Toshkent Moliya Instituti SBHA- 90/21 Mavzu:Ishlab chiqarish zaxiralarini inventarizatsiya qilish Qabul qildi: Normatova G. Tayyorladi: Xaydarov D. Reja: 3. Materiallarning ombordagi hisobini tashkil qilish 4. Materiallar kirimini buxgalteriyada hisobga olish 6 Materiallar sarflanishini hisobga olish 7. Ishlab chiqarish zaxiralarini inventarizatsiya qilish. 8. O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga olish 1. Ishlab chiqarish zahiralari hisobining vazifalari, ularni turkumlash va baholash 1. Ishlab chiqarish zahiralari hisobining vazifalari, ularni turkumlash va baholash Korxonalar o‘z ishlab chiqarish faoliyatlarini amalga oshirishi uchun ma’lum miqdorda ishlab chiqarish zahiralariga ega bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish zahiralari xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish faoliyatini normal davom etishini ta’minlaydi. Ularning tarkibiga materiallar, xom-ashyo, ehtiyot qismlar va boshqalar kiradi. Ishlab chiqarish zahiralari, asosiy vositalardan farqli ravishda, bir ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, o‘z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga shu davrning o‘zida to‘la o‘tkazadi. Materiallar bilan birgalikda, xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar korxona oborot aktivlarini tashkil qiladi. Korxona uchun zarur bo‘ladigan oborot mablag‘larining umumiy miqdori tegishli vazirliklar tomonidan belgilanadi. Materiallarning har bir turi bo‘yicha normativlarni korxonaning o‘zi mustaqil belgilaydi. Har bir korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayonining to‘xtovsiz davom etib turishida belgilangan normativlarga rioya qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olishning vazifalari quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |