6. Materiallar sarflanishini hisobga olish Materiallarning sarflanishini buxgalteriya hisobida hisobga olishning muhim xusutsiyatlari mavjud. Korxonada materiallar quyidagi maqsadlar tufayli ombordan chiqib ketishi mumkin: - ishlab chiqarishga sarflanganida;
- ortiqcha materiallar sotilganida va boshqa hollarda.
Ombordan ishlab chiqarishga materiallar sarflanganida quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi: D-t Ishlab chiqarish xarajatlari (2010, 2310, 2510 va hokazo) K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar». 7. Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish Korxonalarning buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to‘g‘riligi ularning ishlab chiqarish zahiralari inventarizattsiya qilish bilan tasdiqlanadi. Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizattsiya qilish «Inventarizattsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli 19-son BHMS va «Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMSlar bilan tartibga solinadi. Inventarizattsiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad - ishlab chiqarish zahiralarining natura va qiymat ko‘rinishida amalda mavjud ekanligini aniqlashdan iborat. Inventarizattsiya qilish natijasida boyliklarning to‘g‘ri saqlanishi va berilishi, tarozi va o‘lchov asboblarining holati, hisob yuritish tartibi va boshqalar tekshiriladi. Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizattsiya qilish bir yilda kamida bir marta moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin, lekin hisobot yilining 1 oktyabridan keyin amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish zahiralarining saqlanishini, ularni saqlash shart-sharoitlarini va omborda hisobga olish ahvolini nazorat qilish uchun inventarizattsiyalar o‘rtasidagi davrda muntazam tekshirishlar va materiallarni tanlab inventarizattsiyalash o‘tkazilishi kerak. Quyidagi holatlarda inventarizattsiya muddatidan oldin o‘tkazilishi shart: Quyidagi holatlarda inventarizattsiya muddatidan oldin o‘tkazilishi shart: - korxona mol-mulkini ijaraga berish, sotib olish, sotish, shuningdek davlat korxonasini Aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirish chog‘ida;
- tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganida;
- moddiy javobgar shaxs o‘zgarganida;
- talon-taroj qilish yoki suiiste’mol qilish, shuningdek boyliklarning buzilishi bilan bog‘liq faktlar aniqlanganida;
- yong‘in yoki tabiiy ofatlar sodir bo‘lganida;
- korxona tugatilayotganida tugatish balansini tuzish oldidan va boshqa hollarda.
Do'stlaringiz bilan baham: |