205
IV BO„LIM. XIX ASR OXIRI – XX ASRLARDA IQTISODIY
TA‟LIMOTLAR
XI BOB. MARJINALIZM TA‟LIMOTI VA NEOKLASSIK
IQTISODIY MAKTABLAR
11.1. Marjinalizm va me‟yorli foydalilik nazariyasi
XIX asrning 70-yillariga kelib klassik siyosiy iqtisod o‗rniga
iqtisodiy fanda yangi subyektiv yo‗nalish vujudga keldi va iqtisodiy fan
taraqqiyotida katta o‗zgarish yuz berdi. O‗sha davrda iqtisodiy
jarayonlarni tahlil qilishga yangicha subyektiv yondashuvga asos solgan
(bir-biridan mustaqil holda) uch iqtisodchining
asarlari birdaniga
vujudga keldi. Ular ingliz iqtisodchisi
Stenli Jevons (1835–1882),
avstriyalik
Karl Menger (1840–1921),
Shveytsariyada yashagan
fransuz
Leon Valras (1834–1910)lar edi. Ularning tahlili asosida
ne‘matlarni ishlab chiqarish jarayoni (taklif) emas,
balki talabning
shakllanishi, tovar va xizmatlarning foydaliligi tadqiqoti yotadi.
Subyektiv yo‗nalish vakillarining tadqiqotidagi asosiy dastak bu
me‘yorli (marginal) tahlil bo‗lib,
mazkur maktabning nomi ham
(marjinalizm) shundan kelib chiqqan. F.Vizer, E.Bem-Baverk,
A.Marshall, K.Viksell va ko‗plab boshqa atoqli iqtisodchilar
marjinalizm metodologiyasidan foydalanadilar va uni rivojlantiradilar.
Me‘yorli tahlil hanuzgacha iqtisodiy fanda keng qo‗llanib
kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: