Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Iqtisodiy determinizm. K.Marksning iqtisodiy nazariyasi uning 
ijtimoiy qarashlari bilan, ayniqsa, ijtimoiy rivojlanish konsepsiyasi bilan 
bevosita bog‗liq. Keyingisining shakllanishi jarayonida u uch asosiy 
ilmiy manbaga: Smit-Rikardoning ingliz klassik siyosiy iqtisodiga, 
Gegel-Feyrbaxning nemis klassik falsafasiga va fransuz utopik 
sotsializmiga asoslanadi. Markscha ijtimoiy rivojlanish sxemasida 
markaziy o‗rinda iqtisodiy determinizm («tarixning materialistik 
tushunchasi») turadi. K.Marks ijtimoiy rivojlanishga va uning tarixiga 
tatbiq etilgan determinizmning asosiy qoidalarini «Siyosiy iqtisod 
tanqidiga doir» asarida quyidagicha aniq va to‗liq ifodalab beradi: 
«Kishilar o‗z hayotlarida ijtimoiy jihatdan ishlab chiqarishda 
muayyan, 
zarur 
o‗zlarining 
irodalariga 
bog‗liq 
bo‗lmagan 
munosabatlarda ishlab chiqarish munosabatlarida bo‗ladilar, bu 
munosabatlar 
ularning 
moddiy 
ishlab 
chiqaruvchi 
kuchlari 
taraqqiyotining muayyan bosqichiga muvofiq keladi. Bu ishlab chiqarish 
munosabatlarining yig‗indisi jamiyatning iqtisodiy tuzilmasini, real 
bazisini tashkil etadi, yuridik va siyosiy ustqurma shu real bazis ustiga 
quriladi hamda ijtimoiy ongning muayyan shakllari shu bazisga muvofiq 
keladi. Moddiy hayotni ishlab chiqarish usuli umuman hayotning 
ijtimoiy, siyosiy va ruhiy jarayonlariga sababchi bo‗ladi. Kishilarning 
ongi ularning borlig‗ini belgilamaydi, balki aksincha, ularning ijtimoiy 


200 
borlig‗I ularning ongini belgilaydi. Jamiyatning moddiy ishlab 
chiqaruvchi kuchlari o‗z taraqqiyotining ma‘lum bosqichida mavjud 
ishlab chiqarish munosabatlariga yoki buning yuridik ifodasigina 
bo‗lgan – mulkchilik munosabatlariga zid bo‗lib qoladi; ular shu 
paytgacha mazkur munosabatlar bag‗rida rivojlanib kelgan edi. Bu 
munosabatlar ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanish shakllaridan 
ularning kishaniga aylanadi. Ana shu vaqtda ijtimoiy inqilob davri 
boshlanadi. Iqtisodiy asos o‗zgarishi bilan butun bir g‗oyat katta 
ustqurmada ham ozmi-ko‗pmi tezlik bilan tub o‗zgarish yuz beradi… 
Ayrim odam haqida uning o‗zi to‗g‗risidagi fikriga qarab xulosa 
chiqarish mumkin bo‗lmagani singari, bunday o‗zgarish davri to‗g‗risida 
ham shu davrning ongiga qarab hukm chiqarish mumkin emas. 
Aksincha, bu ongning sababini moddiy hayot ziddiyatlaridan, ijtimoiy 
ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari o‗rtasida 
bo‗ladigan ixtiloflardan topmoq kerak… Burjua ishlab chiqarish 
munosabatlari 
ijtimoiy 
ishlab 
chiqarish 
jarayonining 
so‗nggi 
antagonistik shakli hisoblanadi,… lekin burjua jamiyatining bag‗rida 
rivojlanayotgan 
ishlab 
chiqaruvchi 
kuchlari, 
shuningdek 
bu 
antagonizmni yechish uchun moddiy sharoit yaratadi». 
Demak, K.Marksning nazariy konsepsiyasida ishlab chiqarish 
shakli o‗zining maxsus xususiyatiga, o‗zining ichki mantig‗iga ega. 
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan yangi munosabatlar kelib chiqadi. 
Ishlab chiqarish munosabatlari yig‗indisi jamiyatning moddiy bazisini 
tashkil etadi, unga jamiyat ustqurmasi: huquq, idealogiya, siyosat, din va 
boshqalar bog‗liq bo‗ladi. Huquq, siyosat, din bazis tomonidan 
boshqarilib turiladi. Ishlab chiqarish omillari yig‗indisi jamiyatning 
ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil etadi. K.Marks ishlab chiqarish 
vositalarini, eng avvalo, mehnat qurollarini, mashina va asbob-
uskunalarni industrial tizimi ishlab chiqaruvchi kuchlarning muhim
elemendi, deb hisoblagan. Jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarining 
rivojlanishi (ya‘ni hozirgi zamon tushunchasida iqtisodiy o‗sish) ishlab 


201 
chiqarish munosabatlarining (yoki ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning) 
takomillashuvini taqozo etadi. U o‗z navbatida, ishlab chiqaruvchi 
kuchlarining rivojlanishiga faol aks ta‘sir ko‗rsatadi, iqtisodiy o‗sishiga 
imkon berishi yoki to‗sqinlik qilishi mumkin. Ijtimoiy organizmning 
ikki tomoni o‗rtasidagi o‗zaro aloqa juda murakkab, ko‗p qirrali va 
ziddiyatlidir. Iqtisodiyot yagona aniqlovchi omil hisoblanmaydi. 
Jamiyatda amal qiluvchi ijtimoiy qonunlar ishlab chiqaruvchi 
kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari o‗rtasidagi hamda ideologik 
va siyosiy ustqurma bilan bazis o‗rtasidagi muvofiqlik tamoyilni 
ifodalab beradi. Bunday muvofiqlik tamoyilning amal qilishi iqtisodiy 
o‗sishga olib keladi, ishlab chiqarish munosabatlarining iqtisodiy 
o‗sishiga to‗sqinlik qilishi esa bunday tamoyilning buzilganligini 
bildiradi. Shu bois, K.Marks fikricha ular ijtimoiy taraqqiyot 
dialektikasiga muvofiq o‗z o‗rnini boshqa progressiv ishlab chiqarish 
munosabatlariga bo‗shatib berishi kerak. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling