Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

 
10.4. K.Marksning renta nazariyasi 
K.Marks renta to‗g‗risida nazariya yaratdi. Uningcha, renta yerga 
bo‗lgan mulkchilikni amalga oshirish shaklidir. Yer maydoni 
cheklanganligi, uning yer egalari qo‗lida bo‗lganligi sababli qishloq 
xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bahosi o‗rtacha yerdagi ishlab 
chiqarish xarajatlariga qarab emas, balki eng yomon yerdagi ishlab 
chiqarish xarajatlariga qarab belgilanadi. Bu baho bilan yaxshi yerdagi 
(yoki eng yaxshi sharoitdagi) ishlab chiqarish bahosi o‗rtasidagi farq 
differensial rentani bildiradi. K.Marks differensial rentani tahlil qilib, bu 
renta ayrim yer maydonlarining hosildorligi yerga sarf qilingan kapital 
miqdori bir-biridan farq qilganda hosil bo‗lishini ko‗rsatib berdi. 


195 
Differensial renta ikki shaklda – differensial renta I va differensial renta 
II shaklida mavjud bo‗ladi. Ijtimoiy ishlab chiqarish bahosini 
belgilovchi eng yomon yerdagi mahsulotlarning ishlab chiqarish bahosi 
bilan eng yaxshi va o‗rtacha yerdagi mahsulotlarning individual ishlab 
chiqarish bahosi o‗rtasidagi tafovut differensial yer renta I ning negizi 
hisoblanadi. Yerga qo‗shimcha ishlov berish evaziga olinadigan renta 
differensial renta II ni tashkil etadi. 
K.Marks differensial renta bilan birga absolyut rentaning ham amal 
qilishini ko‗rsatib beradi. U absolyut rentaning paydo bo‗lishini qishloq 
xo‗jaligida kapital uzviy tuzilishining ancha past bo‗lishi va yerga 
bo‗lgan xususiy mulkchilik bilan bog‗lab tushuntiradi. Birinchi omil 
tufayli, uning fikricha qishloq xo‗jaligi mahsuloti qimmati uning «ishlab 
chiqarish bahosidan» hamisha ustun bo‗ladi ikkinchi omil ta‘sir kuchiga 
ko‗ra esa foyda me‘yorini o‗rtacha darajaga keltiruvchi «kapital oqimi» 
mexanizmi qishloq xo‗jaligida amal qilishi mumkin emas. Binobarin
qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining o‗z ishlab chiqarish baholaridan 
(qo‗shimcha qiymatning o‗rtacha foydadan) ortiqchasi kapitalistlar 
o‗rtasida taqsimlanmaydi (sanoatdagi kabi), balki dehqonchilikda qoladi 
va yer egalari tomonidan absolyut renta shaklida o‗zlashtiriladi. 
M.Blaugning yozishicha, markscha absolyut renta nazariyasi uning 
qo‗shimcha qimmat nazariyasi doirasidan tashqarida, qimmatning 
(qiymatning) bahoga aylanish zarurligi kelib chiqqan sharoitda hech 
qanday kuchga ega emas. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling