valyutalari sifatida valyutaviy svopni amalga oshirish uchun banklar ularning xohishiga ko’ra istalgan chet el valyutalaridan foydalanishlari mumkin. Ilgari aniq ro’yxat belgilangan edi: AQSh dollari, yevro, Angliya funt sterlingi, Shveytsariya franki va Yaponiya ienasi (ya’ni erkin almashtiriladigan valyuta). Download 410.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling