Buxgalteriya hisobida materiallarning hisobini yuritishda quyidagi schyotlardan foydalanish mumkin: Buxgalteriya hisobida materiallarning hisobini yuritishda quyidagi schyotlardan foydalanish mumkin: 1010-«Xom-ashyo va materiallar» 1020-«Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar» 1030-«Yoqilg‘i» 1040-«Ehtiyot qismlar» 1050-«O‘urilish mollari» 1060-«Idish va idish materiallari» 1070-«Boshqa tomonga qayta ishlash uchun berilgan materiallar» 1080-«Inventar va xo‘jalik anjomlari» 1090-«Boshqa materiallar». 5. Transport-tayyorlov xarajatlarini hisobga olish Materiallar mol yetkazib beruvchilardan sotib olinganida ko‘p hollarda ularni sotib olish hamda tayyorlash bilan bog‘liq operatsiyalar 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu schyotning debetida 6010, 2310, 2010, 6990 va boshqa schyotlarning kreditlari bo‘yicha materiallarning sotib olish qiymati qiymati shakllanadi. Shuningdek bu yerda materiallar bilan bog‘liq transport-tayyorlov xarajatlari ham ifodalanadi. Bu schyotning kredit tomonida 1010-1090-schyotlarning debeti bo‘yicha haqiqatda kelib tushgan va kirim qilingan materiallarning hisob qiymati aks ettiriladi. Hisob narxlarida qabul qilingan materiallar va ularni sotib olish hamda tayyorlash qiymatlari orasidagi farq 1610-«Materiallar qiymatidagi og‘ishlar» hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va har oyning oxirida 1610-«Materiallar qiymatidagi og‘ishlar» hisobvarag‘ining debetida yig‘ilgan summa ishlab chiqarishga va boshqa ehtiyojlarga sarflangan materiallarning qiymatiga mutanosib taqsimlanib, xarajatlar hisobvarag‘iga ko‘chiriladi. 6. Materiallar sarflanishini hisobga olish Materiallarning sarflanishini buxgalteriya hisobida hisobga olishning muhim xusutsiyatlari mavjud. Korxonada materiallar quyidagi maqsadlar tufayli ombordan chiqib ketishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |