Toshkent moliya instituti pul va bank fanidan


O'zbekiston respublikasi pul tizimini rivojlantirish


Download 258.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana07.04.2023
Hajmi258.76 Kb.
#1340632
1   2   3
Bog'liq
Djurayev Farxod Shavkatovich 54-varyat

O'zbekiston respublikasi pul tizimini rivojlantirish 
Har bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’lganidek O’zbekiston mustakil pul 
tizimiga ega. Respublikamizda mustakil pul tizimini tashkil topishining I-bosqichi 
1992 yilni noyabr oyida «so’m-ko’pon» larni muomilaga chiqarilishi hisoblanadi. 
Pul tizimining ikkinchi bosqichi 1994 yilning 1-iyulidan muomilagacha milliy 
valyuta «so’m»ni chiqarilishidir. 
O’zbekiston respublikasining pul tizimining elementlari: 


1. Pul birligi - so’m 
2. Pul birligining turlari - qoђoz va metal pullar 
3. Ularni muomilaga chiqarish qoidalari. 
4. Pul, kredit valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari. 
5. Naqd pulsiz tulov aylanishi va kredit pullar muomilasining olib borishda 
davlat tomonidan belgilangan shartlar. 
6. Milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoidalari. 
7. Xalqaro xisob - kitoblarni tashkil qilish asoslari. 
8. Milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat 
tomonidan belgilangan valyuta kursi. 
O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat 
manfatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy 
pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda ma’suliyatli va oson 
bo’lmagan vazifa. O’zbekistonning o’z iqtisodini bozor talablariga mos ravishda 
rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o’tishda O’zbekistonning o’ziga xos 
xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo’lishini taqozo etadi. 
Zero mustaqil pul tizimiga ega bo’lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat 
bo’lishi mumkin emas. Shu boisdan Respublikamiz 1- Prezidenti I.A.Karimov – « 
bugungi eng muhim vazifa valyutamizni baquvvat, dunyoda obruli valyutaga 
aylantirishdir u, yuksak va katta kuchga ega bo’lishi lozim» - degan edi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib respublikamizda 2003 yilni 15 oktyabridan 
joriy xalqaro operasiyalar bo’yicha so’mning erkin almashtirilishi joriy etildi. 
Respublikamizda milliy valyutani xorijiy valyutalarga erkin almashtirishga 
erishilganligi mamlakatimiz iqtisodiyoti yangi yuksalishlarga erishayotganligidan, 
uni 
jahon 
iqtisodiy 
hamjamiyatdagi 
integrasiya 
jarayoni 
yanada 
tezlashayotganligidan dalolat beradi.
Respublikamiz Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi PK-147 sonli 
«Banklardagi depozit xisob varaqalaridan naqd pul tulovlarini o’zliksiz ta’minlash 
to’ђrisida» gi qarori asosida banklarga bo’lgan ishonchning ta’minlanishi natijasida 
2005 yil yanvar - iyul oyida bank kassalariga tushgan o’rtacha oylik naqd pul 


tushumlari 344 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, maskur qaror qabul qilingandan 
so’ng avgust – dekabr oylarida bu ko’rsatkich 515 mlrd. so’mni tashkil qildi yoki 
49,7 % ga oshdi. 
Agar 1996-2002 yillar mobaynida naqd pullarning bank kassalariga qaytishi 
80-93 foiz oraliђida bo’lgan bo’lsa, bu kursatkich 2005 yilda 96,3 foizni tashkil etdi. 
Xususan, 2005 yilda bank kassalariga tushgan naqd pullar 2004 yilga nisbatan 38,6 
foizga, shu jumladan savdo tushumlari 47,2 foizga oshdi.
Xozirgi ko’pgina davlatlarda pul muomilasini tartibga solishda ochiq bozorda 
operasiyalar utkazish usulidan foydalanilmoqda. Bu hozirgi ko’p qullaniladigan 
monitor siyosatni bir usuli bo’lib, u tijorat banklarining likvidlik darajasiga tez ta’sir 
utkazadigan egiluvchan (moslanuvchan) amaliy va operativ usul hisoblanadi. Bu 
usulni boshqalardan farqi shundaki, uni zaruriyatga qarab va hohlagan miqdorda 
utkazish mumkin. Bu mexanizm bozorni rivojlanish tendeniyasiga qarab pul 
muomilasini barqarorlashtira olishi mumkin. Bunda oldi-sotdi obyekti davlat 
qimmatli qoђozlari va markaziy bank chiqargan qarz majburiyatlari bo’lishi 
mumkin. 
1996 yilni mart oyida chiqarilgan qisqa muddatli davlat obligasiyalari 
(KMDO) tijorat banklari va korxonalarning mablaђlarini xavf-xatardan saqlash va 
daromad olish imkonini beradi.
KMDO larning birlamchi bozori Markaziy bank valyuta birjasida tijorat 
banklari ishtirokida amalga oshiriladi. Zurur bo’lsa, obligasiya egasi ikkilamchi 
bozorda uni sotishi mumkin. 
Rivojlangan davlatlarda asosan ochiq bozorda operasiyalar o’tkazish usulidan 
foydalaniladi. Shunday qilib Markaziy bank pul muomilasini barqarorlashtirish, uni 
tartibga solish borasida barcha vakolat va xuqiqiy norma vakolatlarga ega. 
3
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’ђrisidagi qonunning 3-
moddasida ta’kidlanganidek O’zbekiston Respublikasi markaziy bankining bosh 
maqsadi – milliy valyuta barqarorligini ta’minlashdir. Valyuta barqarorligi pul 
3
Shodmonov Sh.Sh., Mamaraximov B.E. Iqtisodiyot nazariyasi. Ma’ruzalar matni. – T.: Iqtisod-moliya, 2016. – 
728 bet.


massasi, narx – navo va milliy valyuta kursining barqaror bo’lish tushunchasini o’z 
ichiga oladi.
Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi. 
1. Monator siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakllantirish, qabul 
qilish hamda amalga oshirish. 
2. O’zbekiston Respublikasida xisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil 
qilish va ta’minlash. 
3. Banklar faoliyatini tartibga solish va ular faoliyati ustidan nazorat qilish. 
4. O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta zahirasini saqlash va 
ularni boshqarish. 
5. Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil 
etish. 
Markaziy bank pul muomilasini barqarorlashtirish uchun ba’zi hollarda 
kuyidagi usullarda ham tayyorlanadi. 
1. Nullifikasiya – bunda qadrsizlangan pul batamom bekor qilinib muomilaga 
yangi pullar chiqariladi. Bu usul infliasiya darajasi o’ta yuqorilab ketgan hollarda 
qullaniladi. Bu usul SSSR da 1922 - 1924, 1947, 1997, 1961 yillardagi pul islohati, 
O’zbekistonda 1994 yilda bo’lib o’tgan pul islohatida qullanilgan.
2. Revolvasiya – lotincha qadrini oshishi ma’nosini anglatib bu milliy 
valyutaning chet el valyutasiga nisbatan qadrini oshishini bildiradi. Masalan 1$= 
1110 so’mga teng bo’ldi. Ushbu tadbirdan keyin 1005 so’mga teng bo’ladi. Bu usul 
1922-1928 yillarda Angliyada, 1961, 1969, 1971 yillarda Germaniyada qullanilgan. 
3. Devolvasiya – lotincha qadrini tushishi ma’nosini anglatadi. Bu usul davlat 
tomonidan milliy valyuta kursini boshqa valyutalarga nisbatan pasaytirilishi bo’lib 
u bozor uchun kurash kuchaygan sharoitda eksportni raђbatlantirish, to’lov 
muvozanatini yaxshilash uchun qullaniladi. Buning asosiy sabablari bo’lib 
inflyasiyani kuchayishi va mamlakat tulov balansning salbiy qoldiqga ega 
bo’lishidir.
Bu usul AŠSh da 1971 yilda 7,89 % ga, 1973 yilda 10 % ga dollar kursini 


pasaytirish bilan qullanilgan. 
4. Denominasiya – pul miqdorini bir necha marotaba qisqartirish hisoblanadi 
va u pulni qadri yuqori darajada tushganda, muomiladagi pul hajmi oshganda 
qullaniladi. Bu usul Rossiya federasiyasida 1921-1922 yillardagi pul isloxatida 
1000:1, 1923 yilda 100:1, 1999 yilda 1000:1 holida, Buxoro shuro xalq 
respublikasida bu usul 1922 yilda 100:1, O’zbekiston Respublikasida 1994 yilda 
1000:1 holida qullanilgan. 
O’zbekistonda pul muomalasi bilan asosan Markaziy bank shug’ullanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalari quyidagilardan 
iborat: 
− pul muomalasi, kredit berish, mablag‘ bilan ta’minlash, hisob-kitob qilish 
va tashqi iqtisodiy aloqa sohalarida respublika iqtisodiy va valyuta siyosatini ishlab 
chiqish va amalga oshirish; 
− hisobga olishning, hisob berishning, hisob-kitob-ssuda va valyuta 
operatsiyalarini amalga oshirishning yagona qoidalari va normalarini belgilash; 
− ssuda-depozit operatsiyalarini tartibga solish va umumiy pul muomalasini 
boshqarishning normativlarini o‘rnatish; 
− barcha banklar va kredit muassasalari, pul-kredit va valyuta 
operatsiyalariga doir O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va qoidalariga rioya 
etishlari ustidan nazorat qilish;
− barqaror pul muomalasini va O‘zbekiston Respublikasi hududida 
muomalada bo‘lgan pulning xarid qobiliyatini saqlash; 
− bank ishlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar berish. 
− Respublika pul va kredit tizimiga rahbarlik qilish
− milliy valyutani joriy qilish va u bilan respublika xalq xo‘jaligini 
ta’minlash; 
− O‘zbekiston Respublikasining “rubl” zonasiga kiruvchi davlatlar boshqa 
mamlakatlar bilan hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirishga ko‘maklashish, 
ularning markaziy va milliy banklarida, xalqaro banklarida va boshqa moliya-kredit 
tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish 


− respublikaning oltin zaxirasi va olmos fondini shakllantirish; 
− O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta fondini vujudga 
keltirish, davlat valyutasini tartibga solib turuvchi va nazorat qiluvchi bosh ijroiy 
idora vazifasini bajarish; 
− bank ishlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar berish, chakana savdo 
va chet el valyutasida xizmatlar ko‘rsatishga ruxsatnoma berish; 
− O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z zimmasiga yuklatilgan 
vazifalarni ro‘yobga chiqarish uchun tegishli xizmatlar va muassasalar ochish 
huquqiga ega. 
Pul muomalasini tashkil etish. Milliy valyuta joriy etilgunga qadar 
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy pul birligi “rubl”dir. Bu “rubl” 100 tiyindan 
iborat bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida “rubl” yagona to‘lov vositasi 
hisoblanadi. Respublikaning o‘z valyutasi joriy etilishida O‘zbekiston Respublikasi 
hududida chet el valyutasidagi to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
belgilagan tartibda amalga oshirilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pulni muomalaga chiqarish va 
muomaladan qaytib olish mutlaq huquqiga egadir. O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki pul belgilarini muomalaga chiqaradi, ularni inkassatsiya qilish, 
saqlash va tashishni tashkil etadi, o‘zining muassasalarida pul belgilari rezerv 
fondlarini vujudga keltiradi. 
Respublika inkassatsiya boshqarmasi o‘zining barcha bo‘limlari bilan 
birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tasarrufida bo‘ladi. 

Download 258.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling