Toshkent Moliya Instituti sbha- 90/21 Mavzu: Ishlab chiqarish zaxiralarini inventarizatsiya qilish


Materiallarning ombordagi hisobini tashkil qilish


Download 233.1 Kb.
bet3/6
Sana24.09.2023
Hajmi233.1 Kb.
#1687164
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
moliyaviy tahlil prezentatsiya

3. Materiallarning ombordagi hisobini tashkil qilish

3. Materiallarning ombordagi hisobini tashkil qilish

Korxona omborida materiallarning but saqlanishini tashkil etish ularni to‘g‘ri hisobga olib borilishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham ombor xo‘jaligi ishlarini tashkil qilishga muayyan talablar qo‘yiladi.

Korxona omborida materiallarni hisobga olishning to‘g‘ri tashkil qilinishi materiallarni hisobga olish usuliga, hisob ro‘yxati (registri)ning turiga, miqdoriga, foydalanilgan ko‘rsatkichlarga va ularning o‘zaro solishtirilishiga bog‘liq.

Korxona ombori ixtisoslashtirilgan bo‘lishi kerak, chunki xilma-xil materiallarning kimyoviy hamda fizik xossalari ularni turli xil sharoitlarda saqlashni talab qiladi. Omborxona tegishli materiallar joylashtiriladigan stellajlar, tokchalar, shkaf va yashiklar bilan jihozlanishi lozim. Materiallarning har biriga ularning nomi, nomenklatura raqami, navi, o‘lchami, o‘lchov birligi ko‘rsatilgan yorliq yozilib, saqlash joyiga yopishtirib qo‘yiladi.

4. Materiallarning kirimini buxgalteriyada hisobga olish

4. Materiallarning kirimini buxgalteriyada hisobga olish

Korxona buxgalteriyasida moddiy boyliklarning kirim-chiqimlari xususidagi barcha birlamchi hujjatlar: manzil belgilari, imzolar, summalar va amalga oshirilgan tadbirlarning qonunga to‘g‘ri kelish-kelmasligi tekshiriladi.

Kirim orderlaridagi yozuvlar tegishli to‘lov hujjatlari, schyot-fakturalar, yukxatlar va boshqa hujjatlar bilan solishtiriladi. Noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar qayta ko‘rib chiqish uchun qaytariladi.

Buxgalteriyada tekshirishdan o‘tkazilgan hujjatlar taksirovka qilinadi, ya’ni material miqdori uning narxiga ko‘paytirilib, hujjat bo‘yicha umumiy summa aniqlanadi. Keyin barcha kirim-chiqim hujjatlari omborlar, jamlama schyotlar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi, bu guruhlar esa hisob narxi bo‘yicha kichik guruhlarga bo‘linadi. Bu hujjatlarning yakunlari M-43 shaklidagi materiallarning jamlama hisobi jamg‘aruv qaydnomasiga yozib qo‘yiladi.


Download 233.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling