- 1. Marshall - Lerner sharti (ingl. Marshall - Lerner condition, iqtisodchi olimlar Alfred Marshall va Abba Lerner nomlari bilan bilan bog‘liq) - xalqaro iqtisodiyotda eksport va import o‘rtasidagi farqni milliy valyutaning boshqa xorijiy valyutaga nisbatan kursning o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelishini, ya’ni milliy valyuta qadrini boshqa xorijiy valyutaga nisbatan pasayishi yoki devalvatsiyasi savdo (joriy operatsiyalar) balansida eksport operatsiyalarni rag‘batlantirib, ijobiy qoldiq shakllanishiga sabab bo‘lishini belgilaydi. Bu shart bajarilishi uchun xorijiliklar tomonidan eksportga bo‘lgan talab elastikligi va mamlakat iste’molchilarining importga bo‘lgan talabi elastikligi yig‘indisi 1 dan katta qiymatga ega bo‘lishi lozim. Ya’ni:
- Bu erda, - eksportga bo‘lgan tashqi talab elastikligi; - importga bo‘lgan ichki talab elastikligi.
- Keyinroq, 1937 yilda Ya.Tinbergen “Biznes tsikli muammolariga ekonometrik yondashuv” nomli ilmiy ishida, import va eksport elastikligining yig‘indisi aksariyat hollarda 1 dan kichik bo‘lishini ko‘rsatib berdi. Boshqacha aytganda, Marshall-Lerner shartlari amaliyotda ba’zan bajarilmaydi va qisqa muddatli vaqt oralig‘ida devalvatsiya mamlakat savdo balansining yaxshilanishiga olib kelmaydi. Valyuta qadrining pasayishi, muvozanatning tiklaniishni sezilarsiz darajada rag‘batlantirishi mumkin.
- Талаб эластиклиги маҳсулот нархининг бир бирликка (ёки 1 %га) ортиши истеъмол талабини неча бирликка (фоизга) ўзгартириши билан аниқланади.
4. valyuta siyosati nazariyalarI - J – egri chizig‘i.
- Milliy valyutaga nisbatan devalvatsiya qo‘llanilgandan so‘ng, savdo balansi holatining yaxshilanishi uchun ma’lum davriy oraliq talab etiladi. Empirik jihatdan real devalvatsiya qisqa muddatli davriy oraliqda joriy hisob balansi holatini yomonlashishiga olib keladi va bir necha (odatda 3-12) oy o‘tgach, aksincha uning holatini yaxshilaydi. Joriy hisobvaroq o‘zgarishining mazkur davriy oralig‘i J (ji) – egri chizig‘i deb ataladi. Chunki, real devalvatsiyadan so‘ng, savdogarlar bozorda mamlakatning eksport tovarlarga nisbatan qulay raqobat sharoiti vujudga kelganligini anglagunga qadar ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Masofa va til muammolari tufayli bozor ishtirokchilariga ma’lumot kech etib borishi sababli mahalliy bozorlarga nisbatan xalqaro bozorlarda qo‘proq vaqt talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |