Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ishontiriladi. Nega bunday degan savolga ular, biz eng malakali va professional
moliyachilarni o’z kompaniyamizga jalb qilganmiz deb aytadilar.
Kapitalni
boshqaruv qanday amalga oshadi degan savolga esa ular, valyuta bozori
Forex ni,
juda perspektiv aktsiyalarga pul tikishni, loyixalar ichki qaytaruv normasi juda
foydaliligini, xalqaro moliyaviy bozorlarda ish olib
borishlarini misol qilib
keltirishlari mumkin. Ammo ko’pincha bunday takliflar ortida moliyaviy
piramidalar, ko’p tarmoqli fiktiv marketing tizimlari yoki pul yig’ib olishga
mo’ljallangan bir kunlik saytlar turadi. Bunday saytlarning
boshqalaridan asosiy
farqlari bergan savollaringizga chala-chulpa javoblar berish, tekin xostinglarda
turish va olinadigan foizlarning juda xam katta bo’lishi
va huddi shuning uchun
xam ishonchga sazovor emasligidir.
Internet lotoreyada juda katta pul yutganlik xaqidagi firibgarlik
Ko’pchilik insonlar g’oyibdan katta pul kelishini yoki lotoreyadan katta
miqdordagi pul yutib olishni orzu qilishadi. Firibgarlar xuddi shu orzuga osongina
erishishni va’da qilib, sizning oxirgi pulingizni ham shilib oliga xarakat qilishadi.
Bunda sizning elektron pochtangizga xat kelib, sizni
katta xalqaro loyixa yoki
internet resurslar doirasida o’tkazilgan o’yinda juda katta miqdordagi yutuq egasi
bo’lganligingizni bildirishadi. Yutug’ingiz esa chiroyli qilib, ko’p miqdordagi
nollar vositasida ko’rsatiladi. Pulingizni olishingiz
uchun esa sizdan bir qancha
xujjatlar so’raladi. Siz bu xujjatlarni jo’natganingizdan sung, endi pulni sizning
nomingizga notarius orqali o’tkazish masalasi qo’yiladi va ushbu notariusning
elektron pochta manzili va sayti ko’rsatiladi. Siz noturius bilan aloqa qilganingizda
u xam sizdan bir qancha ma’lumotlarni junatishingizni so’raydi. Undan so’ng sizga
minnatdorchilik bildirib, pul jo’natilishga tayyor va sizdan pulni xavfsiz jo’natish
uchun sug’urta qilish so’raladi. Keyin sizdan sug’urta summasini qandaydir to’lov
tizimi,
masalan Webmoneyorqali jo’natishingiz taklif qilinadi. Xuddi shu pul
firibgarlar uchun sizning sovgangiz bo’ladi va endi siz o’z pulimdan ajraldim
deyishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: