Toshkent moliya instituti “xalqaro moliya-kredit” kafedrasi tomonidan tayyorlangan “xalqaro moliyaviy markazlar” fanidan video ma’ruza


Deviz siyosati. Valyuta interventsiyasi


Download 0.55 Mb.
bet3/6
Sana24.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1291845
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10 мавзу ХВКМ Valyuta siyosati

2. Deviz siyosati. Valyuta interventsiyasi.

  • Deviz siyosati. Markaziy bankning deviz siyosati muomaladagi xorijiy valyuta miqdoriga ta’sir etish orqali valyuta kursiga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek, chet el valyutasidagi aktivlar barqarorligini ta’minlashga qaratiladi.
  • Valyuta interventsiyasi. Markaziy bankning deviz siyosatining eng keng tarqalgan shakli, valyuta interventsiyasi hisoblanadi.
  • Markaziy bankning milliy valyuta kursiga ta’sir etish maqsadida valyuta bozorida chet el valyutalarini sotib olish yoki sotishiga valyuta interventsiyasi deyiladi.
  • Hozirgi davrda valyuta interventsiyasidan ko‘zlangan maqsad - valyuta kursining qisqa vaqt oralig‘ida, kutilmaganda yuzaga keladigan keskin tebranishlarga barham berish hisoblanadi.

2. Valyuta interventsiyasi.

  • Valyuta interventsiyasi rasmiy oltin-valyuta zaxiralari yoki Markaziy banklarning banklararo “SVOP” bitimlari hisobiga amalga oshiriladi.
  • Valyuta interventsiyasi XIX asrdan boshlab qo‘llanila boshladi. Masalan, Gollandiya Markaziy banki, Avstriya-Venger banki milliy valyuta kursini barqaror tarzda ushlash uchun undan foydalanishgan.
  • Hozirgi vaqtda, har qanday interventsiyaning oxirgi maqsadi, valyuta bozoridagi vaziyatni barqaror ushlash hamda valyuta kurslari tez tebranishining oldini olishdan iborat. Valyuta bozoridagi barqaror holat, birinchi navbatda, tashqi iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan, butun iqtisodiyotni rivojlanishini ta’minlaydi.
  • Valyuta interventsiyasining uzoq muddatli maqsadlari sifatida, hukumat tomonidan bozordagi holatni, mamlakatning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan moslash, xususan, milliy valyuta kursining oshib yoki tushib ketishining oldini olish, iqtisodiyotni xalqaro valyuta-kredit kon’yunkturasining salbiy ta’siridan saqlashlarini ko‘rsatish mumkin.

2. Devalvatsiya.

  • Devalvatsiya - milliy valyutaning chet el valyutalariga yoki xalqaro hisob-kitob pul birliklariga nisbatan qadrining tushishidir. Ya’ni, ayni paytda 1 USD = 2200 UZS bo‘lsa, ma’lum bir muddat, masalan 6 oydan so‘ng 1 USD = 2300 UZS bo‘lishi, milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan devalvatsiyasi hisoblanadi.
  • Devalvatsiyaning kelib chiqishiga sabab bo‘lib, inflyatsiyaning kuchayishi va mamlakat to‘lov balansining salbiy qoldiqqa ega bo‘lishi hisoblanadi.
  • Devalvatsiya siyosati mamlakat to‘lov balansi yomonlashganda va mamlakatga import oqimi sezilarli darajada ko‘payganda amalda qo‘llash iqtisodiyotga ijobiy ta’sir etadi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling